uzayishi 0,15 -0,2 mm (
bt,u
(0,150,20 x10
-3
) ortmaydi. Demak,
beton yorilganda
armaturadagi kuchlanish,
s
s
E
s
bt,u
E
s
20 10
-5
2 10
5
40 MPa teng
Yuk ortishi bilan yoriq kengayadi. A-, A- sinfdagi armaturalar bilan
jihozlangan oddiy elementlarning ishlash jarayonida qo‘yiladigan tashqi yuk ta’siridan
soch qalinligicha 0,1...0,2 mm yoriqlar paydo bo‘ladi (Bunda armaturadagi kuchlanish
miqdori oquvchanlik chegarasidan ortib ketmaydi (
s
270-340 MPa). Odatda bu
yoriqlar oddiy sharoitda ko‘zga ko‘rinmasligi va u temirbetonning ish sharoitiga va
uzoq yashashiga ma’lum darajada ta’sir qilishi mumkin. Ammo temirbetondan
foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki bu yoriqlardan qo‘rqmasa ham bo‘ladi.
Oddiy temirbeton elementida yuqori mustahkamlikdagi
armaturadan foyda-
lanish mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi. Agar armaturadagi kuchlanish
s
500 MPa
bo‘lsa, soch qalinligidagi yoriqlar ochilishi yo‘l qo‘yilmaydigan darajaga etadi. Bunda
beton armaturani ximoya qila olmay qoladi,solqillik ortadi ya’ni elementdan
foydalanib bo‘lmaydi. Nahotki buni oldini olishni yo‘li bo‘lmasa. Muhandis binokor
oldida bu qanday materialki,
uni takomillashtirib, ya’ni mustahkamligini oshirib va
og‘irligini kamaytirishning iloji bo‘lmasa degan savol turadi.
Agar betonning cho‘zilishdagi uzayishini oshirishining iloji bo‘lmasa, uni shu
darajagacha siqish kerakki, yuk ta’sirida hosil bo‘ladigan cho‘zilishi mumkin bo‘lgan
holatigacha. Bunda muvozanat tizimi hosil bo‘lib, ya’ni betonni qanchagacha siqilishi,
armaturani cho‘zilishiga qarab olinadi. Betonning doimiy siqilgan holatida ishlashi
(ya’ni materialni cho‘zilishda ishlashida zahira yaratish uchun) – oldindan
zo‘riqtirilgan konstruksiya yaratish g‘oyasini amalga oshirishga olib keldi.
Bunday
g‘oyani amalga oshirish uchun yuqori mustahkalikka ega bo‘lgan armatura va betonni
qo‘llangandagina tatbiq etish mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Aks holda,oldindan
taranglangan holatda betonni siqishga bo‘lgan qarshiligini susayishi, tashqi yuk
ta’sirida beton siqilgan zonasidagi siqilishdagi
kuchlanishni ortishiga va
konstruksiyani buzilishiga olib keladi. Shunday qilib, mustahkamligi kam bo‘lgan
armaturani qo‘llash konstruksiyada “kuchli” oldindan zo‘riqtirilgan kuchlanish
yaratishga imkon bermaydi.
Temirbeton konstruksiyalarni tayyorlashda yuqori mustahkalikdagi armaturani
tortish orqali betonda siqilgan kuchlanish hosil qilish holatini oldindan zo‘riqtirilgan
holat deb yuritiladi. Bu kuchlanish betonning cho‘zilish zonasida hosil bo‘ladi.
Buning uchun oldindan zo‘riqtirilgan egiluvchi elementga tashqi yuk ta’sirida
hosil bo‘ladigan kuchlanish-deformatsiyalanish holatini ko‘rib chiqamiz.
Balkaga yuk qo‘yilganda uning kesim yuzasida betonni siqishdan hosil bo‘lgan
kuchlanish, tashqi kuch ta’sirida cho‘zuvchi kuchlanishini yo‘qotadi. YUk ortib borgan
sari beton kesim yuzasining pastki qismida betonni siqishdan hosil bo‘lgan kuchlanish
yuk ta’siridan hosil bo‘lgan cho‘zuvchi kuchlanishni neytrallashtiradi (betonning
pastki qismi kuchlanishi nolga teng bo‘lib qoladi). Natijada balkaning pastki qismida
cho‘zuvchi kuchlanish paydo bo‘ladi va balka odatdagidek oddiy eguvchi element kabi
ishlay boshlaydi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bunday holatda oldindan zo‘riqtirilgan balkaning
yorilishga qarshiligi oddiy balkani yorilishga bo‘lgan qarshiligiga nisbatan 2,5-3,5
barobardan ortiq (bunday ishlash sharoitida yuk miqdorini 2-3 barobarga ko‘paytirish
mumkin), ya’ni:
M
src
(0,5-0,6) M
u
- oldindan zo‘riqtirilgan element uchun;
M
src
(0,10-0,15) M
u
- zo‘riqtirilmagan element uchun;
bunda M
src
-balkada yoriq paydo bo‘lishidagi eguvchi moment;
M
u
- balkaning buzilishidagi eguvchi moment.
Shuni aytish joizki, oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyaning
mustahkamligi
armaturani cho‘zilgandagi kuchlanish miqdoriga bog‘liq emas (oldindan zo‘riqtirilgan
va oddiy konstruksiyaning yuk ko‘tarish kuchi taxminan bir xil). Gap shundaki,
kuchning qiymati temirbeton ishlash sharoiti chegarasiga etguncha oldindan
zo‘riqtirish natijasida armaturada cho‘zuvchi, betonda siquvchi kuchlanishi uni fizik-
mexaniq xossalariga sezilarli darajada katta ta’sir ko‘rsatmaydi.
Konstruksiyalarni zo‘riqtirilishi oraliq (prolyot)larini uzaytirish hamda kesim
yuzasini kichraytirish evaziga ulardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Temirbeton konstruksiyalarida taranglash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi:
1-usul. Armaturani tirgaklarga tirab taranglash (betonlashgacha);
2-usul. Armaturani betonga qadab taranglash (betonlangandan keyin).
Dostları ilə paylaş: