Mavzu: Tez-tez kasallanuvchi bolalar



Yüklə 133,95 Kb.
tarix25.09.2023
ölçüsü133,95 Kb.
#148343
Abduxoliqov Nodir 610

Mavzu: Tez-tez kasallanuvchi bolalar

Tayyoraladi:

610-guruh talabasi

Abduxoliqov Nodir

  • Bolalar kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini (immunitet) homila davrida onadan oladi. Immunitet har bir organizmda individual shakllangan boʻladi. Bir yoshgacha boʻlgan chaqaloqlarda esa immunitet ona organizmidan goʻdakka ona suti orqali oʻtadi va shuning natijasida bolada tabiiy immunitet hosil boʻladi. Bu esa bolani turli kasalliklardan himoya qiladi.
  • Tugʻilgandan soʻng bolada sunʼiy immunitet hosil boʻlishi uchun bola profilaktik tarzda emlanadi. Natijada bola organizmida turli xil infeksion kasalliklarga qarshi immunitet paydo boʻladi.
  • 3 yoshgacha boʻlgan bolalar yiliga 4-martadan koʻp, 3 yoshdan yuqori boʻlgan bolalar esa yiliga 6-martadan koʻp respirator kasalliklar yaʼni OʻRVI (oʻtkir respirator virusli infeksiya), gripp, bronxit kabi kasalliklar bilan kasallansalar bunday bolalar tez-tez kasallanuvchi bolalar guruhiga kiradilar. Bu bolalar shifokor nazoratida boʻlishlari va surunkali kasalliklari boʻlsa ularni muntazam ravishda davolatib turishlari zarur.

Bolalarning tez-tez kasallanishlarining sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:

  • Ruhiy muammolar
  • Nasldan-naslga o’tish
  • Homiladorlik paytidagi muammolar
  • Vaqtidan oldin tug’ilish
  • Allergiya
  • To’g’ri ovqatlanmaslik
  • Noto’g’ri yashash tarzi

Ruhiy muammolar

  • Ular psixosomatik deb ataluvchi har xil kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin. Stresslar, og‘ir kechinmalar, hayajonli daqiqalar bolalar immunitetiga kuchli putur yetkazadi.

Nasldan naslga o’tish

  • Agar ota-ona hayotining ko‘p qismini burnida ro‘molcha bilan o‘tkazgan bo‘lsa, bolaning tez-tez kasallikka chalina boshlashidan ajablanmasa ham bo‘ladi.

Homiladorlik paytidagi muammolar

  • Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ona qornida rivojlanishdagi muammolar, homiladorlik va tug‘ishning og‘ir kechishi, bo‘lg‘usi onadan o‘tkazilgan infeksiyalar ham yangi tug‘ilgan chaqaloq immunitetiga zarar yetkazadi.

Vaqtidan oldin tug’ilish

  • Agar go‘dak muddatidan oldin tug‘ilsa, u ham tez-tez kasallikka chalinish xavfi bo‘lgan guruhga kiradi.

Allergiya

  • Bunda bolaning aynan nimaga reaksiyasi borligi muhim emas. Tibbiyot xodimlari atopik dermatit, oziq-ovqatlar allergiyasi, pollinoz, bronxial astma va burun-xalqum infeksiyalarining hammasi uchun bitta gen javob berishini isbot qildi. U ham nasldan naslga o‘tadi.

To’g’ri ovqatlanmaslik

  • Bola ratsionida vitaminlar, oqsil, mikroelementlar, kletchatkalarning kamligi yoki u sun’iy ovqatlar bilan boqilayotgan bo‘lsa, bu immunitet uchun iz qoldirmasdan o‘tib ketmaydi.

Noto’g’ri yashash tarzi

  • Agar bola uyda o‘tirsa, kamdan-kam sayrga chiqsa, sport bilan shug‘ullanmasa va toza havoda faol o‘yinlar o‘ynamasa uning virusga chalinish xavfi yuqoriroq bo‘ladi. Jamoat transportlarida ko‘p yuradigan, yopiq joydagi guruhlar ichida ko‘p shug‘ullanadigan, bolalar bog‘chasiga boradigan, turli xil tadbirlarga va odamlar to‘planadigan joylarga ko‘p qatnashadigan bolalar haqida ham xuddi shuni aytish mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 133,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin