Mavzu: Ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha tajribalar. Modulli-kredit tizimi



Yüklə 36,1 Kb.
səhifə5/5
tarix31.12.2022
ölçüsü36,1 Kb.
#78194
1   2   3   4   5
qnqt9iJRFL930cNJNWNJ0fQFMNIOi44EVdVpO2TJ

7. Xatoliklarga tayanish tamoyili - bu tamoyil o’qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga tinglovchilarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi tinglovchida tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi.
8. O‘quv vaqtini tejash tamoyili - bu tamoyil tinglovchilarda individual va mustaqil ishlash uchun o‘quv vaqtining zahirasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. To‘g‘ri tashkil qilingan modulli o‘qitish o‘qish vaqtini 30% va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o‘qitishning barcha tamoyillari to‘la amalga oshirilganda, o‘quv jarayoni kompyuterlashtirilganda yondosh fanlarning o‘quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin.
O‘tkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida modulli o‘qitish-tinglovchilarning bilim imkoniyatlarini ijodiy qobiliyatlarini va amaliy ko‘nikmalarini o‘rganish darajalarini rivojlantirishda ijobiy samara berishi aniqlandi. Modulli metodika asosida o‘qitishda fan tarkibidagi modullar orasidagi uzviylikni ta’minlashga o‘qitishni jadallashtirishga tinglovchilarning o‘zlashtirishini muntazam nazorat qilishga va baholashga qiziqtirish asosida amaliy faoliyatga o‘rgatishga hamda o‘quv materialini bosqichma-bosqich o‘qitish orqali fanni samarali o‘zlashtirishga erishiladi.

Mustaqil topshiriqlar



  1. Modulli o‘qitishda qanday maqsadlar ko‘zlanadi?

2. Modulni o‘qitishning samaradorligini oshirishga o‘qitishning qanday usullarini qo‘llash mumkin?
Yüklə 36,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin