Endoplazmatik to'r sistemasi ko'pincha mayda pufakchalarga ajraladi. Membranalari yuzasida ribosomalar soni kamayadi, bu esa oqsil sintezini pasaytiradi. Sisternalar yuzasi kengayadi.
Lizosomalarda yuzaga keladigan patologik jarayonlarga tarkibidagi fermentlarning yetishmasligi yoki membranasi uzilib fermentlari gialoplazmaga qo'shilishi kiradi. Natijada hujayraning avtolizisiga (erib ketishiga) sabab bo'ladi.
Ribosomalar patologiya natijasida o'z shaklini o'zgartiradi, spiral shakliga kirishi mumkin.
Hujayra organoidlarining patologiyasi
Mikronaychalardagi dupletlar orasidagi aloqaning uzilishi natijasida kiprikcha va xivchinlar harakatsiz bo'ladi. Chekuvchi odamlarda bronxlar shilliq qavatida joylashgan kiprikchalar harakastiz bo'ladi.
Hujayra shikastlanishida ularning mitotik faolligi tushadi, ular mitozning turli bosqichlarida to'xtab qoladi.
Hujayralar sitoplazmasida turli salbiy reaksiyalarga qaratilgan yagona molekulyar mexanizm – paranekroz deyiladi. Paranekroz reaksiyasi asosida oqsillarda ro'y beradigan denaturasiya jarayoni yotadi. Ularning ikkilamchi va uchlamchi tuzilmalari o'zgaradi, natijada oqsillarning kimyoviy va fizik xususiyatlari o'zgaradi
Hujayradagi patologik jarayon salbiy omilni olib tashlanganda to'xtashi mumkin. Agar o'zgarishlar uzoqqa bormagan va yadrogacha yetib bormagan bo'lsa. Bu holda hujayra o'z holiga qaytib vazifalarini tiklaydi. Masalan, mitoxondriyalarning shishishi va endoplazmatik to'rning fragmentasiyasi qaytar jarayon.