1. Talim berishni o‘quv fanlari bo‘yicha emas, balki “mavzular” bo‘yicha intenratsiyalab olib borish. STEM ta’limida fanlararo aloqa va loyihalash metodi birlashtirilgan bo‘lib,
uning asosida tabiiy fanlarni texnologiyaga, muxandislik ijodiyotiga va
matematikaga integratsiya qilish yotadi. Bunda muhandislik bilan bog‘liq kasblarga
bo‘lgan tayyorgarlik amalga oshiriladi.
2. Ilmiy texnik bilimlarni real hayotda qo‘llash. STEM ta’limida amaliy mashg‘ulotlar yordamida, bolalarga ilmiy-texnik
bilimlardan real hayotda foydalanish namoyish qilinadi. Har bir darsda o‘quvchilar
zamonaviy loyihalashga oid modellarni ishlab chiqadi, quradi va modelni
takomillashtiradi. Ular aniq loyihani o‘rganadi, natijada real mahsulotning prototipini
yaratadilar. Masalan, o‘quvchilar harakatlanuvchi sodda robotni yasashda
muhandislik kasbi, muhandislik dizayni, elektrotexnik, konstruktor, loyihalash,
texnologik jarayon, texnologik xarita kabi tushunchalar bilan tanishadilar.
3. Tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish va muammolarni yechish.
STEM dasturi, bolalar kundalik hayotlarida duch keladigan qiyinchiliklarni
yengishda zarur bo‘ladigan tanqidiy taffakur va muammolarni yechish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, bolalar tez yuradigan mashina modelini
yig‘adilar, so‘ngra uni sinovdan o‘tkazadilar. Birinchi sinovdan so‘ng kutilgan
natijaga erishilmasa, uning sabablari haqida o‘ylaydi va topadilar.
4
T e x n ik fa n la rg a b o ‘lg a n q iziq ish la rin i riv o jla n ti rish Lo y ih a la rg a k re a ti v v a in n a v a tsio n y o n d a sh u v T a ’lim v a k a re ra o ra sid a g i k o ‘p rik O ‘q u v ch ila rn in g te xn o lo g ik in n o v a tsio n h a y o tg a ta y y o rla sh S T E M m a k ta b d a stu rla rig a q o ‘sh im ch a sifa ti d a
Balki, g‘ildiraklarning kattaligi yoki ishlash mexanizmlari to‘g‘ri kelmagandir.
Har bir sinovdan so‘ng mavjud kamchiliklarni bartaraf etib boriladi.