Mavzu: Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari reja: Valyuta va valyuta kursi tushunchasi


Valyuta kursi nisbatiga xalqaro to‘lovlarning tezlashishi yoki sekinlashishi ham ta’sir qiladi



Yüklə 50,84 Kb.
səhifə6/6
tarix07.01.2024
ölçüsü50,84 Kb.
#204061
1   2   3   4   5   6
3-KURS 8-mavzu ma\'ruza

Valyuta kursi nisbatiga xalqaro to‘lovlarning tezlashishi yoki sekinlashishi ham ta’sir qiladi. Milliy valyuta kursining pasayishiga umid bog‘lab, importyorlar kurs ko‘tarilishi oqibatida zarar ko‘rmaslik maqsadida, kontragentlariga chet el valyutasida to‘lovlarni tezroq amalga oshirishga harakat qiladilar. Milliy valyutani mustahkamlashda esa ular chet el valyutasidagi to‘lovlarni sekinlashtirishga harakat qiladilar. «Lidz end legz» nomli bunday usul to‘lov balansi va valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatadi.
Milliy va jahon bozorlarida valyutaga ishonch darajasi. U mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holat bilan, shuningdek, valyuta kursiga ta’sir qiluvchi yuqorida ko‘rsatilgan omillar bilan aniqlanadi. Shuningdek, dillerlar nafaqat hozirgi vaqtdagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyasiya, valyutaning xarid qobiliyati darajasi, valyutaga bo‘lgan talab va taklif nisbatini, balki ularning dinamikasi istiqbollarini ham hisobga oladilar. Ba’zida hattoki savdo va to‘lov balansi haqidagi ma’lumotlar yoki saylov natijalari qanday bo‘lishi talab va taklif nisbatiga, valyuta kursiga bog‘liq. Valyuta siyosati. Valyuta kursining davlat boshqaruvi va bozor boshqaruv o‘rtasidagi nisbat valyuta kursi dinamikasiga ta’sir qiladi. Valyuta bozorlarida valyutaga talab va taklif mexanizmi orqali valyuta kursining shakllanishi oqibatida kurs nisbatlarining kuchli o‘zgarishi ro‘y beradi. Bozorda real valyuta kursi yuzaga keladi (Iqtisodiy holatni, pul aylanishi, moliya, kredit va muayyan valyutaning ishonchliligining ifodalovchi ko‘rsatkich). Valyuta kursini davlat boqaruvi valyuta–iqtisodiy siyosatdan kelib chiqqan holda, uning ko‘tarilishi yoki tushishiga yo‘naltirilgan. Shu maqsadda ma’lum bir valyuta siyosati o‘tkaziladi. Shunday qilib, valyuta kursining shakllanishi-murakkab ko‘p omilli jarayon bo‘lib,milliy va jahon iqtisodiyoti va siyosatining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Shu sababli, valyuta kursini prognoz qilishda yuqorida aytib o‘tilgan kursni shakllantiruvchi omillar, hamda ma’lum shart-sharoitga bog‘liq ravishda ularning valyutalar nisbatiga ko‘p tomonlama ta’siri hisobga olinadi. Valyuta kursi takror ishlab chiqarishda ham faol rol o‘ynaydi. Tadbirkor valyuta kursi yordamida o‘z ishlab chiqarish xarajatlarini jahon bozori narxlari bilan solishtiradi. Bu alohida korxona va mamlakatlarning tashqi iqtisodiy operatsiyalari natijalarini ko‘rishga imkon beradi. Valyuta kursi eksport va import baholari nisbatiga, firmalar raqobatbardoshligiga korxonalar foydasiga ta’sir qiladi. Valyuta kursi yoki milliy valyuta bahosi har qanday boshqa tovar bahosi kabi erkin boshqariladigan, o‘rnatiladigan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun uni erkin suzib yuruvchi, cheklangan darajada suzib yuruvchi va qayd etilgan valyuta kurslariga ajratiladi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi ma’lum bo‘lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSH dollari, Yevro, Yaponiya ienasi, Angliya funt sterlingi kurslari. Shu bois bu valyutalar jahon valyuta ayriboshlashida keng ishtirok etadi. Cheklangan darajada suzibyuruvchi valyuta kurslarining o‘zgarishi ayrim valyutalar yoki valyuta savati kursi o‘zgarishiga bog‘liq. Misol uchun, «uchinchi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari o‘z valyutalarini AQSH dollariga, fransuz franki»ga va boshqa xorijiy valyutalarga bog‘laydilar. Cheklangan darajada suzib yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o‘z valyutalarining tebranish chegarasini hamkorlik qilayotgan sheriklari bilan kelishib oladilar. Qayd etilgan valyuta kursi – bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan bahosi bo‘lib, unga valyuta bozori talab va taklifning o‘zgarishi ta’siri qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd etilgan valyuta kursi ham rivojlangan malamlakatlarda yoki iqtisodiyoti tashqi bozorga etarli darajada kirib bormagan mamalakatlarda ularning moliya tizimini va milliy ishlab chiqarishni kuchli xorijiy raqobatchilardan himoya qilish va quvvat- lash maqsadida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan valyuta siyosati, bevosita hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq holda olib borilmoqda. Davlat tomonidan valyutaviy huquqlarni himoyalashga doir mustahkam qonunchilik va institutsional asosni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rgan holda davlat bosh islohotchi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu shuningdek, valyuta bozori infratuzilmasini yaratishga doir aniq maqsadga yo‘naltirilgan siyosatning amalga oshirilishida ham namoyon bo‘lmoqda. Shu tarzda davlat islohotlarining murakkab bosqichlarida islohotlarni ancha oshirishga qodir bo‘lgan yetakchi kuch ekanligini ko‘rsatmoqda. Davlat shuningdek, bir qator maxsus davlat organlarini tashkil etish yo‘li bilan islohotlarni tartibga solishni amalga oshirmoqda. Albatta, Markaziy bank davlat banki sifatida bu borada muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasining ”Valyutani tartibga solish to‘g‘ri- sida”gi Qonuniga muvofiq, quyidagilar valyuta nazorati organlari hisoblanadi: jumladan, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Bojxona Qo‘mitalaridir. Ularni har biri o‘z vazifa va funksiyalarga egadir. Vakolatli banklar esa valyuta nazorati agentlari hisoblanadi.
Nazorat savollari:
1.Valyuta kursini barqarorlashtirishda davlat ham qatnashadimi?
2.Valyuta konvertatsiyasi nima uchun zarur?
3.Valyuta bo‘yicha sotuvchi va sotib oluvchi kurslar haqida nimalar deya olasiz?
4.Valyuta operatsiyalari jarayonida qanday turdagi shartno-malar tuziladi?
5.Valyuta arbitraji nima maqsadda o‘tkaziladi?
6.Banklarning valyutaviy holati deganda nimani tushunasiz?
7.Valyuta operatsiyalarini bajarish zarurati nimada?
8.Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida qanday turdagi hisob shakllari qo‘llaniladi?

Yüklə 50,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin