Valyuta kursining inflyasiya sur’atlariga bog‘liqligi, ayniqsa, tovar-xizmatlar va kapitallarni xalqaro ayirboshlash hajmi katta bo‘lgan mamlakatlarda kuchliroqdir. Sababi shundaki, valyuta dinamikasi va inflyasiya sur’ati o‘rtasidagi kuchli bog‘liqlik, valyuta kursining eksport baholarda hisob-kitob qilishda yuzaga keladi. Jahon bozori narxlari internatsional qiymatning puldagi ifodasini aks ettiradi. Import narxlariga kelsak, tegishli valyuta paritetida hisob-kitob qilish unchalik qulay kelmaydi, chunki, uning o‘zi valyuta kursi dinamikasiga bog‘liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlar bunday hisob-kitob uchun ulgurji baholar indeksidan foydalangani ma’qulroq. CHunki bu mamlakatlarda ulgurji ichki savdo va eksport ma’lum darajada mos keladi. Boshqa mamlakatlarda ushbu indeksga ko‘pgina eksport qilinadigan tovarlar kirmaydi. CHakana narxlar asosidagi bunday hisob-kitob noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin, chunki u jahon savdo ob’ekti bo‘lmagan bir qator xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Oxirgi navbatda jahon bozorida real xarid qobiliyatiga mos ravishda stixiyali tarzda milliy valyuta kurslarining tenglashishi yuz bermoqda. Real valyuta kursi ikki mamlakat narxlari darajasi nisbatiga ko‘paytirilgan nominal kurs sifatida aniqlanadi.
To‘lov balansi holati.Aktiv to‘lov balansi milliy valyuta kursining ko‘tarilishiga olib keladi, chunki unga chet el qarzdorlari tomonidan talab ortadi. Passiv to‘lov balansi milliy valyuta kursining pasayishiga moyillik yaratadi, unda qazdorlar milliy valyutani chet el valyutasiga o‘z tashqi majburiyatlarini qoplash maqsadida sotadilar. To‘lov balansining nobarqarorligi tegishli valyutaga talab va taklifning sakrash tarzida o‘zgarishiga olib keladi. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kapital harakatining to‘lov balansiga va natijada valyuta kursiga ta’siri ko‘paydi.3.
To‘lov balansi holati. Aktiv to‘lov balansi milliy valyuta kursining ko‘tarilishiga olib keladi, chunki unga chet el qarzdorlari tomonidan talab ortadi. Passiv to‘lov balansi milliy valyuta kursining pasayishiga moyillik yaratadi, unda qazdorlar milliy valyutani chet el valyutasiga o‘z tashqi majburiyatlarini qoplash maqsadida sotadilar. To‘lov balansining nobarqarorligi tegishli valyutaga talab va taklifning sakrash tarzida o‘zgarishiga olib keladi. Zamonaviy sharoitlarda xalqaro kapital harakatining to‘lov balansiga va natijada valyuta kursiga ta’siri ko‘paydi.3.
Turli mamlakatlarda foiz stavkalarining har xilligi.Bu omilning valyuta kursiga ta’siri 2 ta asosiy holat bilan tushuntiriladi. Birinchidan, mamlakatda foiz stavkalarni o‘zgarishi xalqaro kapital harakatining boshqa shartlarida ham ta’sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, foiz stavkasining ko‘paytirilishi chet el kapitalining oqib kelishini, uning pasayishi esa kapitalning (milliy kapitalni ham) chet elga oqib chiqib ketishini rag‘batlantiradi.