Mavzu: Harfiy sa`atlarga misollar yig`ib kelish Reja: harfiy sa`atlarga misollar yig`ib kelish Mubolag‘а ar. – kattalashtirish, kuchaytirish



Yüklə 19,9 Kb.
səhifə1/2
tarix15.04.2023
ölçüsü19,9 Kb.
#98584
  1   2
Harfiy sanatlarga misollar


Mavzu: Harfiy sa`atlarga misollar yig`ib kelish
Reja:
1 Harfiy sa`atlarga misollar yig`ib kelish
2 Mubolag‘а ar. – kattalashtirish, kuchaytirish
3 Alisher Navoiy “Hamsa” asaridan misollar
4 Xulosa
5 Foydalanilgan adabiyotlar

Ming yillik tarixga ega bo'lgan mumtoz adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she'r ahlining diqqat markazida bo'lib kelgan. U yoki bu ijodkor salohiyati haqida borganda uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga e'tibor qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she'riy san'atlardan foydalanish mahorati hamma asrlarda badiiy san'atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan. Ma'lumki, she'riy san'atlar badiiy asarda ifodalangan hayotiyroq, ta'sirchanroq ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar, bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta'minlashga xizmat qilgan. U yoki bu shoir ijodiga, u yoki bu badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalayotgan iz aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, ma'rifiy-tarbiyaviy muammolar mohiyati va ko'lami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qo'llangan she'riy san'atlarning rang-barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar mazmunini ochishdagi o'rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qilingan. Adabiyotimiz tarixi yana shundan dalolat beradiki, she'riy san'atlar shoir badiiy salohiyatini ko'z-ko'z qilish, uning xilma-xil san'atlardan mohirona foydalanish usullarini namoyish etish emas, balki ijodkor badiiy tafakkur dahosining ko'lami, yuksak ijtimoiy-axloqifoyalarni jilolantirish san'atkorligi ifodasi bo'lib kelgan. She'riy san'atlar muayyan badiiy tamoyillarga asoslangan. Bulardan eng muhimi she'riy san'atlarning asar mazmuni bilan uzviy bog'liqligi sanaladi.


Musulmon Sharq poetikasining tarkibiy qismlaridan biri, nutqqa bezak beruvchi san'atlar, ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi soha ilmi badi' bo‘lib, uning asosini mumtoz she'riyat, ba'zida nasrda keng ishlatilgan va zamonaviy adabiyotda hozir ham qo‘llanilayotgan badiiy san'atlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib, ilmi badi' sanoyi' ilmi deb ham yuritiladi. Ilmi badi'ga doir dastlabki asarlar arab tilida yaratilgan bo‘lib, ularga Ibn Mu'tazning “Kitob ul-badi'”(9-a.), Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom” (9-10- a.), , Qudama ibn Ja'farning “Naqd ush-she'r” (10-a.) asarlari kiradi. Ilmi badi' forstojik adabiyotshunosligida o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‘a”, Rashididdin Vatvotning “Xadoyiq us-sehr”, Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam” (uchinchi qismi, 13-a.), Vohid Tabriziyning “Jam'i muxtasar” kabi asarlari shu sohaga bag‘ishlangan mumtoz asarlar sifatida alohida ahamiyatga ega. Turkiy tilda ilmi badi' masalalari aks etgan asar sifatida Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarini keltirish mumkin. Risolaning uchinchi qismi badiiy san'atlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 97 san'at turi haqida so‘z boradi. Ilmi badi'ga doir nisbatan mukammalroq asar Atoulloh Husayniyning “Badoyi' us-sanoyi'” risolasi bo‘lib, unda ilmi badi' tarixida ilk marta badiiy san'atlar uch katta guruhga: ma'naviy, lafziy va mushtarak san'atlarga ajratilgan MUHOKAMA VA NATIJALAR Alisher Navoiy ilmi badi'ga doir maxsus asar yaratmagan bo‘lsa-da, o‘zining “Majolis un-nafois”, “Xamsa” va boshqa ko‘plab asarlarida ilmi badi'ning ba'zi nazariy jihatlariga to‘xtalib o‘tadi. Xususan, “Majolis un-nafois”da Atoulloh Husayniy haqida so‘z yuritar ekan, uning ushbu ilmga doir risola yozganligini ta'kidlaydi: “Mir Atoulloh... Bovujudi donishmandlik, she'r va muammo va sanoe'da dag‘i mahorat paydo qildi va muammog‘a ko‘p mashg‘ul bo‘lur erdi. Holo sabaq kasratidin anga avqoti vafo qilmas, ammo sanoe'da kitobe tasnif qilibdur. «Badoye’i Atoiyg‘a» mavsumdur”. Shuningdek, Navoiy o‘z asarlarida ilmi badi'ga doir ba'zi istiloh va atamalar sharhiga ham to‘xtalib, munosabat bildirib o‘tadi. Jumladan, maqlubi mustaviy san'ati haqida to‘xtalib, shunday yozadi: “bu misra'ki «maqlubi mustaviy» san'atida aytibdur, dalil basdurkim: Mushi xari farrux shavam, Darki raqam qar kard” Navoiy she'riyatida quyidagi badiiy san'atlar qo‘llanilgan: Irsoli masal (ar. – maqol yoki matal yuborish) – baytda maqol, matal va hikmatli so‘zlarni keltirishga asoslangan she'riy san'at. Ilmi badi'ga doir deyarli barcha manbalarda ushbu san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Irsoli masal haqidagi nisbatan to‘liqroq ma'lumot Atoulloh Husayniyning “Badoyi' us-sanoyi'” (15-a.) asarida keltirilgan bo‘lib, unda ushbu san'atning ikki usul bilan hosil bo‘lishi aytiladi: “Birinchi va afzali uldurkim, masalning so‘z va tartibin o‘zgartirmay bergaylar... Ikkinchi yo‘li uldurkim, masalda o‘zgarish yuz berur”. Bunda muallif irsoli masal san'atining birinchi turida she'r tarkibida keltiriladigan maqol yoki hikmatli so‘zning hech o‘zgarishsiz berilishini, ikkinchi turida esa matnning mazmuni saqlangan holda she'r talabi bilan maqol yoki hikmatli so‘zning shakli bir oz o‘zgartirilishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shuningdek, Atoulloh Husayniy irsoli masal san'atining lug‘aviy ma'nosiga ham e'tibor qaratib, “irsol” so‘zi “yubormoq, jo‘natmoq” ma'nosini bildirishini, baytda masal keltirishdan maqsad esa uni muayyan kishiga jo‘natish ekanligini ham aytib o‘tadi: “Irsol lug‘atta yubormoqdur... Aksar baytta masal keltirish, ani mahbub yo mamduh yoki o‘zga kishiga yubormoq uchun bo‘lur, aning uchun bu san'atni aning arzi e'tibori bilan irsol ul-masal deb atapturlar”. Atoulloh Husayniy o‘z fikrini davom ettrib, irsoldan murod irod (keltirish) ham bo‘lishi mumkin, shu sababli bu san'at nomini irod ul-masal deb ham atashlari haqida ham ma'lumot beradi. Alisher Navoiy ijodida ham irsoli masal san'ati keng qo‘llanilgan. Shoir ijodida bu san'atning istifoda etilishini uch xil holatda ko‘rish mumkin: 1) bayt tarkibida qo‘llanilayotgan maqol, matal yoki hikmatli so‘z “masal”, “masaldur”, “masalkim”, “derlar” jumlalari yordamida keltiriladi: Chun masal bo‘ldi soching zulm ichra, yoshurmoq ne sud Mushk isin yashursa bo‘lmas, bu masal mashhur erur. (G‘aroyib us-sig‘ar, 186-g‘azal) Buki, derlar: “Bordurur devor keynida quloq”, Ul fazo davrida ko‘z yetguncha devor o‘lmag‘ay. (G‘aroyib us-sig‘ar, 611-g‘azal) 1) maqol yoki matal yuqoridagi jumlalarsiz aynan keltiriladi: O‘qlaring ko‘nglumga tushkach kuydi ham ko‘z, ham badan Kim, kuyar o‘lu qurug‘ chun naysitong‘a tushti o‘t. (G‘aroyib us-sig‘ar, 86-g‘azal) Har kishikim birovga qozg‘oy choh, Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. (Sab'ai sayyor) 1) maqol yoki matalning mazmuni saqlangan holda, uning shakli bir oz yoki butunlay o‘zgartiriladi: Chu mazra' ichra sochting har ne dona, Hamul dona ko‘targung jovidona (Farhod va Shirin) Qachon sochsa tufroqqa bug‘doy birav, Yo‘q imkonkim, ul arpa qilg‘ay darav. (Saddi Iskandariy) Yuqoridagi ikki baytda “Har kim ekkanini o‘radi” xalq maqoli o‘zgargan shaklda keltirilyapti.
Mubolag‘а (ar. – kattalashtirish, kuchaytirish) – adabiy asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol harakati yoki holatini bo‘rttirib, kuchaytirib ifodalash san'ati. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyatlari yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, o‘quvchi ko‘z oldida yorqinroq gavdalanadi. Mubolag‘a san'ati haqida ilmiy badi'ga doir mumtoz manbalar: Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul balog‘a”, Rashididdin Vatvotning “Hadoyiq us sehr”, Shams Qays Roziyning “Almo‘jam”, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul balog‘a” asarlarida ma'lumotlar keltirilgan bo‘lib, mazkur asarlarda M.ning asosan ig‘roq turiga to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, “Funun ul balog‘a” muallifi shunday yozadi:
tablig‘ – (ar.) aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lgan mubolag‘a. Bunda bo‘rttirib tasvir qilinayotgan hodisa yoki xususiyat aqlga to‘g‘ri keladi va ba'zan qiyinchilik bilan bo‘lsa da, amalga oshishi ham mumkin. Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. (“Badoyi' ul vasat”, 608 g‘azal) Visol va'dasini bergan yorning kelmagani oqibatida oshiqning kechasi bilan uxlamay chiqishi mubolag‘ali tasvir, lekin bu holatni aqlan tasavvur ham qilish mumkin va ba'zan hayotda ham uchrab turadi. 1) ig‘roq – (ar. kamonni qattiq tortmoq) – aqlan ishonish mumkin bo‘lsa ham, hayotda yuz bermaydigan mubolag‘a. Bunday tasvirda o‘quvchi voqea yoki xususiyatni ko‘z oldiga keltirib, tasavvur qila oladi, biroq uning amalda yoki hayotda sodir bo‘lishi mumkin emas. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonida Shirinning oti yiqilay deganda, Farhodning otni va Shirinni yelkasiga ko‘tarib bir necha chaqirim yo‘l bosishini aqlan qabul qilish mumkin bo‘lsa ham, bunday voqea hayotda yuz berishi mumkin emas: Ko‘tardi orqasig‘a bodponi, Nechukkim bodpo, ul dilraboni... Chu ikki-uch yig‘och gom urdi shaydo, Bo‘lub ollinda qasru havz raydo. 1) g‘uluvv (ar. – qo‘lni imkon boricha baland ko‘tarish) – aql ham bovar qilmaydigan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo‘lmagan mubolag‘a: Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim, yetkach ohim shu'lasi, ani sarig‘ gul ayladim. Baytda keltirilishicha, oshiq o‘z yorining qizil yuzini sog‘inib, qizil gulni olib hidlagan ekan, ohining shu'lasidan qizil gul sariq gulga aylanibdi. Tasvirlanayotgan ushbu hodisani aqlan qabul qilish mumkin emas hamda bunday hodisa hayotda ham yuz bermaydi. Radd Ul-Qofiyа (ar. – qofiyaning takrorlanishi) – g‘azal yoki qasida matla'idagi qofiyaning undan keyingi baytlardan birida yoki maqta'da takrorlanishiga asoslangan badiiy san'at. XVI asrgacha yaratilgan poetikaga doir manbalarda “iyto” deb yuritilgan. Sakkokiyning “Miftoh ul-ulum”, Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam” (1218-1233), Nasiriddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or” (13-a.) Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi' ul-afkor fi sanoyi' ul-ash'or” (15-a.), Abdurahmon Jomiyning “Risolai qofiya” (1465), Atoulloh Husayniyning “Risolai vofiy dar qavoyidi ilmi qavofiy” (1487) asarlarida mazkur san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Ushbu asarlarning deyarli barchasida iyto qofiya nuqsonlaridan biri sifatida e'tirof etilib, agar takrorlanuvchi qofiyalar orasida muayyan masofa bo‘lsa (g‘azal va qit'ada 7 baytdan keyin, qasidada esa 14-20 baytdan keyin) yoki she'r ikki matla'ga ega bo‘lsa (she'r o‘rtasida yana bir qo‘sh qofiyalanuvchi bayt kelsa), iytodan foydalanish mumkin degan umumiy xulosa aytiladi. Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” (1436-37) asarida radd ul-qofiya san'ati radd ul-matla' tarkibida tahlil qilinib, risolada keltirilgan radd ul-matla'ning ikkinchi va uchinchi turlari aynan radd ul-qofiya san'atiga mos keladi: “Ikkinchi nav'i ulkim, avvalgi misra'ning qofiyasini maqta'ning oxirinda radd qilurlar... Uchinchi nav'i ulkim, avvalgi misra'ning qofiyasini ikkinchi bayt yo uchinchi baytta radd qilurlar”. Bunda muallif san'atining matla'dagi qofiyaning maqta'da yoki ikkinchi va uchinchi baytlardan birida takrorlanishiga asoslanishini ta'kidlayapti. Alisher Navoiy g‘azaliyotida ushbu san'at ancha faol qo‘llanilgan bo‘lib, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida uning turli ko‘rinishdagi 450 dan ortiq namunalarini uchratish mumkin (Yo.Is’hoqov). Shoir she'riyatida radd ul-qofiyaning quyidagi ko‘rinishlari qo‘llanilgan: 1. G‘azaldagi birinchi misraning qofiyasi ikkinchi baytda takrorlanishiga asoslangan: Bahor sensiz o‘luptur manga ajab do‘zax, Qizil gul anda o‘tu oq shukufalardur yax

Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin