To‘lov balansi holati. Aktiv to‘lov balansi milliy valyuta kursining ko‘tarilishiga olib keladi, chunki unga chet el qarzdorlari tomonidan talab ortadi. Passiv to‘lov balansi milliy valyuta kursining pasayishiga moyillik yaratadi, unda qazdorlar milliy valyutani chet el valyutasiga o‘z tashqi majburiyatlarini qoplash maqsadida sotadilar. To‘lov balansining nobarqarorligi tegishli valyutaga talab va taklifning sakrash tarzida o‘zgarishiga olib keladi. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kapital harakatining to‘lov balansiga va natijada valyuta kursiga ta’siri ko‘paydi.
Turli mamlakatlarda foiz stavkalarining har xilligi.
Bu omilning valyuta kursiga ta’siri 2 ta asosiy holat bilan tushuntiriladi. Birinchidan, mamlakatda foiz stavkalarni o‘zgarishi xalqaro kapital harakatining boshqa shartlarida ham ta’sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, foiz stavkasining ko‘paytirilishi chet el kapitalining oqib kelishini, uning pasayishi esa kapitalning (milliy kapitalni ham) chet elga oqib chiqib ketishini rag‘batlantiradi. Kapitallar harakati, ayniqsa, spekulyativ «qaynoq» pullar harakati to‘lov balanslarining nobarqarorligini kuchaytiradi. Operatsiyalarni amalga oshirganda banklar milliy va jahon bozorlaridagi foiz stavkalaridagi farqni e’tiborga oladilar. Ular foyda olish maqsadida chet el bozorida arzonroq kredit olib (pastroq stavkada) hamda milliy kredit bozoriga, agar foiz stavkalari yuqori bo‘lsa, chet el valyutasini joylashtirishni afzal ko‘radilar. Valyuta bozori faoliyati va spekulyativ valyuta operatsiyalari.Agar qandaydir bir valyuta kursi pasayishga moyil bo‘lsa, firma va banklar vaqtdan unumli foydalanib, uni yaxshiroq valyutaga sotadilar. Bunda kuchsizlashgan valyuta pozitsiyasi yanada yomonlashadi. Valyuta bozorlari iqtisod va siyosatdagi o‘zgarishlardan, kurs nisbatlari siljishidan tez ta’sirlanadi. Shu bilan birga, ular valyuta spekulyasiyasi imkoniyatlarini va stixiyali tarzdagi «qaynoq» pullar harakatini kengaytiradi.
Ma’lum bir valyutani yevrobozorda va xalqaro hisob- kitoblarda ishlatishdarajasi. Masalan, bank operatsiyalarining 60–70%ni dollarda, Yevroda amalga oshirilishi shu valyutalarga bo‘lgan talab va taklif masshtablarini belgilaydi. Valyuta kursiga valyutaning xalqaro hisob- kitoblarda ishlatilish darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. 90-yillar boshida xalqaro to‘lovlarning 55%ni neft, uchun hisob-kitoblarning 86–90%ni, tashqi qarzdorlikning 70% i dollarda amalga oshirilgan. Shu sababli, davriy neftga narxning o‘sishi, hattoki dollarning xarid qilish qobiliyati tushgan sharoitlarda ham davlat qarzlari bo‘yicha to‘lovlarning o‘sishi dollar kursining ko‘tarilishiga imkon beradi.