Ishchi maydon ostida quyi uskunalar paneli joylashgan bo’lib, gorizontal tugmalar qatoridan tashkil topgan va uning ostida maxsus maydonlar qatori joylashgan.
Quyi uskunalar paneli qyidagi tugmalardan iborat:
Power Cycle Devices -quvvatni qayta tiklash natijasida barcha tarmoq uskunalarini bir vaqtning o'zida qayta ishga tushirishni simulyatsiya qiladigan tugma;
Multiuser Connection – ko’p foydalanuvchili bog’lanish.
Immitatsiya rejimiga (Simulation) o’tkazilganda dastur bosh oynasi ko’rinishi o’zgaradi (1.2-rasm), ishchi maydonning bir qir qismi modellashtirishni boshqarish maydoni bilan yopiladi.