Mavzu: tarbiya fanini o'qitish tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Tarbiya konsepsiyalarining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati



Yüklə 133,21 Kb.
səhifə30/33
tarix05.10.2023
ölçüsü133,21 Kb.
#152363
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Mavzu tarbiya fanini o\'qitish tarbiya treninglari asosida faoli-fayllar.org

Tarbiya konsepsiyalarining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi“Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993- yili tasdiqlangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonun va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ni, ular asosida ishlab chiqilgan hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Yangi tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI olimlari guruhi, Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab chiqildi. Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta’limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari inobatga olindi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasining zaruriyati. O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarur. Ayniqsa, o‘smirlar orasida axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.

O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish zarur. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbayi bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim. Tarbiya texnologiyasi asoslari bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeyini egallay olmaydi. Chunki unda


xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi. Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi.O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomonidan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usullari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va modellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi. Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar. Tarbiya jarayoni:
— maqsadga yo‘nalganlik;
— ko‘p omillik;
— jo‘shqinlik;
— davomiylik;
— uzluksizlik;
— komplekslilik;
— variantlilik;
— ikki tomonli xarakter;
— natijalarning olisligi.
Tarbiya vazifalari:
1. O‘z vatanining fuqarosini tarbiyalash. Tarbiyaning bu vazifalarini amalga oshirish quyidagilarni taqozo etadi:
— milliy vatanparvarlik, o‘z vataniga, tarixiga, madaniyatiga iftixor tuyg‘usi;
— millatlararo madaniy munosabatlar, siyosiy madaniyat.
2. Shaxsning ma’naviyatini shakllantirish. Ma’naviyat — kishining ichki dunyosi bo‘lib, uning jamiyat va tabiatdagi „Men“i, obrazi, taqdiri va rolini ifoda etadi. Ma’naviyat darajasi — bu, ma’lum ma’noda, insoniylik mezonidir. Ma’naviyatni shakllantirish — bu uning shaxsiy harakatlari, intilishlari, refleksiyasi bilan kishining ichki dunyosini vujudga keltirishdir.
3. Mehnatkash insonning iqtisodiy tafakkurini tarbiyalash. Mehnatga, kasbga hurmat va ijtimoiy-psixologik jihatdan yoshlarda mustaqillik, ijod, ishchanlik, faollik, yuqori kasbiy tayyorgarlik sifatlarini kuchaytirish zarur.
4. Ruhiy-jismoniy sog‘lomlikni tarbiyalash. Bu axloqiy-hayotiy muvozanat va psixologik qulaylik holatini ushlab turish hamda jismoniy rivojlanish me’yoridan uzoqlashib ketishga yo‘l qo‘ymaslik ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
5. Kishining tabiat bilan munosabatini uyg‘unlashtirish. Ekologik fojia muammosi davrimizning eng dolzarb muammolaridan biridir. Kishining tabiat bilan munosabatini uyg‘unlashtirish aniq hududiy o‘ziga xoslikni hisobga olgan holda o‘lkashunoslik va tabiatshunoslik bo‘yicha amaliy faoliyatni kuchaytirish va kengaytirishni talab etadi.
Bu esa, o‘z navbatida, tarbiyalanuvchilarga nafaqat ekologik xavfsizlik qoidalarini anglab yetish, balki tabiatni qo‘riqlash ishida shaxsan qatnashish zarurligiga ishonch hosil qilish imkonini ham beradi.
6. Shaxsda individuallik va jamoaviylikni tarbiyalash. Sobiq Ittifoq davrida pedagogika shaxsni jamoaga va jamoa orqali tarbiyalashga yo‘naltirilgan edi. Hozirgi paytda ayrim pedagogik doiralarda individual tarbiya haddan tashqari maqtalmoqda. Aslida individual va jamoaviy tarbiya bir-biriga zid emas. Individuallik tabiat tuhfasi bo‘lib, uni rivojlantirish zarur. Modomiki, inson jamiyatda yashar ekan, u jamiyatdagi axloq va huquq me’zonlarini, ijtimoiy fikrlarni hurmat qilishi lozim. Mehnatning aksariyat ko‘rinishlari uchun jamoa harakati zarur bo‘ladi. Shu tufayli jamoaviylik ruhida tarbiyalash dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Ayni chog‘da individual tarbiya nihoyatda muhimdir, chunki bunga dastlab yetarlicha e’tibor berilmagan edi, hozir esa
buni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar talab etmoqda. Tarbiya tizimining milliy xususiyatlari:
—milliy tarix va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga
olish;
— tarbiyaviy ishlarda milliy udumlar, an’analar, urf-odatlar,
diniy marosimlardan foydalanish;
— milliy madaniyat jahon madaniyatining bir bo‘lagi ekanligi
tushunchasini shakllantirish.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga asosan

Yüklə 133,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin