Mavzu: Suv tejovchi texnalogiyalar (tomchilatib sugʻorish) Reja: Kirish


-jadval Tomchilatib sug‘orish usulini samaradorligi



Yüklə 251,8 Kb.
səhifə3/7
tarix24.10.2023
ölçüsü251,8 Kb.
#160759
1   2   3   4   5   6   7
307 guruh Umarov Javohirbekni Ishlab chiqarish amalyoti buyich

1-jadval
Tomchilatib sug‘orish usulini samaradorligi
(Toshkent davlat agrar universiteti tajriba xо‘jaligida 2020-2021)

Tadqiqot о‘tkazilgan joy

Ekin turi

Suv
tejalishi,
%

Resurs
(mehnat) sarfining kamayishi, %

Hosildorlikning oshishi, %

Toshkent davlat agrar universiteti tajriba xо‘jaligi

Shirin

60-65

25-28

70-80

Sharq nemati

65-70

30-35

75-85




Dolbi F1

65-70

30-35

85-100



Tomchilatib sug‘orishning boshqa sug‘orish usullaridan farqli jihati shundan iboratki, mazkur sug‘orish usulida tuproqning namligi va uni yaratish uchun berilayotgan suv boshqariladi.
Odatdagi egatlab sug‘orish usulida suv egatga oqizilgandan sо‘ng dalaning bir qismida tuproqning namligi haddan ortib ketsa, boshqa qismida suv yaxshi oqmaganligi tufayli tuproq yaxshi namlanmaydi.
Tomchilatib sug‘orishda esa suv har bir ekinning ma’lum davrdagi ehtiyojiga mos ravishda dala bо‘ylab bir tekisda beriladi. Shunday qilib dalaning ekin joylashgan yerlari bir xilda namlanadi. Tuproqda ortiqcha namlikning yuzaga kelishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Egatlab sug‘orilganda sug‘orishdan keyin tuproqda namlikni haddan ziyod ortishi ekinni suvga bо‘ktirsa, sug‘orishlar orasidagi vaqtning uzoqligi oqibatida tuproq qurib ketib, о‘simlikni suvsiz qoldiradi.
Navbatdagi sug‘orishda ekin yana suvga bо‘kadi, undan keyin esa yana suvsiz qoladi, ya’ni stress holatga tushadi. Natijada о‘simlik о‘z energiyasini shu stress holatlarni yengish uchun sarflashga majbur bо‘ladi va bir tekis rivojlana olmaydi.
Tomchilatib sug‘orishda esa ekin ildiz qatlamining namligi bir xilda ushlab turilidi va ekin bir tekis rivojlanadi.
Tomchilatib sug‘orishda ekinning ildizi rivojlanadigan tuproq qatlamida о‘simlik uchun optimal bо‘lgan tuproqning suv-fizik rejimi yaratiladi.
Ba’zi olimlarning va bizning tajribalarimizda qayd etilganidek, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi boshqa sug‘orish usullariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bо‘lib, ularning asosiylari sifatida ekin hosildorligining ortishi va hosil sifatining yaxshilanishi, suv resurslarining tejalishi, agrotexnik tadbirlarni о‘tkazish uchun sarflanadigan moddiy va mehnat resurslarining kamayishi, ekinni oziqlantirish uchun sarflanadigan о‘g‘itlar miqdorining kamayishi, tuproq yuvilishining butkul bartaraf qilinishini alohida ajratib kо‘rsatish mumkin.
1-afzallik: Ekin hosildorligining ortishi va hosil sifatining yaxshilanishi.
Boshqa sug‘orish usullaridan farqli о‘laroq, tomchilatib sug‘orishda ekinning ildizi rivojlanadigan tuproq qatlamida о‘simlik uchun optimal bо‘lgan suv-fizik muhit yaratiladi.
Ekinga suv va oziq moddalar uning ehtiyojiga mos ravishda kichik miqdorlarda tez-tez beriladi. О‘simlik ildiz qatlamida optimal namlik yaratiladi. Bunda tuproqning haddan tashqari suvga bо‘kib ketishi yoki qurib ketishi kabi holatlar tо‘liq bartaraf qilinadi. О‘simlik о‘ziga zarur bо‘lgan vaqtda suv va oziq moddalarni oladi. Turli stress holatlarga tushmagan о‘simlik о‘z energiyasini faqat rivojlanish va hosil tо‘plashga sarflaydi.
Natijada optimal sug‘orish va oziqlanish hisobiga bog‘ va tokzorlarda hosildorlik 40-60 % gacha ortsa, sabzavot va poliz kabi bir yillik ekinlarda 80 % gacha ortadi. Tarvuz hosilining pishib yetilishi esa 10-15 kunga erta va birvarakayiga bо‘ladi.
Sabzavot dalalari tomchilatib sug‘orilganda hosilning suv ostida qolib nobud bо‘lishi hodisasi butkul bartaraf qilinadi.
2-afzallik: Ekinni sug‘orish uchun berilayotgan suv resurslarining tejalishi.
Tomchilatib sug‘orishda:

  • sug‘orish rejimi о‘simlikning suvga bо‘lgan talabiga mosligi;

  • suvning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘simlik ildiz qatlamiga berilishi;

  • tuprokdan bug‘lanadigan suvning kamligi;

  • begona о‘tlar bо‘lmasligi bois barcha suv faqat ekinga tegishli bо‘lishi;

  • suvning dala bо‘ylab tarqalmasligi va tuproqqa singib ketmasligi;

  • tashlamaga suv tashlanmasligi hisobiga suv tejalishi;

  • tomchilatib sug‘orish natijasida boshqa sug‘orish usullariga nisbatan 20 % dan 80 % gacha suv tejaladi;

  • tomchilatib sug‘orishda dala emas, yetishtirilayotgan ekin sug‘oriladi.

3-afzallik: Mehnat va moddiy resurslar sarfi kamayadi.
Tomchilatib sug‘orishda suv о‘simlikka shlanglar vositasida yetkazib berilganligi uchun dalaning faqat ekinlar joylashgan qismigina namlanadi. Bunda dala tuprog‘i qotmaydi, natijada tuproqni yumshatishga (kultivatsiya) va ariq olishga hojat qolmaydi.
Tuprog‘i qotmagan maydon esa mavsum oxirida oson haydaladi.
О‘g‘it suv bilan birga berilganligi bois, о‘g‘itlash uchun texnika ishlatishning zaruriyati yо‘qoladi. Natijada mehnat va yonilgi moylash materiallari tejaladi.
Dalada suvchilarning ketmon kо‘tarib, ariq tо‘g‘irlab yurishiga hojat qolmaydi, ya’ni sug‘orishdagi qо‘l mehnati keskin kamayadi.
Tomchilatib sug‘orishda suvni tejashga odatda quyidagilar hisobiga erishiladi:

  • sug‘orish rejimining о‘ziga xosligi (sug‘orish me’yorining о‘simlikning suvga bо‘lgan talabiga mosligi);

  • sug‘oriladigan (namlanadigan) maydonning cheklanganligi (suv tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘simlikning ildizi rivojlanadigan qatlamga yetkazib beriladi);

  • tuproqdan bug‘lanadigan suv miqdorining kamligi (dalaning kо‘p qismi quruq qolishi tufayli);

  • begona о‘tlar rivojlanishining cheklanishi (ma’zkur о‘tlar bо‘lmaganligi tufayli barcha suv ekinga tegishli bо‘ladi);

  • sug‘orishga berilayotgan suvning dala bо‘ylab tarqalib ketmasligi va tuproqqa singib ketmasligi;

  • daladan tashlamaga suv tashlanmasligi.

Tomchilatib sug‘orishda faqat о‘simlikning ildizi atrofi namlanganligi tufayli sug‘orishning foydali ish koeffitsiyenti 90-95 % ga teng bо‘ladi. Boshqa sug‘orish usullarida (shu jumladan, egatlab va yomg‘irlatib sug‘orish usullarida ham) bu kо‘rsatkich 70-75 % dan ortmaydi.
Qayd etilgan afzalliklardan (hosil miqdori va sifatining yaxshilanishi, suv tejalishi va resurslar sarfining kamayishi) tashqari tomchilatib sug‘orishning yana bir qancha ijobiy tomonlari mavjud bо‘lib, ular quyidagilarda namoyon bо‘ladi:

  1. tomchilatib sug‘orish ozuqani (о‘g‘itni) о‘simlik ehtiyojiga mos ravishda suvga qо‘shib berish imkoniyatini yaratadi. Bunda о‘gitlash uchun sarflanadigan texnika xarajatlari, ishchi kuchi sarfi hamda beriladigan о‘g‘itning 50 % gacha miqdori tejaladi;

  2. tomchilatib sug‘orish tizimida suv va ozuqa ekin maydoni bо‘yicha bir tekis taqsimlanadi. Natijada daladagi ekinning barchasi bir xilda rivojlanadi va hosili ham bir vaqtda pishib yetiladi. Bir tekis pishib yetilgan hosilni yig‘ishtirib olish ham osonlashadi;

  3. ekin dalasining bir qismi namlanishi dalaga mexanizmlar kirishiga imkoniyat qoldiradi. Natijada dala tuprog‘i qurishini kutmasdan agrotexnik tadbirlarni sug‘orish bilan bir vaqtda olib borish mumkin, ya’ni mehnatni samarali tashkil etishga imkoniyat yaratiladi;

  4. sug‘orish vaqtida daladan oqava chiqmaganligi bois tuproq eroziyasi tо‘liq bartaraf etiladi. Ushbu jihatdan qaraganda, tomchilatib sug‘orishni katta nishabli va tekislanmagan maydonlarda qо‘llash ayniqsa katta samara beradi;

  5. tomchilatib sug‘orilganda suvning tuproqqa behuda shimilishi bartaraf qilinadi. Natijada yer osti suvlarining sathi kо‘tarilmaydi va dalaning botqoqlanishi hamda shо‘rlanishining oldi olinadi;

  6. dala sektorlarga bо‘lib sug‘orilganligi uchun bir vaqtda sug‘orishga beriladigan suvning sarfi katta bо‘lmaydi. Natijada kam suv bilan katga maydonlar sug‘oriladi hamda debeti kam bо‘lgan suv manbalaridan (quduqlardan) foydalanishga imkoniyat yaratiladi;

  7. tomchilatib sug‘orilganda egatlar oralig‘idagi tuproq doimo quruq bо‘ladi. Natijada begona о‘tlarni chopib yо‘qotish osonlashadi hamda ularga qarshi gerbitsidlarni suv bilan birga berish ikoniyati ham yaratiladi;

  8. о‘simlik ildiz qatlami atrofi doimo nam bо‘lganligi bois, u yerda tuz yig‘ilmaydi;

  9. sabzavotlar va poliz ekinlar tomchilatib sug‘orilganda ular hosilining suv ichida qolib ketishi xavfi yо‘qoladi, ya’ni hosil sifatining buzilishi yuz bermaydi;

  10. tomchilatib sug‘orishda dalaning bо‘laklarga (sektorlarga) bо‘lib sug‘orilishi quvurlar diametrini va nasos bosimini kichikroq qilib belgilash imkoniyatini yaratadi. Natijada kam quvvatli nasosni ishlatish xarajatlari ham kamroq bо‘ladi.



Yüklə 251,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin