Mavzu: Tijorat banklari va ularning operatsiyalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix24.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#160410
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu Tijorat banklari va ularning operatsiyalari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


27 
III BOB. TIJORAT BANKLARINING LIZING OPERATSIYALARI 
 
3.1 Lizing operatsiyalari moxiyati va huquqiy asoslari 
 
 
«Boylik mulkka egalik qilishda emas,
balki undan samarali foydalanishdadir».
(Aristotel) 
Yuqorida keltirilgan fikr orqali Aristotel birinchi bo’lib lizing g’oyasini 
yaratgan. Lizingning rivojlanish bosqichi XIX asrning II yarmi va XX asrning
dastlabki yillaridan boshlangan. Xozirgi kunda lizingga turlicha ta’riflar berilgan. 
Jumladan: Yevropa Federatsiyasining lizing buyicha milliy assotsiyatsiyasi 
tomonidan lizingga quyidagicha ta’rif berilgan: «Lizing – bu ijarachilarning ishlab 
chikarish maqsadida zavod, sanoat tovarlari, uskunalar va quzgalmas mulklardan 
foydalanish bo’yicha ijara shartnomasi bo’lib, bunda mazkur tovarlar ijara beruvchi 
tomonidan sotib olinib, u mulkka bulgan egalik qilish huquqini beradi.»
Lizing bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir taraf (lizing oluvchi)ning
topshirig’iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi)dan lizing shartnomasiga 
muvofiq lizing ob’ekti bo’lgan mulkni o’z mulki qilib sotib olib, uni lizing oluvchiga
haq evaziga lizing shartnomasida belgilangan shart bilan vaqtinchalik foydalanish,
egalik qilish uchun hamda shart tugagandan so’ng lizing ob’ektini sotib olish huquqi 
bilan beradigan mulkiy munosabatlar majmuasidir. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri iqtisodiyotida O'zbekistonda tadbirkorlik
faoliyatini tezkor sur’atlar bilan rivojlantirish , bir tomondan zamonviy uskuna 
va texnologiyalarni qo’llashni , ikkinchi tomondan esa zarur bo’lgan moliyaviy
resurslarni izlab topishni talab etadi. Zamonaviy yangi texnika ,uskuna va
texnologiyalar ishlab chiqaruvchilar ,moliyaviy resurslarga ega bo’lgan va bu
mablag’larni samarali ishlatish maksadlarida faoliyat yurituvchilar hamda 
tadbirkorlik faoliyati soxiblari o’zaro manfaatli munosabatlarni yo’lga qo’yishida
lizin juda ham qo’l keladi. 
Lizingning oddiy ijaradan farqi shundaki, lizingda ijaraga berilgan asbob 
uskunalar shartnoma muddati tugagandan so’ng ularni qoldiq qiymat bo’yicha sotib 
olish ko’zda tutiladi. 
Lizing muomalalarining turlaribir necha bo’lib, amalda ularning ikki turi 
nisbatan ko’proq qo’llanadi.Ular: 

operativ 

moliyaviy 
Lizing iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni, uning muxim tarmoqlari 
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan faol davom 
ettirish,ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, ichki istemol va 
maxalliy ishlab chiqarishni rag’batlantirish, ekport qiluvchi korxonalarni, kichik 
biznes va hususiy tadbirkorlik subektlarini xar tomonlama qo’llab quvvatlash hamda 
zamonaviy taxnika taxnologiyalarni jalb etishning eng samarali usullaridan biri 
hisoblanadi. 


28 
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, Evropaning rivojlangan davlatlarida 
lizingning YaIM dagi ulushi sezilarli darajada bo’lib, bir yillik asosiy vositalarga 
qilingan jami investitsiyalarning o’rtacha 12.5 foizi lizing hisobiga to’g’ri keladi. 
AQSH, Yaponiya, EI mamlakatlarida lizing kech muomalaga kirib kelganiga 
qaramasdan, jadal rivojlangan. Buning asosiy sabablari hukumat tomonidan berilgan 
bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalari hisoblanadi. 
Ushbu istiqbolli soxani rivojlantirish maqsadida respublikamiz xukumati
tomonidan muxim chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Jumladan , O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2002 yil avgust oyida chikarilgan «Lizing faoliyatini
rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora -tadbirlari to'g'risida» gi Farmoni , 
lizing sektorining rivojlanishini murakkablashtiradigan soliq to’siklarini bartaraf
etdi. 2004 yil 26 aprelda «Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirsh chora-tadbirlari 
to'g'risida» qarorning qabul qilinishi esa, lizing oluvchilarga soliqqa tortish 
maqsadlarida jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash imkonini berdi. 
Tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan lizing operatsiyalarining 
huquqiy asoslari: 

1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksining 587-599 – moddalari; 

O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi «Lizing 
to‘g‘risida»gi qonuni;

2001 yil 1 fevraldan kuchga kirgan «Xalkaro moliyaviy lizing 
to'g'risida»gi Konvensiya; 

«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunning 4-moddasida
Tijorat banklariga mazkur faoliyat turi bilan shug’ullanishga ruxsat 
berilgan;

Markaziy 
bankning 
«O‘zbekiston Respublikasi banklari 
tomonidan moliyaviy lizingni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom va 
boshqalardir. 
Respublikamizda qabul qilingan ushbu huquqiy asoslarda, lizing operatsiyalarini 
amalga oshirishda bir qator imtiyoz va preferansiyalar berilganligini hisobga olsak, 
lizing amaliyotiga jadaj o’sish kuzatilmoqda. 
Biz quyida liizing xizmatlari xajmining o’sishini YaIM o’sishi bilan 
taqqoslash imkoniga egamiz. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin