Mavzu: Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari reja: Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va uning turlari


Bu qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi mumkin



Yüklə 47,16 Kb.
səhifə2/6
tarix18.12.2023
ölçüsü47,16 Kb.
#184318
1   2   3   4   5   6
3-KURS 10-mavzu ma\'ruza

Bu qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi mumkin:

    1. Aksiyalar.

    2. Obligatsiyalar.

    3. Xazina majburiyatlari.

    4. Depozit sertifikatlari.

    5. Veksellar.

    6. Qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar kiradi (1-sxemaga qarang).

Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 96-moddasiga binoan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  1. Chek.

  2. Depozit va jamg‘arma sertifikatlari.

  3. Bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi.

  4. Konosament.

  5. Obligatsiyalar.

  6. Veksellar.

Qimmatli qog‘ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz: aksiya

  • bu qimmatli qog‘oz bo‘lib:

    • harakat muddati cheklanmagan;

    • huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan aksionerlik jamiyatiga muayyan hissa qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi;

    • aksiya bo‘yicha divident ko‘rinishida foyda olish huquqini beruvchi aksiyadorning shujamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir. Qimmatli qog‘ozlar jahonning katta bir boyligi hisoblanib, boshqa boyliklarga nisbatan ham umumiy qiymati bo‘yicha, ham hajmi bo‘yicha oldingi o‘rinlarga chiqmoqda. Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarib, pullarni bir necha o‘n yillar yoki umuman muddatsiz foydalanishga olish mumkin. Bu korxona va tashkilotlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etib, ularga ishlab chiqarish, hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun bank ssudalaridan foydalanmasdan turib pul resurslarini jalb qilish imkoniyatini beradi. Chunki barqaror bo‘lmagan iqtisodiyot va pulning qadrsizlanishi sharoitida bank qisqa muddatli kreditlarni berishni afzal ko‘radi. Qimmatli qog‘ozlar aholi uchun ham juda katta ahamiyatga ega, ular pullarni qo‘lda ushlab turmasdan, qimmatli qog‘oz olib, ularga egalik qilish yo‘li bilan o‘z jamg‘armalari hisobiga daromad oladilar va korxonalarni boshqarishda amalda ishtirok etadilar. Xo‘jalik yurituvchi subyektlari va aholi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini omonatga qo‘yishdan ko‘ra qimmatli qog‘ozlarga sarflashlari ma’lum afzalliklarga ega, masalan, sarflangan mablag‘lar muddatidan ilgari foydalanish zarurati tug‘ilganda uni sotishi hamda undan qulay va hech qanday sarf-xarajatsiz to‘lov vositasi yoki kredit olish uchun garov sifatida foydalanishi mumkin.


Yüklə 47,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin