Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi



Yüklə 10,78 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü10,78 Kb.
#203979
1   2   3   4
Iqtisodiyot nazariyasi

Doiraviy aylanishlaming bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi. Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o'zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga bo'Iib-bo'lib o'tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o'zgartirmaydi.

Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to'liq iste’mol qilinadi, o'zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to'liq o'tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo'qotadi. Ish davri — ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo'ladi.

Amortizatsiya - asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o'tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maq-sadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg'arish jarayonidan iborat. Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniq-lanadi va foizda ifodalanadi.

Xulosa 1. Xo'jalik yuritishning bozor tizimiga o'tish — iqtisodiyotning tadbirkorlik turiga o'tish demakdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy tabiati tashabbuskorlik, tavakkalchilik va mas’uliyat, ishlab chiqarish omillarini yangicha usulda birlashtirish, novatorlik kabi bir qancha belgilar bilan tavsiflanadi. 2.Tadbirkorlik faoliyati deb shakli va sohasidan qat'i nazar, foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatga aytiladi. 3. Tadbirkorlik daromadining o'ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan. u ishlab chiqarish jarayonida resurslarning eng maqbul (optimal) variantda qo'llanilishi natijasida vujudga keladi, ikkinchidan esa. bozorda ayirboshlash natijasida shakllanadi


Yüklə 10,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin