Umum ishlab chiqarish xarajatlari har bir korxonada, jamoa tarmoqni boshqarishga doir xizmat va xarajatlarni o`z ichiga oladi. Davr sarflari schetida xo`jlaikni hamma tarmoqlarining boshqarish va unga xizmat qilish xarajatlari kiradi. Davlat korxonalarida bunday xarajatlar limitlangan bo`ladi. Belgilangan limitlangan summa chegara hisoblanib, undan ortiq sarf etish mumkin emas. Yuqori tashkilot tomonidan hamda moliya tomonidan uni qisqartirish bo`yicha doim nazoratga olinib turiladi. Ortib qolgan summa davlat byudjetiga qaytariladi.
Umum ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, umum ishlab chiqarish xarajatlari to`g`ridan-to`g`ri ekinlarga, mahsulotlarga yozish mumkin emas. Bo`lgan xarajatlar qatoriga kiradi. Chunki umum ishlab chiqarish xarajatlari xo`jaliklarining ayrim tarmog`iga, tarmoqlar ichida uning bir bo`lagiga xizmat qiladiganlarga qilingan xarajatlarni hisobga olib boradi.