Mavzu: tafakkur va xayol



Yüklə 221,76 Kb.
səhifə2/16
tarix26.10.2022
ölçüsü221,76 Kb.
#66264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Tafakkur va hayol

Xayol jarayonlari. Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o'tmish tajribalari bilan belgilanadi. Shuningdek xayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko'rsatiladi va ular yaqqol ifodalash maqsadida quyida jadval ko'rinishida aks ettirildi.

Xayol analitik holatdan yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol fenomenidan biridir; giperbolizasiya (yunoncha xuperbole bo'rttirish, kuchaytirish ma'nosini anglatadi; sxematizasiya (yunoncha "schema" obraz, shakl vujudga keltirish demakdir); tipizasiya (yunoncha "tupos" iz, chiziq degan ma'noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o'xshatma- muayyan narsalarga nisbatan qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar.


Agglyutinasiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintezlashuv jarayonining soddaroq ko'rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro'y- rost yaxlitlashtirish imkoniyati yo'q xilma-xil xislatlar, fazilatlar, sifatlar va qismlarni "qorishiq" tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks ettiradi. Odatda agglyutinasiya yordami bilan donishmand xalq tomonidan yaratilgan ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki xayoliy kompozisiyasi to'qib chiqariladi (lotincha compositio tuzilmasi, tarkibiy jihatlari degan ma'no anglatadi).
Masalan, bulbuli go'yo odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonovor gavdalanadi; suv parisi (rusalka) timsolida ayol mujassamlashadi (bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki, sochi yashil suv o'tlaridan iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot) qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdasho (ilon, ot va qushdan iborat) va boshqalar. Hozirgi zamonda agglyusinasiyadan texnik, badiiy, san'at ijodiyoti keng ko'lamda foydalanilmoqda, chunonchi, samolet amfibiya (yunoncha ampxibios ikkiyoqlama hayot kechirish ma'nosini bildiradi)-uchuvchi qayiq toifasidagi quruqlik va suvga moslashgan gidrosamolyot; aerosani (chana singari sirqanuvchi samolyot), jangovar texnika amfibiya (tank, bronetrasport, avtomobil); akkordeon-fortepyano bilan bayan birlashmasi; avtokran-avtomobil bilan kran qorishiqi; avtokor (inglizcha "car" arava)-o'zi yurar arava va hokazo.
Giperbolizasiya fenomeni xayol obrazlarini hamda tasavvur shakllarini o'zlashtirish jihatidan yaqin agglyutinasiyaga yondash, o'xshash psixik jarayondir.
Giperbolizasiya narsalar va jonivorlarni nafaqat shaddan ziyod kattalashtirish yoki kichiklashtirish (barmoqdek kichik balo, uydek tuxum, toqdek pashlavon, tariqdek bola, tuyadek burga va hokazo) bilan tavsiflanibgina qolmasdan, balki tasavvur obrazlari (timsollar, tasvirlar) miqdorini ko'paytirish yoki ularning o'rniga almashtirish xususiyatlarini ham namoyon etadi. Masalan, yetti boshli ajdarlar, ko'pqo'lli va ikki qorinli maxluqotlar, olti oyoqli jonivorlar, quyosh nurini to'sgan afsonaviy qushlar shular jumlasidandir.
Tipiklashtirish fenomeni yordami bilan xayolda tasavvurlar sintezi ro'yobga chiqishi mumkin. Odatda badiiy adabiyotda tipizasiya yoki tipiklashtirishdan keng ko'lamda foydalaniladi hamda uning yordamida ba'zi bir jabshalari bilan o'zaro o'xshash, hatto mutanosib narsa va hodisalarda aks etuvchi muhim belgilari ajratib olinadi hamda ular yaqqol obrazlarda mujassamlashtiriladi. Ijodiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi bir talay assosiasiyalar orqali paydo bo'ladi, lekin ularning qayta tiklanishi xotira jarayonlarida uchraydigan tiklanish yoki jonlanishdan tafovutlanadi. Ijodiy ilshomlari hisoblanmish eshtiyojlar va motivlarga assosiyalar jarayonida o'zlashtirilgan yo'nalish bo'ysunadi.
Ijodkor (shoir, yozuvchi, rassom) asarida assosiasiyalar chizgisi paydo bo'ladi, ularning vujudga kelishiga asosiy sabab tashqi taassurot hisoblanadi.
Yuqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro'y beradi. Chunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko'riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.

  • Xayol tasavvurlari ongda paydo bo'ladi va barqaror bo'ladi.

  • Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg'ularini beradi.

Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog'liq bo'lgani sababli yangilikni his qilish tuyg'ulari oqibatida vujudga keladi.

Yüklə 221,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin