MAVZU:SURXONDARYO VILOYATI SUV OMBORLARINING VILOYAT IQTISODIYOTIDAGI O’RNINI O’RGANISH.
Barchangizga maʼlum, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyovning joylarda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, eng avvalo, odamlarning turmush darajasini oshirishga qaratilgan xalqchil islohotlarning borishi, yangi ishga tushirilgan sanoat korxonalarining faoliyati bilan tanishish maqsadida respublika hududlariga tashrif buyurishi doimiy tus olgan.
Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida “Toʼpalang suv ombori suvidan foydalanish hisobiga Surxondaryo viloyatining ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash” loyihasini amalga oshirish boʼyicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirigʼi berilgan edi.
Ushbu topshiriq ijrosi doirasida 2021 yil 18 avgustda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatda 2021-2024 yillarda jami 138,1 mln. dollar mablagʼ evaziga quvvati sutkasiga 200 ming metr kub boʼlgan “Toʼpalang” suv tozalash inshootini, diametri 426-1420 mm boʼlgan 361 km oʼzi oquvchi magistral ichimlik suv quvurini qurish belgilangan.
Bundan tashqari, Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish boshqarmasi, Qurilish boshqarmasi, “Surxondaryo suv taʼminoti” MChJ bilan birgalikda loyiha hududidagi isteʼmolchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida tumanlar va mahallalar kesimida yangi suv taqsimlash uzellari va suv tarqatish quvurlarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilishni loyihalash hamda amalga oshirish ishlarini moliyalashtirish manbalari boʼyicha taklif ishlab chiqish, ichimlik suvi quvurlari hamda inshootlarni qurish uchun zarur boʼlgan yer uchastkalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, ularning ajratilishi bilan bogʼliq kompensatsiya toʼlovlarini amalga oshirishi belgilangan.
Birlamchi hisob-kitoblarga asosan, loyixa doirasida viloyatning Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Shoʼrchi, Qumqoʼrgʼon, Bandixon, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq, Jarqoʼrgʼon, Termiz va Аngor tumanlari hamda Termiz shahridagi 495 ta mahalla fuqarolar yigʼinlari qamrab olingan boʼlib, ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi 1,7 mln nafardan ortiq aholini uzluksiz toza ichimlik suvi bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda.
Bunda hududlardagi mavjud 62 ta suv inshootlarini va har xil xajmdagi 2,4 ming km ichki tarmoqlarni rekonstruktsiya qilish xamda yangidan 96 ta suv inshootlari va har xil xajmdagi 4,5 ming km suv tarmogʼi qurish lozim boʼladi.
Natijada viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini 59,6 foizdan 84,1 foizgacha oshirish nazarda tutilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |