Mavzu: tarbiya fanini o'qitish tarbiya treninglari asosida faoliyatini tashkil etish tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 133,21 Kb.
səhifə27/33
tarix05.10.2023
ölçüsü133,21 Kb.
#152363
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Mavzu tarbiya fanini o\'qitish tarbiya treninglari asosida faoli-fayllar.org

Suhbat metodi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbatlar individual, guruhli va jamoa turlari bor. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo‘naltira olishi g‘oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart:
a) suhbat savollarini oldindan belgilash;
b) vaqti va joyini belgilash;
v) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);
g) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;
d) suhbatdoshga o‘z fikrini aytishga imkon berish;
e) sergak va bachkana bo‘lmaslik;
j) suhbatdosh haqida biografik ma‘lumotga ega bo‘lish;
z) olingan materialni o‘z vaqtida ishlab chiqish va qo‘shimchalar qilish. Suhbatdan ilmiy xulosa chiqarish.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish davlat qonunlarining amalda bajarilish darajasini, har bir xodimning faolligini aniqlash, ularning amaliy hayotdagi faoliyatidagi kamchilik va xatolarni aniqlashga va ularning topshirilgan ish uchun mas‘uliyatini oshirishga imkon beradi. Maktab hujjatlarini; rejalashtirishning barcha turlari; umumiy ta‘limga doir hisob va hisobot; dars jadvali; o‘quvchilar tarkibi soni; sifati; ta‘lim- tarbiya ishlarini taqsimlash; o‘quvchilarning delolari; sinf jurnallari; o‘quvchining kundalik daftarlari; buyruqlar daftarlari; pedagoglar kengashi qarorlari daftari; maktab smetasi; maktab pasporti; inventarlar daftari va hokazolar.
Hujjatlarni tahlil qilishda o‘quvchilar kontingentining o‘sishi va kamayishi tavsifiga, bolalarning maktabga ketib qolishiga, ularning ayrimlari va sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, rag‘batlantirish va jazolash choralarini to‘g‘ri tashkil qilinishiga, maktab pedagoglar tarkibiga va maktabning o‘quv - moddiy bazasiga alohida e‘tibor beriladi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. O‘quvchilar ijodini hamda ularning turli faoliyatini (xatlari, kundaliklari, insho, bayon solgan suratlari, bajargan amaliy ishlari, namunalari, rejalari va hisobotlarini) o‘rganishi va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Bolalar ijodining ahamiyati shundaki, unda yosh avlodning tipik layoqati va xususiyatlari aniq ochib beriladi.
Bu metodni qo‘llashdan asosiy maqsad hozirgi yosh avlod ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bo‘lishiga hamda rivojlantirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgandir. Bizda bolalar ijodi shakllari turlichadir: olimpiadalar, tematik konkurslar, maktab ko‘rgazmalari, turli xil musobaqalar, poxodlar, quvnoq startlar, ziyraklar va topqirlar, iste‘dodlar va hokazolar.


Yüklə 133,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin