Mavzu: Suv tejovchi texnalogiyalar (tomchilatib sugʻorish) Reja: Kirish


Tomchilatib sug‘orish texnologiyasining o‘simliklarning fitosanitar holatiga ta’sirini aniqlash (begona о‘tlar, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanish)



Yüklə 251,8 Kb.
səhifə6/7
tarix24.10.2023
ölçüsü251,8 Kb.
#160759
1   2   3   4   5   6   7
307 guruh Umarov Javohirbekni Ishlab chiqarish amalyoti buyich

3. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasining o‘simliklarning fitosanitar holatiga ta’sirini aniqlash (begona о‘tlar, kasallik va zararkunandalar bilan zararlanish)
Poliz ekinlarining fitosnitar holati ekinlarning sifati va hosildorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Mavjud о‘simliklarni himoya qilish tizimi fitosanitariya ma’lumotlarini tо‘plash shuningdek, zararkunandalar populyatsiyasi holatini va madaniy ekinlarning begona о‘tlarini boshqarishni nazarda tutadi. Ushbu tizim fitosanitariya monitoringi deb ataladi.
Poliz ekinlarining kо‘pchiligi mayda urug‘li bо‘lib, vegetatsiya davrida sekin о‘sadi va erta rivojlanadi. Boshqa tomondan, begona о‘tlar madaniy о‘simliklar uchun kuchli raqobatchilardir va bu vaqt ichida ular intensiv rivojlanadi. Qoida tariqasida, begona о‘tlar poliz о‘simliklariga soya qiladi, tuproqdan ozuqa moddalari va namlikni intensiv ravishda о‘zlashtiradi va shu bilan madaniy о‘simliklarni bularning barchasidan mahrum qiladi.
Turli xil kasalliklar ham madaniy о‘simliklarga shu jumladan tarvuz o’simligiga tuzatib bо‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Zararli kasalliklar bilan о‘simliklarning bargli biomassasiga zarar yetkazish ularning hosildorligini pasaytiradi.
Bu omillarning barchasini hisobga olgan holda biz tekshirilayotgan tarvuz navlarining fitosanitar holatini baholadik.
Qishloq xо‘jaligi ekinlaridan arzon va ekologik toza mahsulot olishning asosi – dehqonchilikning yuksak madaniyatidir. Qishloq xо‘jaligining yuqori madaniyati - bu eng yetishmayotganidan boshlab, unumdorlikning barcha omillarini uyg‘un takomillashtirishni talab qiladigan yagona butun bо‘lib, bu ularning har biri boshqa omillarning yetishmasligi tufayli yuzaga keladigan cheklovlarsiz tо‘liq harakat qilish imkonini beradi. Sug‘orish ana shunday omillardan biridir. Sug‘orish yaxshi biomassaga ega, tо‘liq rivojlangan poliz о‘simliklarni olishga qaratilgan asosiy qishloq xо‘jaligi amaliyotlaridan biri sifatida muhim rol о‘ynaydi.
Shundan kelib chiqib, biz о‘z tarvuz o’simligi navlarini ekishning fitosanitar holatiga tomchilatib sug‘orishning ta’sirini о‘rgandik.
Kо‘p sonli begona о‘tlar qishloq xо‘jaligi va о‘simlikchilik, xususan, polizchilikka katta zarar yetkazadi. Ma’lumki, yovvoyi о‘tlarga qarshi kurashning bir necha usullari mavjud - mexanik va kimyoviy. Tuproqni mexanik ishlov berish kо‘proq mehnat talab qiladigan va energiya talab qiladigan usul hisoblanadi, shuning uchun kimyoviy usul kо‘pincha qо‘llaniladi. Begona о‘tlarga qarshi qо‘llaniladigan kimyoviy preparatlar: Bir yillik ikki pallali begona о‘tlarga qarshi – (Oksifluorfen) 24%, Goal2YE em.k., 24% Oksigard em.k., 0,5-1,0 l/ga Qо‘llash muddati ekinlarni kо‘karib chiqishigacha tuproqqa purkaladi. Bir yillik ikki pallali va boshoqli begona о‘tlarga: sabzi dalalarida begona о‘tlar 12-15 sm bо‘lganda (Pendimetalin) 33% Stomp em.k., 33% Stop em.k., 33% Fist em.k.-2,3-4,5 l/ga.
Qо‘llash muddati: ekinlarni kо‘karib chiqishigacha tuproqqa purkaladi. Bir yillik va kо‘p yillik boshoqli begona о‘tlar16-rasm. Begona о‘tlar 44 100 kitob tо‘plami ga: (Setksidim) 20% Nabu em.k. 3,5 l/ga, (Bromoksinil oktanoat) 28% Nougrinem.k.-1,5-2,0 l/ga, (Galoksifop – R-metil) 10,4% Galoksifop Super em.k., 10,4% Zellek ekstra em.k., 10,4% Ramon super Em.k. – 1,0 l/ga.
Qо‘llash muddati: Bir yillik begona о‘tlar 2-6 barg davrida va kо‘p yillik begona о‘tlarning bо‘yi 10-15 sm bо‘lganda preparatlarning birontasi bilan purkash tavsiya etiladi.
Olingan natijalarga kо‘ra, tajriba maydonlarida bir va kо‘p yillik ikki pallali va bir pallali begona о‘tlarning har xil turlari mavjudligi aniqlandi. Bir yillik ikki pallali begona о‘tlar – SHо‘ra (Chenopodium), Olbuta, Ituzum (Solanum), Semizо‘t, Bо‘ritaroq(Aibiscus trionum L.), Sariq о‘t, Kо‘kit qо‘noq, Qо‘noq о‘t (Setaria italica moharium Alf).
Kо‘p yillik boshoqli begona о‘tlar – Ajriq (Cynodon dactylon L.), G‘umay, Qamich, Salomalaykum (Cyperus rotundus L.), Qо‘ypechak (Convolvulus arvencis L.).
О‘rganilgan tarvuz nav va duragaylarining ekish joylarida ham tomchilatib va egatlab sug‘orishda eng keng tarqalgan begona о‘tlar dala о‘tlari edi. Kо‘proq darajada ajriq (Cynodon dactylon L.), g‘umay, qamich, salomalaykum (Cyperus rotundus L.), qо‘ypechak (Convolvulus arvencis L.) lar borligi aniqlandi. Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, begona о‘tlar poliz о‘simliklari uchun kuchli raqobatdir. Ma’lumki, ularning ta’siri bilvosita bо‘lib, tarvuz ekinlari orasida о‘sadigan begona о‘tlar tuproqdan, namlikdan, sug‘orish suvidan ozuqa moddalarini iste’mol qiladi, shuningdek, soya qilish orqali fotosintez jarayoniga ta’sir qiladi.
Sо‘ngi yillarda, agrotexnik usullardan (qator oraliqlarini kultivatsiya qilish, nihollarni tirmalash) foydalanish samarasi susaymoqda. Shu nuqtai nazardan, kimyoviy ishlov berish bilan begona о‘tlardan tozalash, tuproqni va unib chiqqandan keyin gerbitsidlarni qо‘llash orqali eng samarali hisoblanadi. Yovvoyi о‘tlarga qarshi kurashning kimyoviy usuli ekologik jihatdan salbiy, ammo shunga qaramay, gerbitsidlar ishlatilgan va yaqin kelajakda sabzavotchilikda keng qо‘llaniladi.
Biz sug‘orish texnologiyasiga qarab sabzi ekinlarining begona о‘tlari haqida ma’lumot berdik. Sabzi ekinlarining begona о‘tlari tadqiqot yillari va sug‘orish texnologiyalari bо‘yicha sezilarli darajada farq qilgan (3.4.5-jadvalga qarang).
2021 yilda Tarvuzning “Shirin” va “Sharq nemati” navlarini egatlab sug‘organimizda begona о‘tlar soni 1 m2 da 83 donani tashkil etgan bо‘lsa, tomchilatib sug‘orilganda 48 dona/m2, foiz nisbatida, bu farq 42,0% ga qisqaradi. Huddi shunday kо‘rsatkich tarvuzning “Dolbi F1” duragayini egatlab sug‘orilganda 86 dona/m2, tomchilatib sug‘orilganda 52 dona/m2, foiz nisbatida, bu farq 39,5% ga qisqarganligi aniqlandi.
Egatlab sug‘orish paytida begona о‘tlarning tarqalishining eng yuqori darajasi “Sharq nemati navida qayd etilgan va о‘rtacha 110 dona/m2 ni tashkil etgan bо‘lsa, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi bilan 43 dona/m2 ni tashkil etdi. Foiz nisbatida bu farq 60,9% ga kamaygan. “Dolbi F1” duragayida qayd etilgan va о‘rtacha 118 dona/m2 ni tashkil etgan bо‘lsa, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi bilan 46 dona/m2 ni tashkil etdi. Foiz nisbatida bu farq 61,0% ga kamaygan. Shunday qilib, ikki yillik tadqiqotlar natijalari bizga aniq kо‘rsatib turibdiki, egatlab sug‘orishda tarvuzning “Sharq nemati” navida begona о‘tlar soni tomchilatib sug‘orishga qaraganda kо‘proq bо‘lgan, begona о‘tlar о‘rtacha 52,8% ga yoki 51 dona/m2 ga kamaydi. Yovvoyi о‘tlarning хо‘l vazni о‘rtacha 25,3 foizga kamaytirildi. “Dolbi F1” duragayida begona о‘tlar soni tomchilatib sug‘orishga qaraganda kо‘proq bо‘lgan, begona о‘tlar о‘rtacha 52,0% ga yoki 53 dona/m2 ga kamaydi. Yovvoyi о‘tlarning hо‘l vazni о‘rtacha 24,5 foizga kamaytirilgani aniqlandi.
Olingan natijalarni sarhisob qilsak, sug‘orish poliz ekinlarida begona о‘tlarga qarshi kurash vositalaridan biri hisoblanadi, degan xulosaga kelishimiz mumkin.



Yüklə 251,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin