Mavzu: Ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha tajribalar. Modulli-kredit tizimi


Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin



Yüklə 36,1 Kb.
səhifə2/5
tarix31.12.2022
ölçüsü36,1 Kb.
#78194
1   2   3   4   5
qnqt9iJRFL930cNJNWNJ0fQFMNIOi44EVdVpO2TJ

Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun o‘qitishning quyidagi usullarini qo‘llash mumkin:

  • muammoli mulokotlar;

  • evristik suhbatlar;

  • o‘quv o‘yinlar;

  • loyihalash va yo‘naltiruvchi matnlar va hokazo.

O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlanadi:
-fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi o‘qitish uzluksizligini ta’minlanishi;
-har bir modul ichida va ular orasida o‘quv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini o‘rnatilishi;
-fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;
-tinglovchilar o‘zlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan so‘ng) qilinishi;
-tinglovchilarning zudlik bilan qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng o‘qituvchi ayrim tinglovchilarga fanni individullashtirishni tavsiya etishi mumkin);
-axborotni berish natijasida o‘qitishni jadallashtirish auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini ma’ruzaviy amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni-optimallashtirish. Buning natijasida tinglovchi yetarli bilimlarga va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.
Modulli metodika asosida o‘qitishda faoliyatlik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
1. Faoliyatlilik tamoyili: Bu tamoyil mutaxassisning kasbiy faoliyati mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga ko‘ra modullar fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzilishi mumkin. Modulli o‘qitish texnologiyasiga fan bo‘yicha faoliyat yondashuvida modullarni o‘quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida modullar bloki mutaxassisning kasbiy faoliyati tahlili asosida shakllantiriladi.
2.Tizimli kvantlash usuli - bu prinsip didaktik birliklar umumlashtirilgan nazariyalarining talablariga asoslanadi.
Modulda tizimli kvantlash tamoyili o‘quv materialining tegishli tuzilmasini tuzish yo‘li bilan erishiladi. Modul umumiy ko‘rinishda quyidagi elementlardan iborat bo‘lishi mumkin:

- tizimli - bu modul tarkibi tizimini namoyon etish; -faollashtirish - bu yangi o’quv materialini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko‘rsatish;

  • nazariy - bu asosiy o‘quv materiali bo‘lib, unda - didaktik maqsadlar, muammoni ifodalash, gipotezani asoslash, muammoni yechish yo‘llari ochib ko‘rsatiladi;

  • tajribaviy - bu tajribaviy materialni (o‘quv tajribasi tajribaviy ishni) bayon etish;

  • umumlashtirish - bu muammo yechimini va modul mazmunini umumlashtirish;

  • joriy etish - bu harakatlarning yangi usullarini ishlab chiqish va o‘rganilgan materialni amaliyotda qo‘llash;

- xatoliklar-tinglovchilarning modul mazmunini o‘rganishdagi o‘zlashtirishda kuzatiladigan xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yo‘llarini ko‘rsatish;
- bog‘liqlik – o‘tilgan modulni boshqa modullar bilan, shu jumladan yondosh fanlar bilan bog‘liqligini namoyon etish;
- test va topshiriqlar yordamida baholash - modul mazmunini tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash.
O‘quv materialining o‘zlashtirilishiga mashg‘ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko‘rsatilganligi modul mazmunining boshqa modullar bilan bog‘liqligi shu modulni o‘rganishdagi tinglovchilarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 36,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin