KO’RGAZMALI-HARAKAT TAFAKKURI. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan masalalarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan echganlar; keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan. Dastlab erni qadamlab o`lchangan, keyinchalik uning asosida geometriya fani shakllangan. Bu shuni anglatadiki, sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o`zi birlamchidir. Bog`chagacha yosh davrida bolada asosan ko`rgazmali-harakat tafakkuri ustun bo`ladi. Hamma ish, "o`ylash",
21
bilish jarayoni harakatlar vositasida amalga oshiriladi.
KO`RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKUR. Ko`rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda asosan bog’cha yoshidagi bolalarda nomoyon bo`ladi. Ularda tafakkurning harakatli shakllari saqlanib qolsa ham, ular to`g`ridan-to`g`ri yuzaga chiqmaydi. endi bola narsa va hodisalarning bevosita idrok qilinayotgandagi obraziga suyanib fikr yuritadi. Agar shu yoshdagi bolaga ikkita bir xil xajmdagi xamirdan qilingan sokka ko`rsatilsa, u ularning tengligini aytadi. Keyin ularning ko`z o`ngida soqqalardan biri non shakliga keltiriladi. Bolalar yassilantirilib, non shakliga keltirilgan soqqani ko`p, katta deb ko`rsatadilar (J.Piaje tajribalaridan).MAVHUM (NAZARIY) TAFAKKUR.Bolalarning amaliy va ko`rgazmali-obrazli tafakkuri asosida ularda mavhum tafakkur shakllanadi. Bu mavhum tushunchalarga asoslangan tafakkur. Bolalarning juda ko`plab fanlardan, o`quv predmetlardan oladigan bilimlari mavhum tushunchalar yordamida ifodalangan. Predmet va hodisalar urniga ularning nomlari (SO`Z-belgi) qo`llaniladi. Mavhum tafakkur bolaga endi o`zi yo`q predmetlar bilan ham so`zlar yordamida (nomlari) ishlash, ular ustida fikr yuritish, tafakkur operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Shu sababli mavhum tafakkur o`quvchining o`quv va hayot faoliyatida eng muhim o`ringa ega bo`ladi. Maktabning, pedagoglarning asosiy vazifalridan biri o`quvchilarning mavhum tafakko`rini rivojlantirish, ularda to`g`ri shakllangan tushunchalar tizimini hosil qilishdan iboratdir.TAFAKKURNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI.Turli kishilarda tafakkur xususiyatlar turlicha tarkib topgan va turlicha nomoyon bo`ladi. Bir kishining o`zida ham tafakkurning turli xususiyatlari turlicha nomoyon bo`ladi. Bularning hammasi tafakkurning individual xususiyatlarining asosini tashkil qiladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatining mustaqillik darajasi, epchillik, fikrlashning tezligi kabilar kiradi.Tafakkurning MUSTAQILLIGI dastavval yangi masala, yangi muammoni ko`ra bilish va kuya bilishda, undan sung esa uni
22
o`z kuchi bilan echa bilishda nomoyon bo`ladi. Tafakkurning mustaqilligida uning ijodiy xarakteri o`z ifodasini topgan.Tafakkurning IXCHAMLIGI shundan iboratki, masalani echishning boshda belgilangan yo`li (rejasi) asta-sekin yuzaga chiqadigan, avvaldan hisobga olib bo`lmaydigan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo`lni o`zgartira olishdan iboratdir.
Fikrning TEZLIGI biror qarorni qisqa muddat ichida qabul qilish talab qilingan hollarda talab qilinadi.Tafakkurning yuqorida ko`rsatilgan barcha va boshqa juda ko`p sifatlari uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog`liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlaridan qat`iy nazar, muhim tomonlarni ajaratib, mustaqil ravishda tobora yangi umumlashtirishlarga kela bilishdan iborat.Sog‘lom tafakkurning shaxs rivojidagi o‘rni masalasi turli zamon va makonlarda yashagan mutafakkirlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida inson tafakkuri haqida fikr yuritar ekan: “Modomiki, u o‘z zotidan fikr qilishga qodir bo‘la olar ekan, u oqil bo‘la oladi. Natijada uning zoti aqlga erishsa, u holda u fe’li bilan aqlga ega bo‘ladi. Balki u aql bo‘la oladi, u o‘z zoti bilan fikr qiladigan, oqil bo‘la oladi. Zotning o‘zi ham aqlga erishdimi, demak, uning o‘zi ham aqlga erisha oladi”, degan fikr orqali aql va intellektning o‘zaro uyg‘un hamda farqli jihatlarini tahlil etgan. A.Jeksonning qayd etishicha, asl salomatlikning birinchi siri-aqlimizda joylashgan bo‘lib, aqlimizga bo‘ysunmaydigan biror-bir narsaning o‘zi yo‘q. Insonda hayotga, ezgulikka ishonch bo‘lishi lozim. Kimda kim ishonsagina, g‘alaba qozonadi. Muallif ishonch kuchining insonda qat’iy hayotiy pozitsiyani shakllantirish imkoniyatini quyidagi fikrlar orqali ifoda etadi: “Ishonch — bu ruhiy kuch, uning sharofati bilan bo‘lishi mumkinmas narsa mumkinga aylanadi. Ishonch mo‘jiza yaratishga qodir kuchlarga yo‘l ochadi”.“Tafakkur (arab. — fikrlash, aqliy bilish) — predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o‘rtasida ichki, zaruriy aloqalar, qonuniy bog‘lanishlarni aks etadigan
23
bilishning ratsional bosqichi”. Mamlakatimiz olimlari tomonidan tafakkur va uning ko‘rinishlari (ijodiy, mantiqiy, badiiy-estetik, axloqiy, ekologik, mustaqillik, tarixiy)ga doir bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, biroq umumta’lim maktabi o‘quvchilarida sog‘lom tafakkurni rivojlantirish muammosi alohida tadqiq etilmagan. Ehtimol, mazkur holat sog‘lom fikr yuritish tafakkurning barcha shakllariga taalluqli, deb qarash nuqtayi nazari bilan bog‘liqdir. Respublikamizda sog‘lom tafakkur masalasining pedagogik jihatlarini tadqiq etishga urinish S.Ataxonova tomonidan nashr ettirilgan maqolalarda o‘z ifodasini topgan. Biroq tadqiqotchi tomonidan “sog‘lom tafakkur” tushunchasiga berilgan ta’rif va tavsiflar ancha bahstalab ekanligini qayd etib o‘tish joiz. Masalan, tadqiqotchining “Tafakkur innovatsion ta’lim dasturida” nomli maqolasida sog‘lom tafakkur ilmiy-pedagogik ta’rifga ko‘ra, quyidagi bir necha muhim bo‘g‘inlar — sog‘lom tafakkur tushunchasi; zarur ijtimoiy muhit tushunchasi; pedagogik maqsad va natija tushunchasi; sog‘lom turmush va turmush tarzi tushunchasi kabilardan iborat bo‘lishi qayd etib o‘tilgan. Mazkur bo‘g‘inlar sog‘lom tafakkur tushunchasining mazmun-mohiyatini to‘liq ochib berish imkonini bermaydi. Shu bilan birga, maqola so‘ngida xulosa sifatida “sog‘lom tafakkur” tushunchasiga berilgan ta’rifni boshlang‘ich asos sifatida qabul qilish mumkin: sog‘lom tafakkur kishilarning o‘z salomatligi (jismoniy, ma’naviy-ruhiy — ta’kid bizniki)ni asrashga yo‘naltirilgan o‘ylari, ongi, shuuri, hissiyotlari, axloqi, estetik qarashlari, g‘oyalari, sa’y-harakatlari va ular natijasi hisoblanadi. Xorijlik tadqiqotchilar tomonidan sog‘lom tafakkur masalasining ayrim jihatlarini yoritib berishga e’tibor qaratilgan. Jumladan, K.Yungning fikricha, sog‘lom tafakkur yuritish uchun shaxsning arxetipik (shaxs xayolotidagi obrazlar, g‘oyalar, motivlar) o‘ziga xosliklarni aniqlab beruvchi fikrlash, tushunish usullarini o‘zlashtirish zarur. Ya’ni inson o‘z fikrlashini sog‘lom nuqtayi nazar bilan bog‘liqlikda boshqarishi lozim. K.Xorni esa, ko‘pincha insonning xulq-atvori madaniy omillari asosida
24
boshqariladi, deb ta’kidlab o‘tadi. Ya’ni, bizning madaniy dunyoqarashimiz ratsional fikrlashga qan chalik ko‘p ta’sir etsa, irratsionallikning ta’sir doirasi shunchalik kamayadi. M.Jeymsning talqini cha, sog‘lom tafakkurning asosida real voqelikni qanday tushunish qobiliyatining anglanishi yotadi. O‘z-o‘zini anglagan shaxs o‘zining ichki olami, tasavvurlarini to‘g‘ri fahmlaydi, undan qo‘rqmaydi va bayon etishdan tortinmaydi, fikr va xatti-harakatlari “hozir va shu yerda” vaziyatiga yo‘nalgan bo‘ladi. Sog‘lom tafakkurni rivojlantirish masalasi tizimli va kengroq tavsifda Y. I. Orlovning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Uning fikricha, sog‘lom tafakkur yuritishning asosiy roli o‘z-o‘zini takomillashtirish — xarakterning uyg‘unligi, o‘z-o‘zidan va atrof-muhitdan rozilik, yomon odatlardan saqlanish, o‘z hissiyotlarini boshqarish, o‘z ehtiyojlarini nazorat qilish uchun zaruriy shart-sharoit yaratishda namoyon bo‘ladi. Ichki nizolar, ziddiyatlar, tibbiy-profilaktik fikrlashni Y.Orlov, sog‘lom tafakkur deb atashni taklif etadi. Shunga muvofiq, kundalik holga aylangan, avtomatlashgan kuch ta’siridagi odatdagi fikrlashni nosog‘lom tafakkur deb atash mumkin. Yuqoridagi tahlillarga asoslangan holda aytish mumkinki, sog‘lom tafakkurning qat’iy hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati quyidagi jihatlarda o‘z aksini topadi: Sog‘lom tafakkur fikriy jarayon obyektlariga diqqatni jamlash va konsentratsiyalash (bir joyda to‘plash) imkonini beradi. Agar inson o‘z diqqatini jamlay olmas ekan, voqelik va undagi o‘z o‘rnini kuzatish imkoni bo‘lmaydi. Diqqatni jamlay olish va zaruriy timsollarni o‘rnata olish esa, obyektlarni reallik va intellektuallik uyg‘unligida amaliy vizuallashtirishga xizmat qiladi. Sog‘lom tafakkur inson tomonidan nazorat qilishga ehtiyoj sezuvchi aniq ruhiy holatlar haqida bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Norozilik, noo‘rin arazlash haqida fikr yuritish uchun norozilik kayfiyati o‘zi nima, u qanday tuzilishga ega, uning yuzaga kelishi nima bilan bog‘liq va u qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi haqida bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi. Sog‘lom tafakkur shaxs psixologiyasi asoslari, emotsional-irodaviy sifatlarga doir bilimlarga
25
ega bo‘lishni taqozo etadi. Refleksiv (tashqi tomondan va o‘z-o‘ziga baho berish) qobiliyat sog‘lom tafakkurni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘zining salbiy tavsifga ega o‘y-xayollari, his-tuyg‘ulari, yaxlitlikda mavjud tajribasini tashqi tomondan baholash orqali inson o‘z xulq-atvorini tuzatadi. K.Xornining fikricha, refleksiya o‘z-o‘zini tahlil etish texnikasini o‘zlashtirishni talab etadi. O‘z-o‘zini tahlil etish, ayniqsa, inson chuqur tushkun kayfiyatga berilgan vaziyatlarda alohida ahamiyat kasb etadi. O‘z xulq-atvori haqidagi haqiqatlarning anglanishi turli buzg‘unchi o‘y-xayollardan ozod bo‘lish, o‘quv chini azoblayotgan xavotirlardan ozod bo‘lish imkonini beradi. Haqiqatning anglanishi o‘quvchi ichki dunyosida ma’naviy xavotirni uyg‘otgan taqdirda ham vaziyatdan chiqish yo‘lining anglanishiga xizmat qiladi. Refleksiya uchun qulay muhit yaratishda ichki xotirjamlikni hosil qilish lozim. Y.Orlovning ta’kidlashicha, agar refleksiya relaksatsiya (xotirjamlik) vaziyati bilan uyg‘unlashsa, sog‘lom tafakkur yomon o‘y-xayollar, noto‘g‘ri tasavvurlar, timsollardan xalos bo‘ladi va ularning ongda qayta takrorlanishi stress holatini yuzaga keltirmaydi. Mazkur sharoitda inson vaziyatga moslashadi, agar salbiy emotsiyalar takrorlanganda ham, yomon taassurot yuzaga kelmaydi. Xulosa qilib aytganda, sog‘lom tafakkur o‘quvchida ijtimoiy voqelikka anglangan, individual va real munosabatni shakllantirish asosida hayotiy maqsad va qat’iy pozitsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tafakkur - narsa va hodisalar ortasidagi eng muhim boglanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi. Analiz – narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish. Sintez –narsa va hodisalarning analizda bolingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bolaklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish. Abstraksiya –moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bolmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratish. Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va ozini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu obektlarga tasir
26
korsatgan holda malum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun organadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va korgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir obektlar va ularning bevosita organiladigan xossalari haqida malumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan obektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bolgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil boladi?»dan iborat. Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va ozgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bogliqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka otish sodir boladi. Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida tariflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, otmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida ogzaki va yozma nutqda (oqituvchilar maruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur koplab odamlar bilimlarini umumlashtiradi. Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.
27
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita tasir korsatmay, kopchilik hollarda asboblar komagida olingan qoshimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bolishi bilan inson ichki, barqaror ozaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi. Tafakkurning oziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bogliqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bolgan savolga javobdan boshlanadi. Tafakkur muammosini korib chiqqan a.a.smirnov tafakkur va aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam korsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat ozgacha boladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda oz oldimizga hech qanday maqsad qoymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir- biri bilan assotsiativ tarzda boglangan boladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi kop hollarda inson toliqqan bolib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi oylar otishini kuzatgansiz. Mana shu oylar malum assotsiatsiyalarga kiradi.Tafakkurning alohida muhim oziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bolmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida oz ifodasini topadi. Biz doimo sozlar orqali fikr yuritamiz. Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bolgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bolib hisoblanadi. Nutq tafakkur qurolidir. Malum fikr sozlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni
28
amalga oshiriladi. Fikrni soz bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bolgan murakkab jarayon. Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi goyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki malum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yonalishli-tadqiqiy, qarab ozgarishli va bilish xususiyatiga ega bolgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bolgan nazariy va amaliy faoliyat. Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qollash sohasi bolgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bolib xizmat qiladi. Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini otaydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini taminlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning ozaro tasir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan tashqari, bosh miya postlogining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan taminlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini taminlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega. Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – abstraksiyalardan foydalanish ozgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir boladigan oddiy tafakkur, soglom fikr, tafakkurning boshlangich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini organadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni togri tuzish, dalillarni qatiy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qollash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bolgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi. Tafakkur – bu oz tuzilishi va turlariga ega bolgan oziga xos faoliyat. Tafakkurning
29
turlarga bolinishi shakli, xususiyati, ochib berilganlik, yangililik va voqelikka moslik darajasiga kora amalga oshiriladi. Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bolinadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –korgazmali-obrazli va korgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi. Tushunchali tafakkur – bu malum tushunchalar qollaniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Kopincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi odamlarda ustun boladi. Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin bunday aks ettirish mavhumdir. Oz navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va subektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini toldiradi. Korgazmali-obrazli tafakkur obrazlarni qollash bilan bogliq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon boladi. Korgazmali-harakatli tafakkur – mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy ozgartiruvchi faoliyatdan iborat bolgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan mashgul bolgan odamlarda kengroq ifodalanadi. Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi soz-mantiqiy tafakkur mavjud bolib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining songgi bosqichidir. Unga tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qollash xosdir.Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy – tajriba bilan ish kormasdan tushunchalardan foydalanadi. Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi
30
bilan xaraterlanadi. Reproduktiv, ishlab chiqaruvchi tafakkur – bu namuna boyicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni togri aks ettiradi, odam oz hulq- atvorini anglaydi, autistik tafakkur esa, asosan, obektga emas, affektga mos bolganlarni ifodalaydi, ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan hissiy zoriqishni kamaytirishga yonaltirilgan boladi. Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli: tushuncha, mulohaza va xulosa farq qilinadi. Tushuncha – bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bolgan va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida hodisalar va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. U aniq va mavhum bolishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki oxshash jismlar guruhini xarakterlab beruvchi malum belgilar yigindisi ajratilgan bolsa, u holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, goya, jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu belgi organish predmeti bolib xizmat qilsa, alohida jism sifatida organilsa, mavhum tushuncha hosil boladi. Bunday tushunchalarga fidokorlik, tenglik, vijdoniylik va boshqalar kiradi. Tushunchalar ayrim va umumiy bolishi mumkin. Ayrim belgilar deb, jismning qaysi sinfga tegishliligidan qatiy nazar, yagona jismga taalluqli bolgan tushunchaga aytiladi. Ayrim tushunchalarga moskva, toshkent, baykal koli va boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bolgan tushunchaga aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.