Mavzu: Tashkilotni strategik boshqarish mazmuni. Mundarija


Samarali strategik boshqaruv tizimini ishlab chiqish va tashkil etish istiqbollari



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə6/9
tarix12.01.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#79020
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu- Tashkilotni strategik boshqarish mazmuni. Mundarija-fayllar.org

4.Samarali strategik boshqaruv tizimini ishlab chiqish va tashkil etish istiqbollari.
Strategiyadagi o’zgarishlar odatda ichki jarayonlarni boshqarish usul va uslublarida ba’zi bir o’zgarishlar kiritilishiga olib keladi. Quyida ko’rib chiqilgan siyosat va jarayonlar strategiyani bir necha xil usul bilan amalga oshirishga imkon beradi:
1. Yangi yoki yaqinda tekshirilgan jarayonlar yuqoridan pastga xodimlarni nazorat qiluvchi bo’linma Menejerlariga, barcha xodimlarga mazkur sharoitlarda ma’lum bir xatti-harakatlarni qay tarzda amalga oshirish bo’yicha buyruq va ko’rsatmalarni etkazib berilishini ta’minlaydi.
2. Kompaniya siyosati va jarayonlari xatti-harakatlarni birlashtirish hamda butun tashkilot bo’yicha amalga oshirish, mustaqil harakatlarni cheklab qo’yish, individiual va guruh harakatlarini bir yo’nalishga yo’naltirishga ko’maklashadi.
3. Siyosat va standartlashtirilgan jarayonlar ayrim strategik ahamiyatli harakatlarni geografik jihatdan tarqoq struktura bo’linmalarida bajarish lozimligiga ta’sir ko’rsatishga ko’maklashadi.
4. Eski siyosat va jarayonlarni yo’qotish va ularning o’rniga yangilarini o’rnatish kompaniya ishiga, uning ichki ishlab chiqarish muhitiga ta’sir ko’rsatishi sababli strategiyani amalga oshiruvchi shaxslar siyosatni o’zgartirish jarayonidan korporativ madaniyatni yangi strategiyaga mos keladigan tarzda o’zgartirishga ta’sir ko’rsatish vositasi sifatida foydalanishi mumkin.
Demak, strategiyani tadbiq etilishi nuqtai-nazaridan kompaniya menejerlari siyosatni va ko’nikmalarni yaratishga ijodiy yondoshishlari maqsadga muvofiq.
Qadriyatlar zanjirini yaratishda samarali va mahsuldor ko’rsatkichlarga erishish uchun har bir tashkilot va bo’lim maxsus vazifalarni tarmoq yoki jahon standartlari darajasida bajarish jarayonini kuzatish maqsadida asos yaratishlari lozim. Ishni bajarishning eng yaxshi usullarini izlab topish va qo’llash (eng yaxshi amaliyot) uchun javobgarlikning yuqoriligi strategiyani samarali amalga oshirishning uzviy bir qismi bo’lib, bu ayniqsa strategik ahamiyatli va yirik pulli operatsiyalarga taalluqli. Bunda ishni eng sifatli bajarish yoki xarajatlarni kamaytirish ishni takomillashtirishga maqsadli yo’nalgan impulsga aylantirilishi mumkin.
Ishni bajarishning eng yaxshi usullarini aniqlash, o’rganish va amalga oshirish bo’yicha faoliyat intensiv reinjiniring (ishbilarmonlik jarayonlarini qayta loyihalashtirish), umumiy sifat menejmenti va doimiy takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqishning boshlanishiga turtki bo’lib xizmat qildi. Direktorlar kengashlari hisobotlarining ko’rsatishicha;
Rahbariyatning sifatni yaxshilash dasturlaridan manfaatdorligi kompaniyaning turli faoliyat sohalarida – korxonalarda tayyor mahsulotlarni yig’ishda, bank operatsiyalari jarayonida, mahsulotlarni korxona kataloglari bo’yicha navlarga ajratish, tanlash va jo’natish yoki xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarda xaridorlar bilan hamkorlik qilishda namoyon bo’lmoqda. Bu masalalarga qiziqish sifatni boshqarish sohasidagi yangiliklardan xabardor, umumiy sifat menejmenti muaamolari to’g’risida o’qigan yoki sifatni boshqarish dasturlari foyda keltirgan boshqa kompaniyalar vakillari bilan muloqotda bo’lgan rahbarlarda ham kuzatilmoqda. Odatda pirovard natijalardan manfaatdor rahbarlar mahsulot sifatini oshirish va xaridorlar talabini qondirish bilan bog’liq muammolarni hal qilishga harakat qiladilar.Eng yaxshi amaliyotni aniqlash va undan foydalanish doimiy izlanish bo’lib, yakuniy natijani anglatmaydi.
Sifatni boshqarish sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va xaridorlarga yuqori darajali xizmat ko’rsatishga qaratilgan bir paytda katta muvaffaqiyatga erishish uchun shuningdek, barcha sohalarda: kadrlar bilan ishlash, hisob varaqlari yozib berish, tadqiqotlar va izlanishlar, axborot tizimlari, buxgalteriya hisobida, ya’ni mijozlar bilan ishlashda bevosita rag’batlantirish bo’lmagan sohalarda tashkilotchilik ishlarini kengaytirish zarur.
Doimiy takomillashtirish dasturlari va eng yaxshi amaliyotni joriy etish o’z ichiga biznes falsafasi va korporativ madaniyatini o’zgartirish, korxonani doimiy, to’liq va sifatli takomillashuvga yo’naltirish, tashkilotning barcha jihatlarini qamrab olishni kiritadi. Umumiy sifat menejmentining maqsadi tashkilotning barcha bo’linmalarida tashabbuskorlik va ishni to’g’ri bajarish uchun javobgarlikni rivojlantirish hisoblanadi. Bu esa takomillashuv yo’llarini doimiy izlash, olg’a tomon har kuni kichik-kichik qadamlar bilan siljishga olib keladi, yaponlarning iborasiga ko’ra kaizen, umumiy sifat menejmenti –marrasiz poyga.
Boshqaruvning vazifasi odamlarda bajarilayotgan ishlarning sifatini oshirishda ixtirochilik va tashabbuskorlikdan foydalanish istagini rag’batlantirishdan iborat. Umumiy sifat menejmenti har bir shaxsning o’z bajargan ishi natijalari uchun javobgarligi va uni doimiy takomillashtirishda ishtirok etishini nazarda tutadi.
Agar korxonada operatsiyalarni quvvatlovchi tizimlar mavjud bo’lmasa, korxona strategiyani talab darajasida amalga oshira olmaydi. Ishbilarmonlik operatsiyalarini qo’llab-quvvatlovchi (ta’minlovchi) tizimlar ishtirokisiz korxonalar strategiyasi yuqori darajada bajarilish yoki amalga oshirilishi mumkin emas. American, United, Delta va boshqa etakchi aviakorxonalar biletlarga buyurtma berish, bagajlar bilan ishlash va ularni yuklash tizimini kompyuterlashtirish va jiddiy dasturiy ta’minotlarsiz yo’lovchilarga yuqori darajada sifatli xizmat ko’rsata olmaydilar. Federal Express korxonasining havo marshrutlari va yuklarni tashishni nazorat qilishning kompyuterlashtirilgan tizimi mavjud bo’lib, u istalgan yuk to’g’risida ayni paytda qayerda ekanligi to’g’risida doimiy axborot berishi mumkin. U yerdagi ma’lumotlar ayirboshlash tizimi mamlakat miqyosida 21000 bagaj o’rnini kuzatib borish, yo’lovchilarning o’z bagajlarini olishlari uchun kuniga o’rtacha 720000 bekatlarni nazorat qilishga imkon beradi.
Shuningdek, FedEx parvozlarni nazorat qilish tizimi ham mavjud bo’lib, u asosan parvozlar xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi ob-havo va boshqa sharoitlardan xabardor qilib turadi.
Bu operatsiyalarning barchasi bagajlarni ertangi kunga yetkazib berishni ta’minlashga yo’naltirilgan Federal Express korxonasining strategiyasi mohiyatini tashkil qiladi.
Otis Elevator korxonasining Oits Line deb ataladigan murakkab qo’llab-quvvatlovchi tizimi mamlakat miqyosida liftlarni ta’mirlash va moddiy-texnik ta’minotini muvofiqlashtirishga qaratilgan. Tayyorgarlik ko’rgan operatorlar barcha trevogali qo’ng’iroqlarni qabul qilib, olingan ma’lumotlarni kompyuter ekraniga chiqaradilar va darhol avariya yuz bergan joyga mutaxassislarni yuboradilar. Kompyuterga kiritilgan qo’ng’iroqlar bo’yicha muammoning xarakterini aniqlash va ishlab chiqaruvchilar bilan ma’lumotlarni ayirboshlash mumkin – bularning barchasi vaziyatni o’z vaqtida va tezda o’zgartirish hamda kamchchiliklarni yo’qotishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, ta’mirlash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarning aksari qismi bevosita buzuq liftdan kelib tushadi.
Liftning buzilish sabablari lift ichkarisida o’rnatilgan minikompyuterlar monitorlari orqali qayd qilinadi, bu esa liftni ta’mirlash uchun zarur bo’lgan vaqtni qisqartirishga imkon beradi. “Procter & Gamble” korxonasi yiliga 800 ta (abonent uchun bepul) telefon raqami orqali korxona mahsulotlari bilan bog’liq bo’lgan trevogali belgilarni aniqlash va xaridorlar didining o’zgarishini doimiy nazorat qilish maqsadida olingan 900000 telefon qo’ng’iroqlarini oladi.
Domino’s Pizza har bir savdo nuqtasida kompyuter tarmoqlariga ega bo’lib, ular buyurtmalarni bajarish, invetarlash, xodimlarni hisobga olish, naqd pul harakatlanishini tahlil qilish va ba’zi nazorat funktsiyalarini bajarishni engillashtirib, menedjerlarga umumiy boshqaruv, xaridorlarga xizmat ko’rsatish va biznesni rivojlantirish operatsiyalariga ko’proq vaqt ajratishga imkon yaratadi.
Telefon kompanyalari, energetika, kommunal xo’jalik va teleradiokorxonalarning katta qismi zarur hollarda bir soniya ichida yuzaga keluvchi muammolarni hal qilish hamda o’z xizmatlari ishonchliligi va samaradorligini oshirish uchun doimiy nazorat va monitoring tizimlariga ega.
Mrs. Fields’ Cookies korxonasida bunday tizimlar har 15 daqiqa mobaynida sotuvni nazorat qilishi hamda yangi mahsulotlarni taklif qilishi, sotuvni rag’batlantirish taktikasi yoki xaridorlar manfaatlarini oshirish uchun zarur chora-tadbirlarni taklif etishi mumkin. Yaxshi asoslangan va hayotga oqilona tatbiq etilgan ta’minot tizimlari strategiyani amalga oshirish mexanizmini yaxshilashdan tashqari, korxonaning tashkilotchilik imkoniyatlarini oshirishi hamda uning raqobatchilarga nisbatan ustunlikka erishishini ta’minlashi mumkin. Masalan, birinchi darajali sifatga asoslangan differentsiatsiya strategiyasiga ega korxona jo’natilgan barcha tovarlarning sifat standartlariga mos ekanligiga to’liq ishonch hosil qilishlari uchun xodimlarni ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifatni boshqarish masalalari bo’yicha tayyorgarlash tizimiga muhtojlik sezadi. Mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga intiluvchi korxonalar uchun xarajatlarni qisqartirishning barcha yo’laridan foydalanish imkoniyatini beruvchi tizim bo’lishi zarur. Tez o’sib borayotgan korxonalar uchun esa katta miqdorda malakali mutaxassislarni jalb qilishi mumkin bo’lgan ishchi kuchini yollash tizimi talab qilinadi.
Mustaqil auditorik faoliyati va boshqaruv maslahatlari bilan bog’liq biznesda ko’p sonli professional xodimlar barcha texnik nou-xaular bilimiga muhtojlik sezadi. Demak, bu korxonalar xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun doimiy tizimga ega bo’lishi va ularning zamonaviy ilmiy axborotlar olish imkoniyati bilan ta’minlashi zarur.
Strategiyani muvaffaqiyatli yurituvchilar korxona xodimlarini o’z xizmat vazifalarini sifatli bajarishga ilxomlantiradilar. F.Gertsbergning fikricha: «Agar insonlarda yaxshi ishlash ishtiyoqini uyg’otmoqchi bo’lsangiz, ularga yaxshi ish bering».17 Ushbu hol brigadalarda va ishchi guruhlarda g’oya almashish va qo’llab-quvvatlash muhitini yaratadi.
Rag’batlantirish turli yo’nalishlari mavjud: Ba’zi korxonalarda (“MARS” - shokolad batonlari) ishga hafta davomida kechikmay keladigan xodimlar 10% mukofot oladilar. Ushbu usul shokolad batonlarini ishlab chiqaradigan jiќozlarning bo’sh turmasligini ta’minlashga qaratilgan. Bir qator yapon korxonalari xodimlari muntazam ravishda ilќomlantiruvchi ma’ruzalarni, madhiya va shiorlarni aytadilar. Boshqa korxonalar (AQSh) har dushanba kunlari kechki paytda kengashlar o’tkazib, unda yaxshi ishlagan xodimlarni taqdimlaydi. “San-Diego” (AQSh) territorial korxonasida har haftaning boshida oltita zavodda 2000 ishchi to’planib, korxona holati to’g’risida axborotlarni eshitadilar va ular bilan jismoniy mashqlar o’tkaziladi. Korxona rahbariyati haftalik muloqot korxona birdamligini oshiradi deb hisoblaydi.
Agar strategiyani yurituvchilarning motivlashga yondashuvlari va rag’batlantirish sistemasi stress vaziyatni vujudga keltirsa, ish joyini stabilligiga xavf solsa, natijalar samarasiz bo’lishi mumkin. Lekin istalgan natijalarga erishish uchun xodimlarga bosimni va u bilan bog’liq notinchlikni to’lig’icha inkor etish maqsadga muvofiq emas. Bosimni inkor etish orqali strategiyani muvaffiqiyatli amalga oshirishni ta’minlaydigan dalillar mavjud emas. Yuqori natijalarga erishadigan tashkilotlar obro’-talab, yuqori lavozimlarga intilishdan qoniqish oladigan, tavakkalchi insonlarga muhtojdir.
An’anaviy nuqtai nazarga ko’ra, korxona strategiyasini amalga oshirishda boshqaruvchilar salbiyga nisbatan ko’proq ijobiy ta’sir ko’rsatishlari lozim, chunki hamkorlik muhitini ijobiy usullar bilan qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishda xizmatchilar ko’proq tashabbus va jonbozlik ko’rsatishiga erishish mumkin.
Strategiyani qo’llab-quvvatlovchi moddiy rag’batlantirish tizimini yaratishning birinchi qadami egallab turgan lavozimni lavozim yo’riqnomasidan kelib chiquvchi majburiyat va vazifalar bilan emas, balki erishilgan natijalar bilan bog’lash hisoblanadi. Xodimlarning asosiy e’tiborni qanday ishlash kerakligiga emas, balki nimalarga erishish lozimligiga qaratishi belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini oshiradi.
Asosiy e’tiborni nimani bajarish lozimligiga qaratish, ya’ni xodimning, guruhning, ayrim tuzilmalar va butun korxonaning xatti-harakatlari yo’nalishi ishchi muhitning maqsadlarga erishishga aniq yo’naltirilishini belgilab beradi. Aniq belgilangan maqsadlarsiz ayrim xodimlar va ishchi guruhlari o’zlarining bevosita lavozim majburiyatlariga sho’ng’ib ketadilarki,korxona oldiga qo’yilgan maqsadlarni yoddan chiqarib qo’yishlari mumkin bo’ladi. Muntazam ravishda e’tiborni belgilangan maqsadlarga erishishga qaratar ekan, menedjerlar hech narsani kutib o’tirmasdan sharoitlarni yaratish bo’yicha faol xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
Xodimlar etiborini korxonaning strategik maqsadlariga jamlovchi asosiy omil moddiy manfaatdorlik, ya’ni belgilangan maqsadlarni ortig’i bilan bajarganlarni rag’batlantirish va shu maqsadga erisha olmaganlarni rag’batlantirmaslik hisoblanadi. Menejer uchun ishning yaxshi bajarilganligidan dalolat beruvchi asosi ko’rsatkich rejada belgilangan maqsadlarga erishish hisoblanadi. Boshqa har qanday usul strategik rejani bajarish bahosini yo’qotadi hamda kuch-quvvat va vaqtni unchalik ahamiyatsiz bo’lgan yo’nalishlarga sarflanishiga olib keladi (agar mazkur yo’nalish shunchalik muhim bo’lsa, unda nimaga u strategik rejada aks ettirilmagan?). Belgilangan maqsadlarga erishish uchun xodimlarga ta’sir ko’rsatish hech qachon susaytirilmasligi zarur. Bu yerda “uzrlar qabul qilinmaydi” tamoyiliga amal qilinadi.
Biroq bu ta’sirga yarasha xodimlar muvaffaqiyatga erishganda ularni mukofotlash ham zarur. Bunday to’lovlarsiz tizim ishdan chiqadi va menedjer strategiyani samarasiz ishlayotgan muhitda jiddiy yo’riqnomalar va ko’p sonli chaqirilar bilan bajarishga majbur bo’ladi.
Xodim va bo’linma faoliyatining asosiy ko’rsatkichi ularning belgilangan maqsadlarga erishishi hisoblanadi. Nucor Steel korxonasi minmial xarajatlar bilan po’lat ishlab chiqarishda karvonboshi bo’lib kelgan va o’z o’rnini qo’ldan berayotgani yo’q. Korxonaning umumiy xarajatlarida xodimlar bilan bog’liq xarajat ulushining yuqoriligi menedjerlarni raqobatchilarga nisbatan har 1 tonna mahsulot ishlab chiqarishdagi mehnat xarajatlarini qisqartirishga erishishga majbur qildi. Buning uchun ishlab chiqarishda joriy qilingan rag’batlantirish tizimi har bir xodimga kundalik belgilangan normalarga erishi yoki uni ortig’i bilan bajarish uchun bonus (taxminan maosh stavkasiga teng) taqdim etar edi. Doimiy maosh shkalasi korxona o’z zavodlariga ega bo’lgan hududlarda faoliyat yurituvchi boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan teng darajada belgilangan. Bonuslar har ikki haftada o’tgan vaqtning rejada ko’rsatkichlar bilan solishtirganda ortig’i bilan bajarilgan ishlab chiqarish natijalari uchun to’lab borilgan. Natijalar kutilganidan ham ortib tushgan. Korxonada mehnat mahsuldorligi (1ta xodimga to’g’ri keluvchi yalpi tovar ishlab chiqarish) mazkur tarmoqdagi asosiy ishlab chiqaruvchilarning barcha ishlab chiqarish birliklarida o’rtacha ko’rsatkichlarga nisbatan 50 %ga oshdi. Nucor xodimlar bilan bog’liq xarajatlarning US Steel Bethlehem Steel kabi (asosiy afzalliklari mehnatga haq to’lash xarajatlarining kamligi bo’lgan) po’lat quyish sanoatining gigantlariga nisbatan har 1 tonna mahsulot uchun 50 dan 75 % gacha qisqarishiga erishdi, Nucor xodimlari esa qora metallurgiya sohasidga eng ko’p haq to’lanuvchi xodimlarga aylandi. “Remington Products” korxonasida xodimlar oluvchi pulning atigi 65 % qismi maosh stavkasi bo’lib, qolgan 35 % qismi turli xil mukofotlardir. Korxona barcha ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tadqiq etib, qaytarib berilgan tovarlarni hisobga oladi va buning uchun xodimga beriluvchi mukofot pulini kesib tashalaydi. Yuqori boshqaruv apparati ularning nominal ish haqidan ko’p miqdorda mukofot pullari oladi. Natijada rag’batlantirish dasturi amal qilgan birinchi 4 yilda korxonada mehnat mahsuldorligi 17%ga o’sgan.18 Bu va boshqa misollar mukofot va rag’batlantirish tizimini ishlab chiqishning ba’zi bir muhim jihatlarini aks ettiradi: 1. Rejani bajarganlik uchun to’lov xodimga sarflanuvchi xarajatlarning asosiy qismini tashkil etishi lozim – umumiy xarajatlarning 20% va undan ortiq qismi xodimlarning shaxsiy manfaatdorligini uyg’otish uchun yetarlicha asos hisoblanadi. 2. Rag’batlantirish tizimi faqat oliy boshqaruv bilan cheklanmasdan, barcha boshqaruvchi va xodimlarga ham taalluqli bo’lishi lozim (agar mehnat faoliyati natijalaridan korxonaning ayrim oliy tabaqadagi xodimlarigina foydalanadigan bo’lsa barcha xodim va menedjerlar bor kuch bilan ishlashlaridan ularga nima naf?).
Rag’batlantirshi tizimi jiddiy tuzilmalanishi va batafsil tahlil qilinishi lozim – agar ishlab berilgan normalar qo’shib yozilgan yoki har bir xodimning ulushi to’g’ri aniqlanmaydigan bo’lsa, tizimdan qoniqmaganlik yoki undan norozilik undan foydalanishning barcha foydasini yo’qqa chiqarishi mumkin. Mukofotlash faqat strategik rejada belgilangan maqsadlarga erishish bilangina bog’liq bo’lishi lozim. Agar baholar strategik rejada ko’rsatilmagan omillarga asoslanadigan bo’lsa, bu strategik rejaning to’liq emasligini (muhim maqsadlar unga kiritilmaganligi sababli) yoki menedjerlar maqsadlari strategik rejada ishlab chiqilgan maqsadlarga mos kelmasligini anglatadi. Xodimlarning belgilangan maqsadlarga erishishini baholash uning faoliyatidagi muayyan natijalarga asoslanishi lozim – rag’batlantirishning roli
har bir xodimning manfaatdorligini ta’minlash va uning xatti-harakatlarini foydani oshirish g’oyasiga bo’ysundirishni ta’minlashdan iborat. Har bir xodimning natijalari bahosi uning faoliyat doirasidan chetda yotadigan bo’lsa, bu rol susayib boradi.

XULOSA
Bugungi kunda korxona va tashkilotlar boshqaruv tizimida strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma’muriy ish bo’lib, tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya madaniyatini hamda boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat. Kompaniyaning ko’rinishi qanday bo’lishi va qanday raqobat mavqeiga ega bo’lishi lozimligini aniqlash bu kompaniyaning strategik tasviri yoki ko’rinishi demakdir.
Zamonaviy rahbar o’z kompaniyasining mavqeini va ushbu mavqega ta’sir etuvchi muhit qanday o’zgarishini tasavvur etishi lozim. Strategiyaga mos yo’nalishni belgilash deganda biz asosiy boshqaruv funktsiyalarini tushunamiz. Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta’sir etuvchi tezkor strategiyalarni qo’llab, vaziyatni nazoratga olishdir. Strategiyani quvvatlovchi ishchanlik muhitini yaratish - bu asosan menejerning tashkiliy o’zgarishlarni amalga oshirishi, xo’jalikni to’g’ri yuritishi va ishchi-xodimlarni maqsadlarni bajarishga jalb etish jarayonidir.
Tijorat banklarida ishlab chiqariladigan maxsulot o’zida bank operatsiyalarini, bank xizmatlarini va bank ishlarini aks ettiradi. Jadvalda operatsiyalar o’tkazganda paydo bo’ladigan xavf-xatar nuqtai nazaridan bank maxsulotlari xilma-xilligi ko’rsatilgan.
Bank maxsulotlarini sotishdagi strategik yo’nalish, bank taraqqiyotining muhim muammosi bo’lib hisoblanadi. Umumiy ma'noda ularni funktsional-ob'ekt yo’nalishli, asosiy maqsadi bir gurux bank maxsulotlarini sotish yo’li bilan yoki mijozlar ma'lum guruxining aloxida bank maxsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish yuli bilan daromad olishdan iborat banklarga ajratish mumkin. Bu tizimda xisob raqamlar rejasining o’zgarishiga moslanish imkoniyatini, xisob va shaxsiy raqamlarning o’zgaruvchan tuzilmasini, mijozlarning istalgan soni bilan ishlashni, komission yig’imlarni qo’shib yozib qo’yishning turli usullarini, rivojlangan tizimlarda tuzilmali cheklashlarning oldini ta'minlash kerak.
Ko’pchilik muammolar boshqaruv sifatiga, bank marketingiga tashkilot tuzilmasiga, moliyaviy oqimlarga, xisob-kitobga, iqtisodiy taxlilga, biznes-rejalashtirishga, shuningdek, xodimlar malakasiga chambarchas bog`liq bo`ladi.
Bank tizimida yuzaga kelayotgan holatlar, bugungi kunda bank menejmenti va marketingini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Banklar sonini ko’payishi bu raqobatning kuchayishidir. Bu esa bank boshqaruvida yangi yangi vazifalar belgilaydi.
Bizningcha, korxona va tashkilotlar tuzilmalarida strategik boshqaruvni takomillashtirishda quyidagi yo`nalishlarga asosiy e`tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir:
1. O`z xodimlarini ish malakasini oshirishga qaratishi lozim va ko`proq yosh xodimlarni sinov asosida ishga qabul qilish.
2. Diversifikatsiyalash (yangi turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish).
3. Xodimlar sonini ish hajmiga moslashtirish (qo`shimcha ishchi kuchlarini korxonaga jalb qilish).
4. Yangi texnika va texnologiyani sotib olishga mablag` ajratishini ko`zda tutish.
Strategik boshqaruv tamoyillarini to`g`ri belgilash va boshqaruv tizimining samarali amal qilishini ta`minlashning asosiy maqsadi bozor iqtisodiyotida yuz berishi mumkin bo`lgan ichki va tashqi nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari, hamda xom-ashyo va materiallarning samarsiz ishlatilishini oldini olishdan, ishlab chiqarishni boshqarishni bozor talablariga tobora ko`proq moslashtirishdan iboratdir, deb aytish mumkin.
Bugungi kunda modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan. Respublikada yangi ishlab chiqarish sohalarini yaratish va eskilarini modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilish bo`yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizni ham tashqi, ham ichki bozorda mavqega ega bo`lishini ta`minlash uchun korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish darkor. Korxonalar raqobatbardoshligini oshirish qat`iy tejamkorlik tuzilmasini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirishni talab etmoqda.
O`tgan yili faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga boshqaruv tizimini takomillashtirish yo`nalishlarini belgilash dastlab bo`linmalar va ularning tarkibiy guruhlarining bajarayotgan ishlari ko`lamini aniq belgilab berish, ularning ma’suliyatida bo`lgan ishlar uchun vakolatlilik darajasi va javobgarligini to`g`ri taqsimlashga qaratilishi zarur. Yuqorida ta`kidlangan boshqaruv tamoyillarini tadbiq etishda quyidan yoki yuqoridan vujudga kelayotgan tashabbuslarni qo`llab quvvatlash, bu tashabbuslarni chuqur o`rganish orqali avtonom qarorlar qabul qilish va hatto alohida moddiy mablag`lar bilan ta`minlash imkoniyatlarini yaratish kerak bo`ladi. Bunda bir tomondan tarkibiy bo`linmalarning o`zaro hamkorlik qilishlari uchun sog`lom muhit yaratilib borilsa, ikkinchi tomondan bo`linmalar o`rtasida halol raqobat muhitini shakllantirish imkoniyat tug`iladi.
Xulosa qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda korxonalar faoliyatini to’g’ri tashkil qilish hamda samarali boshqarish orqali yuqori daromad olish masalasi dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Bu masalani hal qilishda esa bizga strategik rejalashtirish hamda strategik boshqaruv tizimi va uni amalga oshiruvchi raxbarlar hamda top menejerlarning yordamiga ehtiyoj seziladi. To’g’ri tanlangan va rejalashtirilgan strategik boshqaruv tizimi – korxona va tashkilotlarning, shu jumladan, moliya muassasalarining muvaffaqiyat kalitidir.

Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat bankining Bo’ka filialida ham aynan to’g’ri tanlangan strategiya orqali bugungi kunda samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.




Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin