Mavzu: temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish deformasiyalanish holatini uch bosqichi. Oldindan



Yüklə 250,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix19.05.2023
ölçüsü250,36 Kb.
#117543
1   2   3
11-ma\'ruza 3

Birinchi usul bo‘yicha konstruksiyani tayyorlashda armatura tortiladi va uning 
uchlarini tayanch yoki forma chetlariga mustahkamlanadi, so‘ngra element 
betonlanadi. Beton kerakli mustahkamlikni olgandan so‘ng armatura tayanchlardan 
bo‘shatiladi, ya’ni taranglangan armaturadagi kuch betonga o‘tib uni siqadi. Kuchni 
betonga o‘tishi armatura bilan beton orasidagi yopishish (ssepleniya) oqibatida ro‘y 
beradi. 
Ikkinchi usul bilan dastlab betondan yoki kam armaturalangan element 
tayyorlanadi, unda zo‘riqtiriladigan armaturani joylashtirish uchun betonda oldindan 
kanallar hosil qilinadi (masalan, gaz trubasi yordamida). So‘ngra armaturani tegishli 
taranglikkacha tortiladi va uchlari ankerlar yordamida konstruksiya chetiga 
mahkamlanadi. Armaturani tortish jarayonida betonda siqilish ro‘y beradi. Shundan 
so‘ng armatura bilan beton orasidagi yopishuvni ta’minlash maqsadida tuynukka 0.5-
0.6 MPa bosim ostida sement qorishmasi xaydaladi. 
Armaturani 
tayanchlarga 
tortish 
mexaniq, 
elektrotermik 
va 
elektrotermomexaniq usullari bilan betonga tortish esa odatda mexaniq usul bilan 
amalga oshiriladi. 
Mexanik usulda armaturani gidravlik va vintli domkrat yoki o‘rash mashinasi 
yordamida tortiladi. Armaturani mexaniq usul bilan taranglashda ko‘pincha gidravlik 
domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda armaturada katta zo‘riqish hosil bo‘lishiga 
qaramay, taranglash kuchini aniq o‘lchash imkoni bo‘ladi. Shu bilan birga aylanma stol 
yordamida o‘ta mustahkam simdan uzluksiz armaturalash usuli ham samarali 
hisoblanadi. Mazkur usul yordamida bir yoki ikki o‘qli kuchlanish holatida, bosim 
ostida ishlaydigan quvur, rezervuar devorlari singari turli konstruksiyalarni oldindan 
zo‘riqtirish mumkin. Tarang tortilgan sim bilan uzluksiz armaturalash usuli oldindan 
zo‘riqtirilgan rezervuarlarni qurishda keng qo‘llaniladi. Bunda maxsus qo‘zg‘alma 
mashinalardan foydalaniladi. Bu usulni tarang tortilgan ipni g‘altakka o‘rashga 
o‘xshatish mumkin. Armaturani elektrotermik taranglash usuli keyingi yillarda keng 
tarqaldi. Xozirgi kunda oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarning 3/4 qismi shu usul 


bilan tayyorlanmoqda. Elektrotermik usulda armaturaning elektr toki yordamida 300-
400 S gacha qizdiriladi, so‘ngra uni formaga solinadi va uchi tayanchlarga 
mahkamlanadi. Armatura sovuganda qisqaradi, natijada oldindan taranglashish kuchi 
paydo bo‘ladi. Usulning afzalligi uning o‘ta soddaligi va istalgan korxonada qo‘llash 
imkoniyati mavjudligidadir. Ishlatiladigan uskunalar 5-10 martta arzon, konstruksiya 
tayyorlash uchun sariflanadigan mehnat ham 2-3 marotaba kam. Biroq taranglash 
aniqligi mexanik usuldagi taranglashga qaraganda ancha past. Ayrim hollarda o‘ta 
mustahkam simlarni taranglashda ikki usulning birgalikda qo‘shib ishlatish xollari ham 
uchraydi. Qo‘shma usulga ko‘ra qizdirilgan sim aylanma stol yordamida uzluksiz 
ravishda taranglanadi. Ya’ni elektrotermomexaniq usuli elektrotermik va mexaniq 
usullarni bir vaqtning o‘zida qo‘llanish natijasida hosil bo‘ladi. 
Shu bilan birga tortishni yana bir fizik-kimyoviy usuli bilan ham amalga oshirish 
mumkin. Bunga maxsus kengayuvchi sementdan tayyorlangan betonni kengayishi 
oqibatida armaturada kuchlanish paydo bo‘ladi. Betonga joylashgan armatura uning 
hajmini kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi va o‘zi cho‘ziladi, betonda esa siqish kuchlanishi 
vujudga keladi. Shu tariqa konstruksiya oldindan zo‘riqadi. Bunday konstruksiyalar 
o‘zining o‘zi taranglashishi (samonapryajenie) deb yuritiladi. 
Armaturani taranglash chog‘ida unda oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlar vaqt 
o‘tishi bilan qaytmas yo‘qotishlar evaziga kamayib boradi. Ushbu yo‘qotishlar 
betonning kirishishi va tob tashlashi, armaturadagi kuchlanishlarning relaksatsiyasi 
(kamayishi), ankerlar deformatsiyasi, armaturaning tuynuk devorlariga ishqalanishi va 
boshqa har xil sabablar natijasida sodir bo‘ladi. Umumiy yo‘qotilishlarning 11 ta turi 
mavjud. 
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni hisoblashda ana shu yo‘qotishlarni 
e’tiborga olish lozim, chunki ular zo‘riqtirilgan armaturadagi kuchlanishning 
kamayishiga olib keladi.
Yo‘qotishlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi yo‘qotishlar 
los 1
element 
tayyorlanayotgan va beton siqilayotgan davrda sodir bo‘ladi. Ikkinchi yo‘qotishlar 

los 2
esa beton siqilgandan keyin hosil bo‘ladi.
Agar armaturalar tayanchlarga tortib taranglangan bo‘lsa, u holda birinchi gurux 
yo‘qotishlar quyidagicha aniqlanadi: 

los 1
=
1
+

2
+

3
+

4
+

5
+

ikkinchi gurux yo‘qotishlar 

los 2
=
8
+


Agar armaturalar betonga tortib taranglangan bo‘lsa, u holda 

los 1
=
3
+



los 2
=
1
+

8
+

9
+

10
+

11
teng bo‘ladi 
yo‘qotishlar miqdori 9-ilovaga asosan aniqlanadi, bunda umumiy miqdori

los 
=
los 1
+
los 2
bo‘ladi, lekin konstruksiyani loyihalashda yo‘qotishlarning umumiy me’yor bo‘yicha 
miqdori 100 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. 

Yüklə 250,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin