Mavzu: surxondaryo viloyati taponimlarni o'rganish


MAVZU:SURXONDARYO VILOYATI QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANTIRISH VA TARMOQ TARKIBI TARRQQIYOTINI STATISTIK MATERIALLAR ASOSIDA TAHLIL QILISH



Yüklə 279,92 Kb.
səhifə11/16
tarix19.05.2023
ölçüsü279,92 Kb.
#117888
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
MAVZU1

MAVZU:SURXONDARYO VILOYATI QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANTIRISH VA TARMOQ TARKIBI TARRQQIYOTINI STATISTIK MATERIALLAR ASOSIDA TAHLIL QILISH
Qishloq xoʻjaligi —Aprel inqilobidan keyin o‘tkazilgan tadbirlardan biri bu yersizlarni va kam yerlik dehqonlarni pomeshchiklar va yer egalaridan qarzini bekor qilish haqida dekret qabul qildi. Hukumat dasturining yer islohatida mehnatkash dehqonlarni ishtirok etishini hisobga olib hayotga tadbiq qildi.Qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil qilishda yersiz va kam yerlik dehqonlar, kо`chmanchi kambag‘allarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.
Dehqonchilik. Afg‘oniston dehqonchiligi sun’iy sug‘orishga asoslangan. Juda quruq iqlim, atmosfera yog‘inlarining kam miqdori va ularning yil mavsumlarida notekis taqsimlanishi ekinlarni nafaqat tekisliklarda, balki tog‘li rayonlarda ham sug‘orish zaruriyatini taqazo qiladi. Hattoki shunday viloyatlar mamalakatning boshqa qismlariga nisbatan atmosfera yog‘inlari bilan yaxshi ta’minlangan Badaxshon, Nuriston va Hazarajotda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 3/4 qismidan ko‘proq yalpi hosilini sug‘orma yerlar beradi. Afg‘oniston iqlim sharoitidagi sug‘oriladigan yerlar sezilarli darajada yuqori va bir maromda hosil berishi bilan harakterlanadi.
Afg‘onistonda haydaladigan yerlarning umumiy maydoni hamma yerning 12% ni tashkil qiladi. O‘tloq va yaylovlar 46%, o‘rmon va butazorlar 3% Qadimdan Afg‘oniston dehqonlarining hayoti suv bilan bog‘liq. Afg‘oniston sun’iy sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining qadimiy о`choqlaridan biri.
Sug‘orma dehqonchilikning asosiy areallari quyidagicha joylashgan: Janubiy Afg‘onistonda Hilmond havzasida, Qobul vodiysi va uning irmoqlari, Shimoliy Afg‘onistoning Harirud daryosi bo‘ylab, shuningdek Baqtriya tekisligidagi Qunduz va Balxu daryosi bo‘ylab joylashgan.
Jalolobod irrigatsiya kompleksi qurilgandan keyin Qobul vodiysi vohalari boglar, g‘alla va sholi maydonlariga aylandi. Davlat yerlardan sitrus, zaytundan katta hosil yig‘ildi.
Yer osti suv yig‘uvchi inshootlar - korizlar ochiq vodiylarda va Qondahor va Farox oralig‘idagi Janubiy Afg‘onistoning G‘azna platosida past tog‘oldi qismida, Nangraxar provinsiyasining janubiy qismi Qobuldan shimolda Hindiqusholdi vodiylarida ko‘proq uchraydi. Korizlar mamlakatning hamma sug‘oriladigan yerlarining 20%ga xizmat ko‘rsatadi.
Sug‘orilmaydigan yerlar mamlakatning shimolidagi keng tog‘oldi palasasida Qalayi - Nau, Honabod Fayzobodda to‘plangan. Lalmi yerlarda yaxshi yog‘ingarchilikdan so‘ng sug‘oriladigan yerlarga nisbatan ba’zan yuqori hosil olinadi, lekin уоg‘in yetishmaganda hattoki uruglik ham yig‘a olishmaydi. Lalmi dehqonchilik bilan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilar kо`proq shug‘ullanadi. Lalmi yerlarda ko‘pincha g‘alla, arpa yog‘li lyon, poliz ekinlari, asosan qovun yetishtiriladi.
Ko‘pchilik xo‘jaliklar bir yilda bir marta hosil olishadi. Doimo dehqonchilik qilinadigan quyi joylashgan vohalarda, ya’ni Hirot, Farox, Qandohor, Jalalobodda bir yilda ikki marta hosil olinadi. Bir yilda ikki marta hosil olinadigan yerlar maydonini kengaytirishga tog‘li rayonlarda noqulay iqlim sharoiti yilning asosiy qismida sug‘orish kanalida suvning yetishmasligi to‘sqinlik qiladi. Bahorgi ekinlardan muhimlari – g‘alla, arpa, ba’zi dukkaklilar. Kuzda sholi, makka va asosiy texnika ekinlaridan paxta, qandlavlagi, shakarqamish yig‘ib olinadi.
Afg‘oniston dehqonchiligining asosini don mahsulotlari ashkil qiladi. Muhim ekinlardan g‘alla xissasiga о`simlikshunoslikdagi hamma mahsulotlar qiymatining yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bog‘lar va uzumzorlar Afg‘onistoning hamma qismida tarqalgan. Mevali ekinlar vohalarda va katta shaharlar atrofida to‘plangan. Mevalar, asosan uzum ko‘p miqdorda eksportga ketadi. Afg‘oniston dunyo bozorida mayiz va turshak, anorning eng yaxshi navi bilan mashhur.
Qishloq xo‘jaligida mehnatga yaroqli aholining asosiy qismi band bo‘lishi bilan bir qatorda va YAIMning 70% dan ko‘prog‘ini berishiga qaramay, qishloq xo‘jaligi hozirgacha kam mahsuldor, aholining oziq-ovaqtga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmayapti.
Chorvachilik hissasiga qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining yarmi va mamlakat eksportining 50% atrofida to‘g‘ri keladi. Yaylov qoramolchiligi ko‘pchilik ko‘chmanchilarning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Mollar uchun mavsumiy yaylovlarni qidirib ko‘chmanchilar yozda Hindiqushning alp о`tloqlariga va boshqa baland tog‘ tizmalariga 500 dan 1500 metr masofagacha ko‘tarilishadi, qishda esa Hind va Panjob (Pokiston) qirg‘oqlarigacha bo‘lgan tekisliklarning quyi vodiylariga tushishadi.


Yüklə 279,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin