4. O‘z kuchiga ishonch hissini ortishi. O‘quvchilar robototexnika, mashina va samolyot modelini ishga tushirish va
boshqa ishlarni bajarishda oldilariga qo‘ygan maqsadlariga yerishish uchun harakat
qiladilar. Har bir sinovdan so‘ng modelni takomillashtirib boradilar. Oxirida barcha
muammolarni o‘z kuchlari bilan yengib, o‘ylagan maqsadlariga erishadilar. Bu
o‘quvchilar uchun ruhlanish, g‘alaba va quvonch demakdir. Har bir g‘alabadan so‘ng
ular o‘z kuchlariga yanada ishonadilar.
5. Falol kommunikatsiya va jamoada ishlash.
STEM dasturi faol kommunikatsiya va jamoada ishlash bilan farqlanadi.
Muloqat davrida o‘z fikrlarini bayon qilish va bahs-munozara olib borish uchun erkin
muhit vujudga keltiriladi. Ular gapirishga va taqdimot o‘tkazishga o‘rganadilar.
O‘quvchilar doimo o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan muloqotda bo‘ladilar.
O‘quvchilar har bir ish jarayonda faol qatnashsalar, mashg‘ulotni yaxshi eslab
qoladilar.
6. Texnik fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Boshlang‘ich ta’limda STEM ta’limining vazifasi, o‘quvchilarni texnologiya
faniga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishdan iborat bo‘lib, bajaradigan ishini sevib
bajarish, qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. STEM
mashg‘ulotlari juda dinamik va qiziqarli bo‘lsa o‘quvchilar mashg‘ulot vaqtida
zerikishmaydi va darsdan unumli foydalanadilar.
7. Loyihalarga kreativ va innavatsion yondashuv.
STEM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokama, dizayn, qurish, sinovdan o‘tkazish va rivojlantirish. Bu bosqichlar tizimli loyihalash
yondashuvining asosi hisoblanadi. Turli imkoniyatlarning birgalikda mavjud bo‘lishi
yoki birgalikda ishlatilishi o‘z navbatida kreativlik va innovatsiyaning asosi bo‘lib
hisoblanadi. Shunday qilib, fan va texnologiyaning birgalikda o‘rganilishi ko‘pgina
yangi innovatsion loyihalarni yaratishga olib keladi.