Mavzu: Tafakkur diagnostikasi


TAFAKKURDAGI INDIVIDUAL FARQLAR YOKI SIFATLAR



Yüklə 54,09 Kb.
səhifə3/8
tarix15.10.2023
ölçüsü54,09 Kb.
#155922
1   2   3   4   5   6   7   8
204 Guruh talabasi Hakimova Yulduzning Umumiy psixalogiya fanidan 66

6. TAFAKKURDAGI INDIVIDUAL FARQLAR YOKI SIFATLAR
Ayrim kishilarning tafakkuri o`zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatdan, mustaqilligi, samaraliligi va tezligi jihatdan turli davrlarda turlicha namoyon bo`ladi. Bular tafakkurning sifatini tashqil qiluvchi belgilardir. Tafakkurning mazmundorligi avvalo u yoki bu narsalar, hodisalar to`g`risidagi voqelikning u yoki bu, muhokamalar va tushunchalarda odamlarning ongida qanchalik o`rin olganligidan kelib chiqadi. Fikrning chuqurligi uning mazmundorligini ta`minlaydi. Tafakkurning mazmundorligi va chuqurligi uning
13
kengligi bilan chambarchas bog`langan. Voqelikning eng ko`p sohalarini o`z ichiga olgan, hozirgi vaqtni, uzoq utmishni va uzoq kelajakni o`z ichiga olgan tafakkurni biz keng tafakkur deymiz. Odam o`z oldiga yangi vazifalarni qo`yishda o`zi tashabbus ko`rsatib, shu vazifalarni boshqa odamlarning yordamisiz, o`zining alohida yo`llari bilan hal qilaversa, bu odamlarning tafakkuri mustaqil tafakkur bo`ladi. Tafakkurning tanqidiyligi o`zgalarning yoki o`zlarining fikrlarini haqiqatga mos bo`lishi - bo`lmasligi jihatini tekshira bilishda va shu fikrlarga baho bera olishda ifodalanadi. Tafakkurning tezligi qo`yilgan savollarga juda tezlik bilan javob topa olishida namoyon bo`ladi. Fikrning tezligi maktab o`quvchilari uchun muhim ahamiyatga ega. Masalan: ayrim yaxshi o`quvchilarni doskaga chiqarib, ulardan yangi masalani echish talab qilinganda hayajonlanib, butun sinf oldida o`zlarini yo`qotib qo`yadilar. Bu salbiy emotsiyalar go`yo ularning tafakkurini tormozlab qo`yadi. Fikr juda sekin va tez - tez muvaffaqiyatsiz ishlay boshlaydi. Maktab o`quvchilarning tafakkuri hali juda katta va etarli foydalanilmayotgan zaxira hamda imkoniyatlarga egadir. Psixologiya va pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri ana shu imkoniyatlarni to`la ochish va ular asosida ta`limni yanada samarali, hamda ijodiy qilishdan iboratdir.
TAFAKKUR JARAYONLARI
Tafakkur jarayoni (fikrlash) o`ziga xos qonuniyatlarga, qoidalarga bo`ysunadi. Tafakkur jarayonining mohiyatini tushunish uchun uning qanday kechishini o`rganish lozim. Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir.
ANALIZ - ob`ektning muayan bir tomonlarini, elementlarini, xossalarini, munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o`rganilayotgan ob`ektni fikran bo`laklarga, qismlarga, elementlarga bo`lish demakdir. Biron narsani analiz qilish davomida bu narsaning g`oyat muhim, kerakli va qiziqarli va shu kabi muayan xususiyatlari ajratib olinadi.
SINTEZ. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni
14
birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o`zaro bog`liqdir.
TAQQOSLASH - narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko`rish va ular orasidagi o`xshashliklar, tafovutlarni topish. Taqqoslash albatta analiz va sintezni taqoza qiladi. Narsa va hodisalarni oldin analiz keyin esa sintez kilmasdan turib ular orasidagi o`xshashlik va tafovutlarni topib bo`lmaydi.
Taqqoslash davomida narsalarni UMUMLASHTIRISH amalga oshiriladi. Umumlashtirish o`xshash tarzidagi umumiylik va muhim belgi tarzidagi umumiylik sifatida amalga oshiriladi. Birinchi umumiylik bo`yicha kit baliq hisoblanadi (yuzaki belgi), ikkinchi umumiylik asosida esa kit sut emizuvchilar sinfiga kiradi (muhim belgi asosida).
TAFAKKUR TURLARI
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli klassifiatsiyasi tarqalgandir:
1) ko’rgazmali-harakat;
2) ko’rgazmali-obrazli;
3) mavhum (nazariy) tafakkur.
Yuqorida aytib o’tilganidek formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi.
1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan bo’lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat
15
qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va “Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo’lsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa jihatdan turli ma'noga ega bir so’zni aynan deyish ham noto’g’ri. Masalan, “yuz tuzilishi” da “yuz” so’zi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas.Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning o’zaro aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi.O’zaro munozara jarayonida raqibini aldash yoki chalg’itish maqsadida ayniyat qonunini ataylab buzib, tushunchalarni almashtirish holatlari ham uchraydi. Bu ta'limot sofistika deb ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir xil so’zlar ishlatiladi. Shu bilan birga adabiyotdagi o’xshatish, bo’rtirish, kichraytirish uslublarida ham ayniyat qonuni buziladi, lekin bu adabiy uslubning o’ziga xos jihatidir.Ayniyat qonuni tafakkurning barcha element va shakllariga xos bo’lgan umumiy mantiqiy qonundir. Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas

