Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligi mavjud bo’lib, ularda milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha davlatlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi.
Hatto birorbir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas. Yuqorida ko’rib o’tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uch guruhga bo’lish mumkin: — byudjet korxonalari; — davlat ishlab chiqarish korxonalari; — aralash kompaniyalar. Huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo’lmagan korxonalar byudjet korxoaalariga kiradi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari - bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo'lib, davlat korporatsiyalari o'zida tijorat korxonalari hamda davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi. Aralash kompaniyalar- hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aksiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli bo'ladi.
Kooperativ tadbirkorlik — jamoa tadbirkorligining alohida shakli bo'lib, jamoa mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Xususiy tadbirkorlik - alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo’ladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik - shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o'zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi.
Aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarining muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi. Aksiya — bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o'zining ma’lum hissasini qo'shganligiga va foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog'ozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb ataladi.