Hujayraning reparasiyasi (tiklanishi) to'liq yoki qisman bo'ladi.
Qisman reparasiyada hujayra tiklanadi, biroz vaqt faoliyat ko'rsatadi, lekin vaqt o'tishi bilan nobud bo'ladi. Bu holat yadroda qaytmas jarayonlar boshlanganligi tufayli sodir bo'ladi. Masalan, infuzoriyalarni ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirganda biroz vaqtdan so'ng ular o'ziga kelib harakati tiklangan, lekin yadro tuzilmasi shikastlanganligi tufayli ular baribir nobud bo'lgan.
Hujayradagi patologik holatlar natijasida boshqaruv jarayonlarining buzilishi sodir bo’ladi va natijada shish kasalligi yuzaga keladi. Shish hujayralarining asosiy xususiyati - doim to'xtamay bo'linishi, differensiasiyalanmasligi, organizm boshqaruvidan chiqib ketishi. Ular organizm tomonidan beriladigan buyruqlarga bo'ysinmaydi.
Bunday turdagi kasalliklarga yurak-tomir kasalliklari va saraton kasalliklari misol bo’ladi.
Normal hujayralar shish hujayrasiga aylanganda, ular juda tez bo’linib ko’payadi. Bunda hujayralarning o'sishiga organizmning o'zi yordam beradi. U ko'payatgan hujayralarni asrab har birini kapillyarlar bilan ta'minlab, shish hosil bo'layotgan joyga yangi sog' hujayralarni jalb qilib, shishning kengayib o'sishini ta'minlaydi, xuddi o'zining joniga suiqasd qilgandek sekin o'zini o'limga olib keladi.

Ma'lum bo'lishicha, organizm shishlarni bitayotgan yara deb qabul qilib ularni hujayralarni o'stirish orqali tuzatmoqchi bo'ladi. Agar qo'limizni pichoq bilan kesib olsak yara sekin bitib boradi. Birinchi bosqichda qon ivishi uchun qon hujayralari yara ustida to'plana boshlaydi. Makrofaglar, trombositlar o'zlaridan sitokininlarni-hujayra bo'linishini boshqaruvchi oqsillarni ishlab chiqara boshlaydi. Sitokininlar hujayraning bo'linishini chaqirib yaraning ochiq joyi yangi hujayralar bilan to'la boshlaydi.