Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati, uning sarf xarajatlari va foydasi. Mundarija: Kirish


–chizma. O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari



Yüklə 99,81 Kb.
səhifə24/36
tarix11.05.2022
ölçüsü99,81 Kb.
#57583
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
kurs ishi agabek

5–chizma. O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari.
Chizmadan ko‘rinadiki, dastlabki paytda o‘rtacha xarajatlar Yuqori darajada bo‘ladi. Bu holat mahsulot hajmi Q ning past darajasida doimiy xarajatlar miqdori juda katta bo‘ladi. Mahsulot hajmi o‘sib borishi bilan uning birligiga to‘g‘ri keluvchi doimiy xarajatlar miqdori pasayib boradi. Doimiy xarajatlar mahsulot miqdorining katta hajmiga to‘g‘ri kelganda, o‘rtacha xarajatlarga ahamiyatli ta’sir ko‘rsata olmaydi. Endi o‘zgaruvchi xarajatlar katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Natijada o‘rtacha xarajatlar o‘sa boshlaydi. Ishlab chiqarish hajmining ma’lum miqdordan keyingi o‘sishi bilan samaraning pasayishi ro‘y bera boshlaydi.

Eng Yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo‘lib so‘nggi qo‘shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo so‘nggi qo‘shilgan xarajat deb, mahsulotning navbatdagi birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarga aytiladi:



;

bu erda: MS – so‘nggi qo‘shilgan xarajat;

∆TS – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi;

∆Q - mahsulot miqdorining o‘zgarishi.

Qo‘shilgan xarajatlarni har bir navbatdagi qo‘shilgan mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Tovar yoki xizmatlarning qo‘shilgan birligini ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladigan xarajatlar o‘rtacha qo‘shilgan xarajatlar deyiladi.

Korxona foydalanadigan ko‘plab resurslar miqdori, Ya’ni jonli mehnat, xom ashyo, yonilg‘i va energiya sarflari tovar hajmining o‘zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar hajmi o‘zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, og‘ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oralig‘ida mahsulot miqdori o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, Ya’ni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.



Korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun etarli bo‘lishi mumkin.

Boshqacha aytganda qisqa davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali o‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun etarli bo‘lgan davrdir.

Bu erda Shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan, engil sanoat tarmog‘ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo‘shimcha tikuv mashinasi o‘rnatish bilan o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Og‘ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.

Biz bilamizki, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish xajmini o‘zgartirishi mumkin. Bu erda Shunday savol tug‘iladi: korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) ko‘proq va yanada ko‘proq miqdorda o‘zgaruvchi resurslarni qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarib boradi?

Bu savolga marjinalistlar o‘zlari tomonidan o‘ylab topilgan samaraning kamayib borishi qonuni deb ataluvchi qonun orqali javob beradi. Bu qonunga binoan, ma’lum davrdan boshlab korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki erga) o‘zgaruvchi resurslar birligini (masalan, jonli mexnat) ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shimcha mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan erning doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don etishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar erdan 40 sentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 s/ga ga qadar ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 s/ga, uchinchisi - 61 s/ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s/ga ga qadar ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi.

Bu erda Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, samaraning kamayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni, har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va Shu kabilarga ega deb hisoblanadi.

Demak, qo‘shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar) ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu erda ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, samaraning pasayib borishi degan qonun tabiiy ravishda o‘zidan o‘zi emas, balki omillarning boshqasi o‘zgarmagani holda ayrimlarini ko‘r-ko‘rona ko‘paytirib, ular o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo‘ladi.

Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxir oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tuShuntirib berolmaydi, Chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tuShuntirish mumkin.

Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi Shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslaShuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslaShuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil to‘xtab o‘tamiz.




Yüklə 99,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin