Mavzu: Tashkilot va uning tashkiliy tuzilmasi Reja


Norasmiy tashkilotlar tavsifnomasi



Yüklə 120,49 Kb.
səhifə6/9
tarix07.01.2024
ölçüsü120,49 Kb.
#207257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Tashkilot va uning tashkiliy tuzilmasi Reja-fayllar.org

Norasmiy tashkilotlar tavsifnomasi.
Norasmiy tashkilotlar bir vaqtning o‘zida rasmiy tashkilotlarga ham o‘zshab ham o‘xshamay qolishi mumkin. Shuning uchun norasmiy tashkilotni tavsifnomasini aks ettiruvchi belgilarni ajratib chiqish mumkin:
  1. ijtimoiy nazorat. Norasmiy tashkilotlar o‘z a’zolari ustidan ijtimoiy nazoratni amalgam oshirib boradilar. Gap mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan guruh andozalariga oid belgilarni o‘rnatish va mustahkamlash ustida borayapti. Ta,iiyki, kim ushbu belgi (norma) buzsa o‘z navbatida chetlashishiga olib keladi. Shu munosabat bilan menejer norasmiy tashkilot tomonidan amalgam oshirilayotgan ijtimoiy nazorat rasmiy tashkilot intilayotgan maqsadni bajarilishiga ijobiy ta’sir etishini bilishi kerak;



  1. o‘zgarishlarga qarshilik. Norasmiy tashkilotlarda hamma vaqt o‘zgarishlarga qarshilik kuzatib boriladi. Bu qisman shu narsadan dalolat beradiki, o‘zgarishlar norasmiy tashkilotning bundan keyingi faoliyatiga xavf tug‘dirishi mumkin;



  1. norasmiy liderlar. Norasmiy tashkilotlar ham o‘z lider (yo‘l boshlovchi)lariga ega bo‘ladilar. Rasmiy tashkilot liderlarining norasmiy tashkilot liderlaridan farqi shundaki ular rasmiy vakolatga ega bo‘lib unga ajratilgan aniq vazifalar qamrovida harakat qiladi.


Norasmiy lider tayanchi – uni guruh tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Norasmiy liderning ta’sir doirasi rasmiy tashkilotning ma’muriy doirasidan chiqib ketishi mumkin.

Norasmiy lider ikki birinchi darajali vazifani bajarishi mumkin: guruhga o‘z maqsadlarini amalga oshirishiga yordam beradi, uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tashkiloltda norasmiy guruhning ko‘pincha mehnat jamoasini mustahkamlaydi. Rasmiy tashkilot rahbari esa bunday guruhni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Misol uchun “Korging glass” (AQSh) firmasi xodimlararo keraksiz muloqotlarni kamaytirish maqsadida binoda lift o‘rniga escalator o‘rnatgan, “MMM” (AQSh) firmasi ovqatlanish vaqtida va boshqa holatlarda tasodifiy suhbatlarni kamaytirish uchun klublar tashkil etgan. Bularning hammasi jamoaga bo‘lgan xis-tuyg‘uni bu erda nafaqat mehnat davomida balki ish vaqtida ham hamkorlik va birlikni kuchaytiradi. Ish vaqtidagi va ishdan tashqaridagi o‘rtoqlik munosabatlar, hamkorlik va o‘zaro yordam tashkilotda sog‘lom psihologik muhitni shakllantiradi.




Yüklə 120,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin