3- chizma. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga
ta’siriga qarab xarajatlarni turkumlash. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Doimiy xarajatlar (FC) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (zayomlar bo‘yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va Shu kabilar kiradi.