Mavzu: taraqqiyotning o‘zbek modeli mundarija: Kirish Asosiy qism i-bob. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari


II BOB.О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUSIYASI – MUSTAQIL DAVLATNING ASOSIY QONUNI



Yüklə 119,58 Kb.
səhifə5/7
tarix11.06.2023
ölçüsü119,58 Kb.
#128644
1   2   3   4   5   6   7
Taraqqiyotning o\'zbek modeli

II BOB.О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUSIYASI – MUSTAQIL DAVLATNING ASOSIY QONUNI
2.1.O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi
Konstitusiya eng oliy qonun sifatida O‘zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstitusiyada o‘z ifodasini topgan. Konstitusiya O‘zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lishiga qonuniy asos soldi. O‘z ona vatanining mustaqil davlat bo‘lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob chekib, muntazam kurashib kelgan O‘zbekiston xalqi o‘z maqsadiga erishdi, o‘z davlatchiligiga o‘zi ega bo‘ldi. Konstitusiya – davlatning Asosiy Qonuni bo‘lib, shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasida vujudga keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, 11 oliy yuridik maqomga ega normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitusiya o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o‘zida namoyon etadi. O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitusiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstitusiya komissiyasi tarkibi qisman o‘zgardi. Konstitusiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991-yil 21-aprelda Prezident I.A.Karimov raisligida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Konstitusiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida konstitusiyaviy komissiya a‘zolari, shuningdek, yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. O‘zbekiston Konstitusiyaviy nazorat komissiyasining raisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi Sh.Z.O‘razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi. Reja bo‘yicha 1991 yil avgust oyida Konstitusiyaviy komissiyaning raisi I.A.Karimov Konstitusiyaviy komissiyaning yalpi majlisida ―O‘zbekistonning yangi Konstitusiyasi konsepsiyasining loyihasi to‘g‘risida‖gi ma’ruzasida ishchi guruh oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda jahon tajribasini o‘rganish va unga amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarini hisobga olish, kishilar diliga yaqin va ularga tushunarli bo‘lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik hujjat yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab o‘tdi. Konstitusiyaviy komissiyaning a’zosi akademik Sh.Z.O‘razayev quyidagilarni qayd qilgan: ― Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstitusiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta o‘qib chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g‘oyat ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan ko‘ra olishi, nozik his etish iste’dodi bizni nihoyatda hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga va u bo‘yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitusiyaviy komissiyaning raisi loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar, unga o‘z qo‘li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi, ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini ko‘rsatar edi. Prezident – o‘ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Ko‘pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi o‘ziga nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta qismini o‘z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari ham shu tariqa o‘tardi (Urazayev SH.Z. Kak gotovilsya proyekt Konstitusii Respubliki Uzbekistan // Narodnoye slovo, 1992-yil 26-dekabr). 1991-yilning noyabr oyigacha Konstitusiya loyihasining 158-moddadan iborat birinchi varianti tayyor bo‘ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib chiqib, unga mazmuni, shakli va tahriri jihatdan jiddiy o‘zgartishlar kiritdi. 12-Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan tashkil topdi. I.A.Karimovning ko‘rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning uchinchi varianti 137-moddadan tashkil topdi. Matbuotda e‘lon qilish oldidan loyiha yana bir bor diqqat bilan o‘rganib chiqilib, 127-moddaga keltirildi. Loyiha matbuotda e‘lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab o‘qib chiqdi, ba’zi moddalarga o‘zgartish kiritishi natijasida ular to‘laroq mazmun, aniq ravshanlik kasb etib, yanada tushunarliroq bo‘ldi. Konstitusiyaviy komissiyaning qarori bilan loyiha 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning asosiy bo‘limlari, boblari va moddalari yuzasidan tegishli takliflar Konstitusiyaviy komissiyaga kelib tushdi. Respublika matbuotining o‘zida Konstitusiya loyihasiga bag‘ishlangan yuzdan ortiq materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi. 1993-yil 28-dekabrda birinchi bor Konstitusiyaga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, ― O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida‖gi Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasi 1-qismi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 150 nafar deputatdan iborat)dagi ― 150 nafar deputatdan degan so‘zlar ― deputatlardan degan so‘z bilan almashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 83-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2000-yil 25-may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali 14 parlament tizimiga o‘tish va 2004-yilda bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi bo‘lib, 2002-yil 4-aprelda ―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida‖gi Konstitusiyaviy Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun asosida 2003-yil 24-apreldagi ― O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida‖gi Qonunga muvofiq Konstitusiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Konstitusiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‘ishlangan bo‘lsa, endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palata)ga bag‘ishlangan. Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq Konstitusiyaning 76-moddasida ― O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil‖, degan qoida bilan mustahkamlandi. Konstitusiyaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag‘ishlangan XIX bobiga ham o‘zgartish kiritildi. Kiritilgan o‘zgartishga muvofiq Konstitusiyaning 89-moddasidan ― O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi‖ degan qoida chiqarib tashlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga o‘tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu moddaning 23- bandiga ko‘ra esa, amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi belgilandi. Ilgari O‘zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va amnistiya to‘g‘risida hujjatlarni qabul qilish bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi. Konstitusiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlangan XX bobiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitusiyaning 98-moddasida ― Vazirlar Mahkamasi tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi‖ degan qoida mavjud bo‘lgan bo‘lsa, kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, 98-moddaning ikkinchi qismida ― Vazirlar Mahkamasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a‘zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi‖, degan qoida belgilandi. 15 Shuningdek, Konstitusiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga ― O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi‖, 6-qismiga esa ― O‘zbekiston Respublikasi‖ning Prezidenti ushbu Konstitusiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli‖ degan qoidalar kiritildi. Mazkur kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilish‖ vakolati berildi. Konstitusiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi ― O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar‖ degan qoida o‘rniga ― O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar‖, degan qoida kiritildi. Shu moddaning 3-qismi ― O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar‖, degan qoida bilan to‘ldirildi. Shuningdek, Konstitusiyaning 6-bo‘limiga ham o‘zgartish kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining dastlabki 127-moddasi ― O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi‖, deb belgilangan edi. Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan so‘ng mazkur moddada ― O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha 16 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi‖, degan iboralar o‘z ifodasini topdi. Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ular zimmasiga Konstitusiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas‘uliyatini oshirish, mamlakat Prezidenti vakolatlarini aniqravshan belgilash hamda huquqiy meyorlar doirasida cheklash, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirish maqsadida 2007 yil 11 aprelda ― O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga (89- moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to‘g‘risida‖gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008 yil 1 yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi. Kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 89-moddasi ― O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi‖ degan tahrirda, 93- moddasining 15-bandi ― viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi‖ degan tahrirda, 102- moddasining 2-qismi ― Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi‖ degan tahrirda bayon etildi. 2008 yil 25 dekabrdagi ― Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida‖gi Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 77-moddasining birinchi qismi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat)gao‘zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 2009 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan. Unga ko‘ra, mazkur moddaning birinchi qismi ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat‖, degan tahrirda bayon etildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi‖ nomli ma‘ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining bir qator moddalariga o‘zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida o‘rin olgan. I.Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011 yil 18 apreldagi ―O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96, va 98- moddalariga)‖gi Qonunda o‘z ifodasini topgan. Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 17 rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‘i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan iborat. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 78-moddasi birinchi qismining 15-bandiga qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra Oliy Majlis palatalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish huquqi berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va ta‘sirini kuchaytirish orqali davlat hokimiyati tizimida o‘zaro bir-birini tiyish va muvozanat saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta‘minlashda muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 80-moddasi 6-bandiga kiritilgan normaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini tayinlash to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq holda, Konstitusiyamiz 93-moddasining 12-bandidagi ―O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va‖ degan so‘zlardan keyin ―uning o‘rinbosarlari‖ degan so‘zlar chiqarilib, ularning o‘rniga ―Hisob palatasi raisini‖ degan so‘zlar bilan to‘ldirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari mustahkamlangan Konstitusiyamizning 93-moddasi 8-bandidan ―ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi‖ degan so‘zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan o‘zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Konstitusiyamizning 89- moddasiga ko‘ra, ―O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi‖. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob berishi, davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirish asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi. Kiritilgan yana bir muhim o‘zgartish O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 93-moddasining 15-bandini ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi‖ degan so‘zlardan oldin ― O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan‖ degan so‘zlar bilan to‘ldirish borasida. Ushbu normaning kiritilishi, avvalo, davlat boshqaruvini yanada liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bilan bog‘liq. Qonundan o‘rin olgan normalardan biri O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 93-moddasining 16-bandini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ―O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli‖ degan so‘zlar bilan to‘ldirishga oid.

Yüklə 119,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin