Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati, uning sarf xarajatlari va foydasi. Mundarija: Kirish



Yüklə 99,81 Kb.
səhifə25/36
tarix11.05.2022
ölçüsü99,81 Kb.
#57583
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
kurs ishi agabek

1. Mehnatning ixtisoslashuvi. Korxona ko‘lamining o‘sib borishi bilan foydalanilayotgan mehnatning ixtisoslaShuv darajasini oshirish imkoni kengayib boradi. Qo‘shimcha ravishda ishchilarning yollanishi topshiriqning ular o‘rtasida borgan sari aniqroq taqsimlanib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida 5-6 tadan turli operatsiyalarni bajarish o‘rniga endilikda har bir ishchi bitta-yagona topshiriqni bajarishi mumkin bo‘ladi. Butun ish kuni davomida u o‘zining malakasiga ko‘proq mos keladigan vazifani bajarish bilan band bo‘ladi. Kichik korxonalarda malakali ishchilar ko‘pincha o‘z ish vaqtlarining deyarli yarmini hech qanday malaka talab etmaydigan ishlarni bajarishga sarflaydilar. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining oshib ketishiga olib keladi. Shuningdek, ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi bilan ta’minlanuvchi mehnat operatsiyalarining taqsimlanishi imkoniyati ishchilar uchun o‘z vazifalarini bajarishlarida katta tajriba orttirishga zamin yaratadi. 5-6 ta topshiriq bilan band qilingan «o‘z ishining ustasi» ham bu vazifalarning har birini bajarishda u qadar malakali bo‘la olmaydi. YAgona vazifani bajarish imkoniga ega bo‘lgach, xuddi Shu ishchi yanada unumliroq ishlay oladi. Va nihoyat, mehnat ixtisoslaShuvining Yuqori darajasi ishchi tomonidan bir topshiriqni bajarishdan boshqa biriga o‘tishdagi vaqt yo‘qotilishi holatining oldini oladi.


Yüklə 99,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin