I BOB.TARAQQIYOTNING “O‘ZBEK MODELI” VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1.О‘zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yо‘li va uning ahamiyati Davlat ramzlari haqida sо’z ketganda, avvalo, uning tushunchasini aniqlashtirish lozim. Umuman, ―davlat ramzlari‖ tushunchasi huquqiy adabiyotlarda turlicha ta‘riflanadi. Masalan, yuridik lug‘atlarda quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Davlat ramzlari – konstitusiya yoki alohida qonun bilan mustahkamlangan maxsus, odatda, tarixiy shakllangan, о’ziga xosligini ifodalovchi, ba‘zan, shuningdek, ma‘lum bir g‘oyaviy ma‘noni ifodalaydigan belgilaridir. Odatda, davlat ramzlariga davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshlig‘i shtandarti, davlat muhri, davlat shiori kiradi. Ba‘zida ayrim konstitusiyalar davlat ramzlariga bayram kunlarini ham qо’shadilar. Shuningdek, mamlakatimizda 1998-yilda chop etilgan ilmiy-ommabop lug‘atda ― Davlat ramzlari – davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir, bular muayyan davlatning bayrog‘i, gerbi, milliy valyutasi va madhiyasi. Ular mazkur davlatning tuzumini, xalqning tabiat-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini va boshqa muhim belgilarini anglatadi. Har qanday mustaqil davlat singari О’zbekiston Respublikasi ham о’z oliy davlat hokimiyati tomonidan belgilangan va Asosiy Qonun – Konstitusiyaning 5-moddasida mustahkamlangan davlat ramzlari – Bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining mavjudligi О’zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi. О’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etdi. Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasini qabul qilish yuzasidan konstitusiyaviy komissiya tuzilib, uning tomonidan tayyorlangan loyihalar umumxalq muhokamasidan о’tkazildi. Bunda, ayniqsa, Prezident I.A. Karimovning umumxalq muhokamasi davomida tushgan takliflarni umumlashtirib, davlat bayrog‘idagi uchta asosiy ranglarni – moviy, oq va yashil yо’llarni о’z qо’li bilan chizib komissiyaga taqdim etganligini va bu О’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qabul qilinishida asos bо’lganligini ta‘kidlash joiz. О’zbekistonning davlat ramzlari muqaddas bо’lib, ularni hurmat qilish, qonunda belgilangan tartibda e‘zozlash hamda ulardan faxrlanish mamlakatimiz har bir fuqarosining insoniy va fuqarolik burchidir. Zero, davlat ramzlarini har qanday yo‘l bilan kamsitish, tahqirlash, qadr-qimmatini pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda tutilgan. Davlat ramzlarining davlat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘laroq tushunib olish uchun, avvalo, ularning mohiyatini, nima uchun zarurligini bilib olish kerak. Davlat ramzlari orasida Davlat bayrog‘i salmoqli o‘rin tutadi. Chunki u ko‘zga yaqqol tashlanib, boshqa ramzlardan hajmi, tasviri, keng foydalanilishi va boshqa jihatlari bilan alohida ajralib turadi. Davlat bayrog‘i – tasviri qonun tomonidan (ko‘pincha Konstitusiya bilan) o‘rnatiladigan, biror davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishoni. U davlat mustaqilligi, suvereniteti 3 ramzi hisoblanadi. Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o‘zboshimchalik bilan, ixtiyoriy sur‘atda belgilanmaydi. Ular qonun bilan belgilanadi va ma‘lum ramziy ahamiyatga ega bo‘ladi. Davlat bayrog‘i, odatda, har qanday suveren mamlakatning davlat muassasalari, elchixonalari, konsulliklari, missiyalari, bojxonalari va shu kabi idoralarning binosida ko‘tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o‘z davlatining bayrog‘ini osib qo‘yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-uchrashuvlar vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham ko‘tariladi. Davlatimiz bayrog‘i muqaddas va daxlsizdir, u davlatimiz mustaqilligining ramziy belgisidir. Mustaqil ― O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Ushbu qonunga 1992, 1999, 2004 va 2010 yillarda qator qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an‘analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi. Bayroqdagi moviy rang – mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan. Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘imizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo„llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang – serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an‘analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. Darhaqiqat, ― O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida‖gi Qonunning 2-moddasida ko‘rsatilganidek, ― O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir‖. Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog‘imiz xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi. Binobarin, bayrog‘imiz xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida ko‘tarilib, yurtimizni ulug‘laydi. ― O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida‖gi qonunida bayroq ko‘tariladigan 4 joylar va uning ko‘tarilish vaqtlari aniq va ravshan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qonunda belgilangan tegishli joylarda doimiy ravishda ko‘tarilgan holda turadi.O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ko‘tarilishi mumkin. Qonun bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilar: O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma‘muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga; qonun hujjatlarida belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqam belgilariga; O‘zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o‘quvtarbiya jarayonida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas. Qonunda bayrog‘imizning qanday shakl va ko‘rinishda bo‘lishi ham aniq ko‘rsatilgan. Chunonchi, qonunning 4-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i - bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 smga, kengligi 125 smga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir en 40 smga teng. Bayroqning o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 smga teng qizil hoshiyalar o‘tgan. Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 smga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 sm masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 smli doiraga sig‘adi. Yulduzlar diametri 6 smli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 sm. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 sm masofada joylashadi. 5 Qonunda Davlat bayrog‘ining qachon, qanday voqealar munosabati bilan, qay vaqtda, soat nechadan nechagacha, qanday tartibda ko‘tarilishi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Bunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bayram kunlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko‘chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6 da ko‘tariladi va soat 22 da tushirib qo‘yiladi. Bayroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida – ovoz berish o‘tkazilayotgan binolar va xonalarda ovoz berish yoki referendum o‘tkazish davrida ko‘tarib qo‘yiladi. U xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq, transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo‘nalishi bo‘yicha va boshqa tashrif obyektlarida xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin ko‘tariladi va ular jo‘nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrog‘i ko‘tarilsa, qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning old tomoniga qarab turganda) o‘ng tomondan, boshqa davlatning bayrog‘i chap tomondan ko‘tarilmog‘i kerak. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tarilganda, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan ko‘tarilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning bayroqlari ko‘tarilganida, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i alohida, qolganlari esa o‘zbek alfaviti bo‘yicha ko‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i boshqa davlatlarning bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tarilganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘lchami O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘lchamidan katta bo‘lmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ko‘tarilish balandligi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ko‘tarilish balandligidan past bo‘lmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko‘tarilganda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq ko‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o‘lchamga ega bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bo‘lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi bo‘lgan dastada, yo bo‘lmasa flagshtogda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda ko‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tayyorlash, saqlash va yo‘q qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ko‘tarib qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bo‘lishi kerak. Motam munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i motamga moslab ko‘tariladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo‘lgan kenglikdagi qora tasma bog‘lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam munosabati bilan flagshtokda ko‘tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bo‘lagicha tushirib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini behurmat qilganlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi. Mamlakatimizda Konstitusiya va qonun bilan o‘rnatilgan hamda tasdiqlangan davlat ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining ramziy belgilaridan biri hisoblanadi. “Gerb” so‘zi nemischa “erbo” so‘zidan olingan bo‘lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldannaslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. Bundan 2500-yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho‘zilgan sarhadlarda hukm surgan qadimgi turk hoqoni O‘g‘izxon davrida ham turkcha «tamg‘a» so‘zi aynan shu ma’noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin Hamadoniy “Tanlangan tarixlar” nomli kitobida shahodat berishicha, O‘g‘izxon o‘z mol-mulkini o‘g‘illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bo‘lib berib, in’om etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham o‘zlarining xonlik tamg‘alariga ega edi. Ko‘rinib turibdiki, “tamg‘a” so‘zining ma’nosi haqiqatan ham nemischa “erbo” so‘zining ma‘nosiga to‘la mos keladi. Gerb – tamg‘a, emblema. Meros bo‘lib qolgan, bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan belgi, tamg‘asi, nishoni, timsoli. Gerb – qaysi davlatga tegishli bo‘lsa, o‘sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan tasvirlar va narsalar yig‘indisi. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999-yil 15-aprelda, 2003-yil 25-aprelda, 2004-yil 3-dekabrda va 2010-yil 24-dekabrda qabul qilingan qonunlarga muvofiq qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi davlatimizning siyosiy, milliy, xo‘jalik, jug‘rofiy, etnik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy 7 an‘analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O‘zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan. «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan.