Mavzu: Ta'limda keys texnalogiyasi. O‘quv loyihaviy ta’limning asosiy tamoyillari. Tayyorladi: Normurodova Kibriyo



Yüklə 0,93 Mb.
tarix06.06.2020
ölçüsü0,93 Mb.
#31625
Keys study Kibriyo

Mavzu: Ta'limda keys texnalogiyasi. O‘quv loyihaviy ta’limning asosiy tamoyillari.

Tayyorladi: Normurodova Kibriyo

Tekshirdi : Jumanov Sh

Keys-stadi” haqida tushuncha 

  • “Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – oʻrganmoq, tahlil qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, 
  • tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. 
  • Mazkur  metod  muammoli  ta’lim  metodidan  farqli  ravishda  real  vaziyatlarni 
  • oʻrganish  asosida  aniq  qarorlar  qabul  qilishga  asoslanadi.  Agar  u  oʻquv  jarayonida 
  • ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, 
  • biror  bir  jarayonni  tadqiq  etishda  bosqichma-bosqich,  ma’lum  bir  algoritm  asosida 
  • amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi
  • Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot 
  • Ushbu  metod dastlab  1920  yilda  Garvard biznes  maktabida  qoʻllanilgan.  Garvard 
  • biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri 
  • keladigan  darsliklarning  mavjud  emasligini  tez  anglaydilar.  Ushbu  masalani  yechish 
  • uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi 
  • biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga 
  • ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u 
  • yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil 
  • ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida 
  • taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida 
  • keng  targʻib  etilgan.  Hozirgi  kunda  esa,  kasbiy  kompetentlikni  rivojlantirish  nuqtai 
  • nazaridan  mazkur  metod  tarafdorlari  koʻpayib  bormoqda.  XX  asrning  50  yillaridan 
  • boshlab  biznes-keyslar  Gʻarbiy  Yevropa  mamlakatlarida  ommalashdi.  Yevropaning 
  • yetakchi biznes  maktablari keys-stadi  metodi  asosida  dars beribgina qolmay,  keyslarni 
  • yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.

Keys turlari.

  • Keys  –  bu  yaxlit  axborotlar  majmui.  Qoidaga  koʻra,  keys  uch  qismdan  iborat 
  • boʻladi:  
  • 1) keysni tahlil etish uchun zarur yordamchi axborotlar;  
  • 2) aniq vaziyat bayoni;  
  • 3) keys topshirigʻi. 
  • Bosma  holatdagi  keys  (uni  yanada  koʻrgazmali  boʻlishini 
  • ta’minlaydigan grafik, jadval, diagramma, illyustratsiyalarni ham oʻz 
  • ichiga oladi). 
  •  
  • Multimedia-keys  (soʻnggi  vaqtlarda  keng  qoʻllashni  talab 
  • etayotgan. 
  •  
  • Video keys (film, audio va video materiallardan iborat boʻlishi 
  • mumkin).

Keys studyning o’ziga xosliklari.

  • Keys-stadining oʻziga xosliklari. 
  • 1. Izlanishga doir faoliyatning mavjud boʻlishi. 
  • 2. Jamoaviy va guruhlarda oʻqitish. 
  • 3. Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integratsiyasi.  
  • 4. Xilma-xil oʻquv loyihalarini ishlab chiqish.  
  • 5.  Muvaffaqiyatga  erishish  uchun  oʻquvchi(talaba)larning  oʻquv-bilish  faoliyatini 
  • ragʻbatlantirish

O’quv loyihaviy ta’lim

  • Loyihaviy ta’lim - ta’lim modeli bo'lib, unda o'qituvchi tomonidan
  • loyihalash ko'rinishiga ega, muammoni izlash, uni tadqiq etish va hal etish,
  • muayyan, beqiyos, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega natija (mahsulot)ga
  • erishish, uni ommaviy taqdim etish va jamoatchilik tomonidan baholanishini
  • tashkil etish va rejalashtirishni anglatuvchi, mustaqil o'quv faoliyati tashkil etiladi.
  • Loyiha (design - dizayn) - ba'zi murakkab ishlanmalarni yaratish boyicha
  • hujjatlar yig'indisi.Loyiha (projekt) - tushunchasi kengroq ifodalanib, ma’lum
  • natija (loyihaning beqiyos mahsuli)ga ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun
  • biror-bir tashkiliy shaklni belgilash uchun foydalaniladi. Loyihalashtirish - («loyiha»
  • so'zidan) - real natijaga olib keluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini o'z
  • ichiga oluvchi muammoni o'zgartiruvchi faoliyatni anglatadi. Loyiha - ko pincha
  • iqtisodiy-ijtimoiy yo'nalishda, qurilish, ilmiy ishlarni amalga oshirish holatlarida
  • qo'llanilgan
  • Ta’lim ma’nosidagi loyihalashtirish - o'qituvchi tomonidan o'quvchining
  • muammoni izlash, uni hal etish bo'yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil
  • etishdan to (intellektual yoki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal
  • etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini ta'minlovchi maxsus
  • (laboratoriya sharoitlarida) tashkil etilgan maqsadli o'quv faoliyatidir.
  • Loyiha asosida o'qitish o'quvchining mustaqil ishlashi, fikr yuritishi, o'zi
  • o'zlashtirib olishini kafolatlaydi. Bu metod o'quv maxsulini olishda samarali
  • bo'lib, o'quvchining o'quv-biluv faoliyatini tashkil etishda keng tavsiya etiladi.
  • Interfaollikni loyiha asosida tashkil etish hozirgi kunda eng aktual, yuqori
  • samara beruvchi metod sifatida tan olinmoqda. Dars jarayonida loyihalar ustida
  • ishlash aniq-sotsial-ijtimoiy masalalar yechimiga qaratiladi.
  • Jumladan, ilmiy izlanishlarni, ijodkorlikni, axborotlarni, amaliy masalalarni
  • yechish va hal etishda qulaylik tug'diradi.
  • Loyiha asosida tashkil etilgan darslarda o'quvchilar fikr almashadilar,
  • izlanadilar, hamkorlikda yechimini topadilar. Loyiha asosidagi darslarning boshqa
  • usullardan farqi shundaki, o'quvchilar axborotlarni izlab topib, qayta ishlab,
  • umum1a.sht.irib o'zlari himoya qiladilar"

O'quv jarayonini loyiha asosida tashkil etish:

  • 1. O' quv predmeti mavzusini va mazmunini tanlash.
  • 2. Darsning o'quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish.
  • 3. Darsning o'quv mazmunini ishlab chiqish beriladigan nazariy va amaliy
  • bilimlarni belgilash.
  • 4. O'quvchi tomonidan o'zlashtirilishi lozim bo'lgan tushuncha, bilim,
  • ko'nikma, malakalarni ifoda etish.
  • 5. Darsning shakli, metod, vositalarini tanlash.
  • 6. Tushuncha, bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirish uchun ta’lim
  • oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini olish.
  • 7. Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini
  • yaratish.
  • 8. Nazariy olib borish, testlar, savollarni ishlab chiqish.
  • 9. Loyihani dars jarayoniga tatbiq etish.
  • 10. Dars jarayonini olib borish va yakunlash mexanizmini yaratish.
  • Loyihali o'qitish faoliyati o'quvchining o'quv faoliyatini tashkil etuvchi
  • jarayon hisoblanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin