Mavzu: Tashkilotni strategik boshqarish mazmuni. Mundarija


Samarali faoliyat olib borishda strategiyani amalga oshirish bo’yicha asosiy vazifalar



Yüklə 146,91 Kb.
səhifə4/9
tarix12.01.2023
ölçüsü146,91 Kb.
#79020
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu- Tashkilotni strategik boshqarish mazmuni. Mundarija-fayllar.org

Samarali faoliyat olib borishda strategiyani amalga oshirish bo’yicha asosiy vazifalar

Strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma’muriy ish bo’lib, tashkil etish, moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya madaniyatini hamda boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat.


Strategiyani yaratish va amalga oshirish jarayoni o’zaro bog’liq beshta vazifani echishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi:
1. Korxona qanday biznesda faoliyat ko’rsatadi, strategik tasavvurni shakllantirish ya’ni: missiyani va maqsadlarni aniqlash.
2. Strategik tasavvurni va missiyani qayta shakllantirish.
3. Qo’yilgan maqsadlarga erishish strategiyasini yaratish.
4. Tanlangan strategiyani sifatli va samarali tadbiq etish.
5. Faoliyat natijalarini baholash, yangi an’analarni aniqlash va uzoq muddatli rivojlanishga nisbatan moslashtiruvchi harakatlarni belgilash.
Korxonaning ko’rinishi qanday bo’lishi va qanday raqobat mavqeiga ega bo’lishi lozimligini aniqlash bu korxonaning strategik tasviri yoki ko’rinishi demakdir. Ushbu hol korxonaning boshqaruv tasviridir. Korxonaning strategik ko’rinishini va uning missiyasini e’lon qilish bilan birga rahbarlar «maqsadlar his-tuyg’usini» ijrochilarda shakllantirishlari lozim.
Korxonaning o’ziga xos xususiyatlaridan qat’iy nazar bajarilishi lozim bo’lgan asosiy talablar mavjud bo’lib, quyidagilardan iborat: - strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qodir tashkilot tuzish; - strategik muvaffaqiyatni belgilab beruvchi qadriyatlar zanjiridagi faoliyat turlariga yetarlicha resurslarni yo’naltirish uchun byudjetlarni qayta ko’rib chiqish; - strategiyaga mos keluvchi yo’nalish va jarayonlarni belgilash; - doimiy rejalashtirish va takomillashishni ta’minlash uchun eng yaxshi texnika va amaliyotni joriy qilish; - rag’batlantirish va mukofotlash tizimini strategiyani yuqori darajada bajarish va belgilangan maqsadlarga erishi bilan bog’lash; - strategiyani qo’llab-quvvatlovchi ishchi muhit va korporativ madaniyatni yaratish; - strategiyani amalga oshirish va bu jarayonda uni takomillashtirish uchun zarur bo’lgan ichki rahbarlikni (liderlikni) ta’minlash.
Zamonaviy rahbar o’z kompaniyasining mavqeini va ushbu mavqega ta’sir etuvchi muhit qanday o’zgarishini tasavvur etishi lozim. U o’z biznesini shunchalik yaxshi bilishi lozimki, zarurat tug’ilganda muayyan o’zgarishlarni amalga oshirishni aniq bilishi kerak. «Raqobatchilar bizning usullarimizni, printsiplarimizni, imkoniyatlarimizni asosan bilishadi, ular o’z ustunligidan foydalanish imkoniyatiga ega.


Muvaffaqiyatlarimiz farqi strategiyalarni yaratilish va amalga oshirishdadir» deydi muvaffaqiyatli korxonaning ijrochi-direktori.


Yüklə 146,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin