Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma‘naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiya metodikasi fanining o‘rganish obyektini esa ta‘lim muassalaridagi uzluksiz ta‘lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi.
Tarbiya jarayonini tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarning Tarbiya ish va tadbirlarning mazmunli bo‘lishini ta‘minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, Tarbiya ta‘sirga ega bo‘lgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.
Tarbiya fanini o‘qitishni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o‘qituvchilarga katta mas‘uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o‘qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, Tarbiya ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma‘naviy, ma‘rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab Tarbiya ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, Tarbiya shaxs kamolatining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta‘minlaydi. Shu jihatdan har Tarbiya ishlar tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e‘tiborga olish muhimdir. O‘zbekiston mustaqilligi tufayli shaxsni tarbiyalashga, Tarbiya jarayonini tashkil etishga alohida e‘tibor qaratib kelinmoqda. Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2008 yilni ―Yoshlar yili va 2010 yilni ―Barkamol avlod yili, 2012 yilni ―Mustahkam oila yili deb e‘lon qilinishi va ushbu yillar bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoyishning qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama yetuk, jismonan va ma‘nan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilib belgilab berdi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tarbiya barkamol avlodning uzluksiz rivojlanishini ta‘minlaydi.
Tarbiyaviy jamiyatning sog‘lom hayot, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom e‘tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda bo‘lish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy ma‘naviyatni yuksaltirishga intilish kabi omillar Tarbiyada asosiy o‘rin egallaydi. Shu sababli bugunga yoshlar dunyoqarashida millat, Ona tuproq, Ona Vatan kabilar turli xil Tarbiya tadbirlar, boy ma‘naviy merosimiz haqidagi tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ongida, millat, milliy axloq, milliy g‘urur, milliy tarbiya, milliy g‘oya, Vatan tuyg‘usi, Vatan qayg‘usi, Vatan sog‘inchi va shu kabi tushunchalarni singdirib borish, ularning milliy dunyoqarashini kengaytirib borish tarbiya jarayon