Ma'lum bo'lishicha, organizm shishlarni bitayotgan yara deb qabul qilib ularni hujayralarni o'stirish orqali tuzatmoqchi bo'ladi. Agar qo'limizni pichoq bilan kesib olsak yara sekin bitib boradi. Birinchi bosqichda qon ivishi uchun qon hujayralari yara ustida to'plana boshlaydi. Makrofaglar, trombositlar o'zlaridan sitokininlarni-hujayra bo'linishini boshqaruvchi oqsillarni ishlab chiqara boshlaydi. Sitokininlar hujayraning bo'linishini chaqirib yaraning ochiq joyi yangi hujayralar bilan to'la boshlaydi.
Qonning ivishida signal bo'lib yara yuzasidagi shikastlangan yoki o'lik hujayralar xizmat qiladi. Ular o'zidan o'sish omili bo'lgan sitokinlarni ajratib yoniga hujayralar migrasiyasi uchun signal beradi. Buning natijasida hujayralararo bo'shliq limfa bilan to'lib u yerga yarani bitishida ishtirok etuvchi limfositlar va boshqa hujayralar to'planadi.
Organizmda vaqti- vaqti bilan DNK zanjirida uzilishlar hosil bo'lib turadi. Lekin ba'zan uzilish joyida uning dupleksi - kopiyasi (nusxasi) uchramaydi. Natijada DNKda bunday uzilishlari bo'lgan hujayralar kasal nasl beradi va hujayralarning nobud bo'lishiga olib keladi. Shish hujayralari DNKsida ana shunday uzilishlar yuzaga kelib, ulart iklanmasligi natijasida hujayralarda mutantonkogenlar yuzaga keladi. Bunday hujayralar tashqi signallarni eshitmaydi, faqat ichidagi kasal genlar berayotgan noto'g'ri signallarni qabul qiladi. Bunday hujayralar 10%tashkil etsa, ularning nekrozi organizmda yara bitiruvchi mexanizmini ishga tushiradi va hujayralar to'xtovsiz bo'lina boshlaydi. Shu tariqa o'sma kattalashadi.
Organizmda vaqti- vaqti bilan DNK zanjirida uzilishlar hosil bo'lib turadi. Lekin ba'zan uzilish joyida uning dupleksi - kopiyasi (nusxasi) uchramaydi. Natijada DNKda bunday uzilishlari bo'lgan hujayralar kasal nasl beradi va hujayralarning nobud bo'lishiga olib keladi. Shish hujayralari DNKsida ana shunday uzilishlar yuzaga kelib, ulart iklanmasligi natijasida hujayralarda mutantonkogenlar yuzaga keladi. Bunday hujayralar tashqi signallarni eshitmaydi, faqat ichidagi kasal genlar berayotgan noto'g'ri signallarni qabul qiladi. Bunday hujayralar 10% tashkil etsa, ularning nekrozi organizmda yara bitiruvchi mexanizmini ishga tushiradi va hujayralar to'xtovsiz bo'lina boshlaydi. Shu tariqa o'sma kattalashadi.
Nekroz yo'li bilan nobud bo'layotgan rak hujayralarini apoptoz (tabiiy programmalashtirilgan o'lim) yo'li bilan nobud bo'lishga majbur eta olsak rakni yengamiz
Apoptoz jarayonining biologik ahamiyati shundaki, organizm o’z faoliyatini tugatgan, patologik o’zgarishlarga uchragan, mutant va viruslar bilan zararlangan hujayralardan holi bo’ladi.
Apoptoz jarayonining biologik ahamiyati shundaki, organizm o’z faoliyatini tugatgan, patologik o’zgarishlarga uchragan, mutant va viruslar bilan zararlangan hujayralardan holi bo’ladi.
Kuzgi barglarning to’kilishi barg bandining ayrim hujayralari apoptozga uchrashi natijasida sodir bo’ladi.