Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish. Lan va vlan tarmoqlarini qurish. Wan tarmoqlarini loyihalash. Statik va dinamik marshrutlash
Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish. LAN va VLAN tarmoqlarini qurish. WAN tarmoqlarini loyihalash. Statik va dinamik marshrutlash.
Ishning maqsadi: Cisco Packet Tracer dasturining asosiy boshqarish elementlarini o’rganish. Cisco Packet Tracer dasturi yordamida tarmoq qurilmalarini tanlash va ularni ulash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish.
CPT dasturida ikkinchi sath kommutatori modeli bilan ishlashni o’rganish. Kommutator asosida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.
Qisqacha nazariy ma’lumot. 1.1 Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi Cisco Packet Tracer dasturi Cisco tomonidan ishlab chiqilgan va telekommunikatsiya tarmoqlari va tarmoq uskunalarini o'rganishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Packet Tracer dasturiy ta'minoti asosida turli xil Cisco marshrutizatorlari va kommutatorlari, ishchi stantsiyalari va Ethernet, Serial, ISDN, Frame Relay kabi tarmoq ulanishlaridan tarmoq topologiyasini yaratish mumkin. Simulyatorning funktsiyalari mashg'ulot uchun ham, ish uchun ham, rejalashtirish bosqichida tarmoqni sozlashda ham mos bo'lishi mumkin.
Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi
Cisco Packet Tracer dasturi yuklangandan so’ng ekranda 3.1-rasmda tasvirlangan oyna hosil bo’ladi.
Oynaning yuqori qismida dastur nomi (Cisco Packet Tracer), kompyuter tarmog’i modelini o’zida saqlovchi fayl nomini o’z ichiga olgan sarlavha qismi joylashgan, shuningdek, oyna o’lchamini o’zgartiruvchi, uni ixchamlashtiruvchi yoki yopuvchi standart boshqarish tugmalari joylashgan.
3.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi.
Sarlavhaning pastki qismida menyu osti bo’limlarini o’z ichiga olgan bosh menyular satri joylashgan: