Mavzu: Termodinamika asoslariga doir masalalar yechish metodikasi. Reja



Yüklə 6,29 Kb.
tarix18.12.2023
ölçüsü6,29 Kb.
#184294
Fizikadan masalalar yechish metodikasi fanidan seminar mashg\'uloti

Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fizika va astronomiya yo’nalishi 403-guruh talabasi davlatova maxliyoning fizikadan masalalar yechish metodikasi fanidan tayyorlagan seminar taqdimoti

-0.1

Mavzu:Termodinamika asoslariga doir masalalar yechish metodikasi.

REJA:

1.Termodinamika qonunlari

2.Termodinamikaning izojarayonlarga tadbiqi

Termodinamikaning birinchi qonuni

  • Termodinmikaning birinchi qonuni ta’rifi:
  • Sistemaga tashqaridan berilgan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini o’zgartirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.
  • Birinchi tur abadiy dvigatelni qurish mumkin emas, ya’ni tashqaridan olingan issiqlikdan ko’p ish bajaradigan dvigatelni yaratishning imkoniyati yo’q.
  • Termodinamikaning birinchi qonuni energiyasining saqlanish qonuniga asoslangan:tabiatda yuz beradigan hamma jarayonlarda energiya hosil bo’lmaydi ham, yo’q bo’lmaydi ham, u faqat bir turdan boshqa turga aylanib turadi va bir jismdan boshqa jismga o’tib turadi, xolos.
  • Termodinamikaning birinchi qonuni umumiy holda:
  • Q=∆U+A; ∆U=Q+A’

A- tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan ish;

A- tashqi kuchlarning jism ustida bajargan ishi.

Izotermik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni:

  • Bu jarayonda ideal gazning ichki energiyasi o’zgarmaydi,ya’ni ∆U=0.Izotermik jarayonda gaz olayotgan issiqlik miqdorining hammasi ishga sarflanadi:Q=A
  • ─>Izotermik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni:
  • T=const ─ ∆U=0; A=Q; Q=A;

Izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni

Izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni

Sistemaga tashqaridan berilgan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini o’zgartirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.

─>Izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni formulalari:P=const; Q=A+∆U;

Q=P∆V+∆U; A=P∆V; A=սR∆T


HAMMANGIZNI KELAYOTGAN YANGI YIL BAYRAMI BILAN TABRIKLIMANѽ

Izotermik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni.

Izotermik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni.

Hajm o’zgarmaganligi sababli izoxorik jarayonda ish bajarilmaydi,ya’ni A=0. Izoxorik jarayonda ideal gazga beriladigan issiqlik miqdorining hammasi gazning ichki energiyasini o’zgartirishga sarf bo’ladi.

─>Izoxorik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni:

A=0; Q=∆U; V=const

· Gazlarda o’zgarmas bosimdagi issiqlik sig’imining miqdori,o’zgarmas hajmdagi issiqlik sig’imiga nisbatan katta bo’ladi.Chunki,o’zgarmas bosimda gazga beriladigan issiqlining bir qismi ish bajarishga sarf bo’lsa,qolgan qismi gazni isitishga sarf bo’ladi.O’zgarmas hajmda esa berilgan barcha issiqlik miqdori gazni isitishga sarf bo’ladi va bunda ish bajarilmaydi,ya’ni Cp>Cv

Adiabatik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni

Adiabatik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni

Tashqi muhit bilan issiqlik miqdori almashinmay sodir bo’ladigan jarayonga adiabatik jarayon deyiladi. Adiabatik jarayonda sistema tashqaridan hech qanday issiqlik miqdori olmaydi va tashqariga hech qanday issiqlik miqdori bermaydi.

─>Adiabatik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni: Q=0; ∆U+A=0

∆V>0 gaz kengayadi va ∆U<0;∆T<0 (temperatura kamayadi)

∆V<0 gaz kengayadi va ∆U>0;∆T>0 (temperatura ortadi)

∆U=-A

UYGA VAZIFA:

UYGA VAZIFA:

1.O’qituvchi bergan masalalarni yechib kelish

2.Mavzu oxiridagi savollarga javob topib kelish

3.O’tilgan mavzuga oid hayotiy misollar topib kelish


Yüklə 6,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin