Mavzu: tijorat banklarining valyuta operatsiyalari

Yüklə 67,36 Kb.
səhifə4/6
tarix05.05.2023
ölçüsü67,36 Kb.
#107905
1   2   3   4   5   6
bank ish

Kapitallar harakati, ayniqsa, spekulyativ «qaynoq» pullar harakati to‘lov balanslarining nobarqarorligini kuchaytiradi. Operatsiyalarni amalga oshirganda banklar milliy va jahon bozorlaridagi foiz stavkalaridagi farqni e’tiborga oladilar. Ular foyda olish maqsadida chet el bozorida arzonroq kredit olib (pastroq stavkada) hamda milliy kredit bozoriga, agar foiz stavkalari yuqori bo‘lsa, chet el valyutasini joylashtirishni afzal ko‘radilar.4.

  • Valyuta bozori faoliyati va spekulyativ valyuta operatsiyalari. Agar qandaydir bir valyuta kursi pasayishga moyil bo‘lsa, firma va banklar vaqtdan unumli foydalanib, uni yaxshiroq valyutaga sotadilar. Bunda kuchsizlashgan valyuta pozitsiyasi yanada yomonlashadi. Valyuta bozorlari iqtisod va siyosatdagi o‘zgarishlardan, kurs nisbatlari siljishidan tez ta’sirlanadi. SHu bilan birga, ular valyuta spekulyasiyasi imkoniyatlarini va stixiyali tarzdagi «qaynoq» pullar harakatini kengaytiradi.
  • Ma’lum bir valyutani evrobozorda va xalqaro hisob-kitoblarda ishlatish darajasi.Masalan, bank operatsiyalarining 60-70%ni dollarda, Evroda amalga oshirilishi shu valyutalarga bo‘lgan talab va taklif masshtablarini belgilaydi. Valyuta kursiga valyutaning xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilish darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. 90-yillar boshida xalqaro to‘lovlarning 55%ni neft, uchun hisob-kitoblarning 86-90%ni, tashqi qarzdorlikning 70% i dollarda amalga oshirilgan. SHu sababli, davriy neftga narxning o‘sishi, hattoki dollarning xarid qilish qobiliyati tushgan sharoitlarda ham davlat qarzlari bo‘yicha to‘lovlarning o‘sishi dollar kursining ko‘tarilishiga imkon beradi.

    • Valyuta kursi nisbatiga xalqaro to‘lovlarning tezlashishi yoki sekinlashishi ham ta’sir qiladi. Milliy valyuta kursining pasayishiga umid bog‘lab, importyorlar kurs ko‘tarilishi oqibatida zarar ko‘rmaslik maqsadida, kontragentlariga chet el valyutasida to‘lovlarni tezroq amalga oshirishga harakat qiladilar. Milliy valyutani mustahkamlashda esa ular chet el valyutasidagi to‘lovlarni sekinlashtirishga harakat qiladilar. «Lidz end legz» nomli bunday usul to‘lov balansi va valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatadi.
    • Milliy va jahon bozorlarida valyutaga ishonch darajasi. U mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holat bilan, shuningdek, valyuta kursiga ta’sir qiluvchi yuqorida ko‘rsatilgan omillar bilan aniqlanadi. SHuningdek, dilerlar nafaqat hozirgi vaqtdagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyasiya, valyutaning xarid qobiliyati darajasi, valyutaga bo‘lgan talab va taklif nisbatini, balki ularning dinamikasi istiqbollarini ham hisobga oladilar. Ba’zida hattoki savdo va to‘lov balansi xaqidagi ma’lumotlar yoki saylov natijalari qanday bo‘lishi talab va taklif nisbatiga, valyuta kursiga bog‘liq.
    • 8 Valyuta siyosati. Valyuta kursining davlat boshqaruvi va bozor boshqaruv o‘rtasidagi nisbat valyuta kursi dinamikasiga ta’sir qiladi. Valyuta bozorlarida valyutaga talab va taklif mexanizmi orqali valyuta kursining shakllanishi oqibatida kurs nisbatlarining kuchli o‘zgarishi ro‘y beradi. Bozorda real valyuta kursi yuzaga keladi (Iqtisodiy holatni, pul aylanishi, moliya, kredit va muayyan valyutaning ishonchliligining ifodalovchi ko‘rsatkich). Valyuta kursini davlat boqaruvi valyuta–iqtisodiy siyosatdan kelib chiqqan holda, uning ko‘tarilishi yoki tushishiga yo‘naltirilgan. SHu maqsadda ma’lum bir valyuta siyosati o‘tkaziladi.

    Yüklə 67,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6

    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə

    yükləyin