Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati, uning sarf xarajatlari va foydasi. Mundarija: Kirish


Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari



Yüklə 99,81 Kb.
səhifə17/36
tarix11.05.2022
ölçüsü99,81 Kb.
#57583
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
kurs ishi agabek

Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushgannligini ko‘rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, Ya’ni:

w = c + v + m,

bu erda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – doimiy kapital; v – o‘zgaruvchi kapital (ishchi kuchi) xarajatlari; m – qo‘shimcha qiymat.

Korxona (firma) mahsulotining ishlab chiqarish xarajatlari – bu korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilingan barcha sarflari yig‘indisidir:

k = s + v.

Uning tarkibiga xomashyo va materiallar, amortizatsiya, ish haqi va boshqa sarflar kiradi.

Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tuShuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1-chizma). Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va material sarflari, amortizatsiya va h.k.) tuShuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo‘ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, Shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga etkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tuShumi summasidan qoplanadi.




Yüklə 99,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin