MAVZU: SURXONDARYO VILOYATI YENGILSANOAT KORXONALARINING HUDUDIY JOYLANISHI O’RGANISH Surxondaryo viloyatida qulay tabiiy geografik sharoitlar va mehnat resurslari asosida qishloq xo`jaligi (paxtachilik, bug`doy yetishtirish, uzumchilik, subtropik mevalar yetishtirish) yaxshi rivojlangan. Biroq, qayta ishlash sanoati bilan qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirish o`rtasida mutanosiblik mavjud emas. Bu, birinchidan, paxta hosilining kamayishi tufayli paxta tozalash zavodlarining to`la quvvatda ishlamasligi bo`lsa, ikkinchidan, meva, uzum va boshqa mahsulotlarni qayta ishlovchi sanoat korxonalarining yetishmasligidir.
Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning qoloqlik darajasiga barham berish va mintaqaning barqaror rivojlanishini ta`minlash uchun birinchi galda uning tabiiy, iqtisodiy va demografik imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur. Bu borada viloyat iqtisodiyotining rivojlanishiga bir qancha omillar ta`sir ko`rsatadi. Chunonchi:
viloyatning geografik o`rni;
yetarli tabiiy sharoit, yer suv va foydali qazilmalar bilan yaxshi ta`minlanganligi;
tashqi bozorning yaqinligi (viloyat 3 ta xorijiy davlat bilan chegaradosh);
demografik vaziyatning qulayligi.
Ayni vaqtda mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishiga ayrim salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillar ham mavjud. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin;
-viloyatning respublika markaziy rayonlaridan uzoqda joylashganligi;
-qulay investitsiya makonining yaratilmaganligi;
-mustahkam elektr-energetika va qurilish bazasining shakllantirilmaganligi va h.k.
Viloyat iqtisodiyotini yaqin kelajakda barqaror rivojlanishi ko`p jihatdan qishloq xo`jaligi va qayta ishlash sanoatiga bog`liq. Viloyat qishloq xo`jaligi 1960-1990 yillar davomida yangi yerlarni o`zlashtirish hamda chorvachilik sohasida chorva mollar bosh sonini oshirish evaziga, ya`ni ekstensiv tarzda rivojlanib bordi. Yaqin kelajakda esa qishloq xo`jaligi tarmoqlarini rivojlantirish, dehqonchilikda hosildorlikni va chorva mollari mahsuldorligini intensiv tarzda oshirib borish nazarda tutiladi.
Viloyatning hozirgi eksport tarkibini asosan paxta tolasi tashkil etadi. Ayni vaqtda bu yerda paxta va ipak xom ashyosi yetarli bo`lsada, uni qayta ishlash negizida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sust rivojlangan. Ayniqsa yengil sanoatning tarmoqlar va hududiy tarkibini takomillashtirishda qator muammolar mavjud.
Ip va ipak gazlama sanoatining tarkibi faqat bittadan korxonalardan iborat. Kelajakda ushbu soha tarkibini kengaytirish maqsadida unga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mahalliy erkin raqobat muhitini vujudga keltirish asosida ichki va tashqi bozor ehtiyoji uchun xalq iste`mol mollarini ishlab chiqarish hajmi ortadi.
Mintaqaning yana bir istiqbolli tarmog`i bu oziq-ovqat sanoatidir. Kelajakda mazkur tarmoqda yog`-moy, un-yorma, makaron, aroq vino sanoatining rivojlanishi barqaror holatda kechadi. Ushbu tarmoqlar, eng avvalo, ichki iste`mol bozori ehtiyojini qondirish maqsadida rivojlantiriladi.