Tools menyu ostisi qurilmalarning qo’shimcha modelini yaratish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat;
Extensions menyu ostisi yordamchi dasturlarga ruxsat berishni ta’minlash imkonini beradi;
Help menyu ostisi ma’lumotnomaga murojaat qilish, o’quv materiallarni ko’rish yoki Cisco Packet Tracer dasturining joriy versiyasini ko’rish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat.
Menyular satri ostida yuqori uskinalar paneli joylashgan.
Yuqori uskunalar panelida joylashgan tugmalarining birinchi qatori Cisco Packet Tracer dasturi bosh menyular satrining eng ko’p qo’llaniladigan buyruqlaridan tashkil topgan yorliqlardan iborat:
New – yangi model yaratish;
Open – modelni fayldam yuklash;
Save – modelni faylga saqlash;
Print – modelni printerdan chop qilish;
Activity Wizard – modelni soddalashtirish bo’yicha ko’rsatma yaratish;
Copy – modelning belgilangan qismini buferga nusxalash;
Paste – buferdagi ma’lumotni model oynasiga qo’yish;
Undo – modelga kiritilgan oxirgi o’zgartirishni bekor qilish;
Redo – Undo yordamida bekor qilingan o’zgartirishni tiklash;