16

formulasi ? (R G`g` ? R) R va R emas bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - belgisi inkorni anglatadi.Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatlar qarama-qarshi va zid munosabatlarga ta'luqli. Bir vaqtda va bir munosabatda biron-bir predmet haqida tasdiqlab aytilgan fikrga zid ravishda shu predmet haqida inkor etib aytilgan fikr o’z fikriga qarshi chiqishdir.Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos emas desak yoki bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o’sha belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi.


Bir predmet turli munosabatda olinsa ham nozidlik qonuni buzilmaydi. *Nozidlik*qonuni mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan biri tafakkurning ziddiyatsiz, izchillikni ifodalaydi. Undan ongli foydalanish o’zimiz va o’zgalarning fikridagi ziddiyatni bartaraf etish har qanday noaniqlikka tanqidiy munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Fikrimizdagi izchillik bizning faoliyatimizga ham izchillik bag’ishlaydi.3.Uchinchisi istisno qonuni. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi hukmlarga ta'luqli bo’lsa uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga xosdir. U qo’yidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi. Masalan, «qor oqdir», “qor oq emas”, “qor sariqdir” degan mulohazalarning birinchisi to’g’ri, ikkinchisi noto’g’ri, uchunchisi istisnodir. Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga kiradi.
Zid munosabatdagi hukmlarning biri predmetlar sinfining bir qismiga xos xususiyat va munosabatni tasdiqlaydi, ikkinchisi esa shu predmetlarning boshqa qismiga shu xususiyat va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda to’g’ri yoki
_________________________
Nozidlik qonuni mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan biri tafakkurning ziddiyatsiz, izchillikni ifodalaydi
17
bir vaqtda noto’g’ri bo’la olmaydi. Bundan tashqari zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga ma'lum xususiyat va munosabatni ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga shu xususiyat va munosabatni xos ekanligini inkor etadi. Masalan, “Traktor mashinadir” va “Traktor mashina emas”.
Uchinchisi istisno qonuni qo’yidagi formula bilan ifodalanadi:
R v R. Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidek fikrimizning izchil, ziddiyatsiz bo’lishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan qaysi to’g’riligini ko’rsatmaydi, lekin ulardan biri har doim xato bo’lishini bildiradi. Bu qonunning ahamiyati shundaki haqiqatni izlashga yo’nalish beradi.
Uchinchisi istisno qonuni ma'lum bir mazmundagi savolga bir paytni o’zida ham “ha” ham “yo’q” deb javob bermasdan aniq ulardan birini tanlashni talab etadi. Shu bilan birga ikki zid fikrni oralig’ida uchinchisi bo’lmasligini anglatadi.
4. yetarli asos qonuni. Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bo’lishi mumkin. Chin fikrni biz uni chinligini ya'ni voqelikga mos kelishini ko’rsatishimiz lozim. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga ta'lim berish jarayonida o’zi ifodalayotgan fikrlarni asoslab berishi lozim. Shundagina u o’quvchilar uchun ishonarli bo’ladi.Fikrning asosli bo’lishi talabi yetarli asos qonuniga ifodalanadi. Har qanday fikr chin hisoblanadi, agar u yetarli asosiga ega bo’lsa. Agar V mavjud bo’lsa uning asosi A ham mavjud bo’ladi. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar o’zining asosiga ega bo’ladi. Mantiqiy fikrlash jarayonida, fikrimizning ifodalashda mana shu asosni ko’rsatish muhim rol o’ynaydi.Insonning shaxsiy tajribasi fikrning yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Ba'zi mulohazalarning chinligi uni bevosita voqelik bilan taqqoslash bilan tasdiqlanadi. Lekin ba'zi hollarda insonning shaxsiy tajribasi ma'lum bir fikrlarni asoslashga yetarli bo’lmaydi. Shu sababli u bu o’rinda boshqalar tajribasiga tayaniladi.Fan-texnika taraqqiyoti natijasida inson o’z fikrini asoslashda qonunlar, aksiomalar, tamoyil, qoidalarda ifodalangan butun insoniyat tajribasiga murojaat qiladi. Ilmiy qonun va aksiomalarning chinligi
18
insoniyat tajribasida isbotlangan, shuning uchun qayta tasdiq talab etmaydi. Shu sababli bu qonun va aksiomalar doirasiga kiruvchi alohida holatlarni qayta isbotlash zarurati yo’q. Fan-texnika yutug’iga asoslanib biz har qanday hodisani tajribada sinab tasdiqlamaymiz. Demak, har qanday fikrning yetarli asosi avval isbotlangan, hamda undan mantiqan yuqoridagi fikr kelib chiqadigan chin fikr hisoblanadi. Agar A mulohazaning chinligidan V mulohazaning chinligini kelib chiqsa A mulohaza V mulohaza uchun asos bo’ladi. Oqibatning asosga bog’liqligi ob'ektiv borliqning tafakkurda in'ikosi hisoblanadi, shu jumladan xodisalar o’rtasidagi sabab – oqibat aloqadorligi ham. Lekin bu in'ikos bevosita bo’lmaydi. Ba'zi hollardagina mantiqiy asos hodisalar sababi bilan mos kelishi mumkin. Ko’p hollarda esa bunday bo’lmaydi ham. Shu sababli asos bilan natija o’rtasidagi bog’liqlikni sabab-oqibat bog’lanishidan faqlash lozim.
Asoslilik – mantiqiy tafakkurning muhim xususiyatlaridandir. Barcha holatlarda biz ma'lum bir fikrni bildirganda, suhbatdoshlarimizni ishontirishga harakat qilganda shu fikrni chinligini isbotlash uchun yetarli asoslar keltiramiz. Fan har doim ilgari surilgan g’oya va ta'limotlarni isbotlab beradi. Agar shu g’oya ta'limotlarni isbotlash uchun yetarli asos bo’lmasa u chin deb qabul qilinmaydi. Din esa o’z aqida va ta'limotlarini hech qachon tajribada isbotlab bermaydi. Ularga ishonish diniy e'tiqodni o’zidan kelib chiqadiMantiqdagi yetarli asos qonuni har xil irimlarni ham oqlamaydi. Masalan, yo’lda ketayotgan kishini yo’lini qora mushuk kesib o’tsa, go’yoki uni falokat kutishi bu uydirma hisoblanadi. Bunday irimlar ko’p hollarda tasodiflarga asoslanadi.Etarli asos qonuni muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Formal mantiq qonunlari (tafakkur qonunlari) fikrlash jarayonida demak fikrimizning aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli bo’lishini ta'minlar ekan. Ularni har biri bir-biri bilan uzviy bog’liq. Ulardan uzluksiz foydalanish kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni chin bo’lishi uchun xizmat qiladi. Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks
19
etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular ortasidagi boglanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yol bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va tolaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bolmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning boglanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamizTafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang Ong). Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining Tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson Tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.Tafakkur koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika, biologiya.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada Tafakkur voqelikni umumlashtirish
20
darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham Tafakkur yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat Tafakkur sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham Tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar Tafakkurning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya Tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari Tafakkurdagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda. TAFAKKUR TURLARI
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli klassifikatsiyasi tarqalgandir:
1) ko’rgazmali-harakat;
2) ko’rgazmali-obrazli;
3) mavhum (nazariy) tafakkur.

Yüklə 54,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin