Mavzu. Timss baholash dasturining maqsadi. Timssining dastur yoʻnalishlari, mazmun sohalari, kognitiv sohalar (bilish, qoʻllash, mulohaza yuritish). Timss topshiriqlari, ularni baholash mezoni



Yüklə 499,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix23.05.2022
ölçüsü499,35 Kb.
#59071
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5 (1)



-mavzu. TIMSS baholash dasturining maqsadi. TIMSSining dastur 
yoʻnalishlari, mazmun sohalari, kognitiv sohalar (bilish, qoʻllash, mulohaza 
yuritish). TIMSS topshiriqlari, ularni baholash mezoni
Reja: 
1.Matematika yo‘nalishdagi fanlardan ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro 
tadqiqoti haqida umumiy ma’lumot 
2. TIMSS 2019 Matematika fanlar qamrov doirasi 
TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study)- o‘quvchilarning 
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash 
dasturi 
hisoblanadi. 
Dunyoning 
turli 
mamlakatlaridagi 
o‘rta 
maktab 
o‘quvchilarining matematik va tabiiy-ilmiy fanlarni o‘qitish darajasi va sifatini, 
shuningdek milliy ta’lim tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni aniqlash va 
taqqoslash imkonini beradi. Ta’lim yutuqlarini baholash bo‘yicha Xalqaro 
Assotsiatsiya tomonidan milliy markazlar ishtirokida yetakchi xalqaro ilmiy 
tashkilotlar konsortsiumda amalga oshiriladi. Xalqaro muvofiqlashtiruvchi 
tadqiqot markazi Boston kolleji (International Study Center, Boston College, 
AQSh) hisoblanadi. Tadqiqot 1995 yildan boshlab, to‘rt yillik sikllarda amalga 
oshiriladi va o‘rta ta’lim sohasida eng nufuzli xalqaro tadqiqotlardan biri 
hisoblanadi. Tadqiqot dasturi bilan qamrab olingan mamlakatlar soni asta-sekin 
o‘sib bormoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimiga ega bo‘lgan 
mamlakatlarda matematika va tabiiy fanlar siklidan 4- va 8-sinf o‘quvchilarining 
tayyorgarligini qiyosiy baholash, shuningdek, o‘quvchilar yutuqlarining turli 
darajalarini belgilaydigan ta‘lim tizimlarining xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
Tadqiqot to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. 2019 yilda tadqiqotning yettinchi sikli 
o‘tkazildi.Avvalgi tadqiqotlar 1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015 yillarda 
o‘tkazilgan. 2019 yil TIMSS tadqiqotida 60 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etdi. 
Tadqiqotning maqsadi turli ta’lim tizimlariga ega bo‘lgan mamlakatlarda o‘rta 
maktab o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha umumta‘lim 
tayyorgarliklarini qiyosiy baholash va bu ta’lim tayyorgarlik darajasiga ta’sir 
qiluvchi omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uning 
natijalari har to‘rt yilda bir marta 4-sinf o‘quvchilari 8-sinf o‘quvchilariga 
aylanganda ta’limning matematik va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi an’analarni 
kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishtirokchi mamlakatlarda matematik va 
tabiiy fanlar ta’limi mazmunining va o‘quv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, 
shuningdek, ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ular oilalarining 
xususiyatlari bilan bog‘liq omillar o‘rganiladi. 


Tadqiqotning metodologik asosi bir tomondan rejalashtirilgan va amalga 
oshiriladigan ta’lim darajasining o‘zaro bog‘liqligini, boshqa tomondan esa 
erishilgan ta’lim darajasini (ta’lim natijalari) tahlil qilish imkonini beruvchi 
o‘quvchilarning ta’lim yutuqlarini baholashning kontseptual modeli hisoblanadi. 
Ushbu model doirasida ta’lim uchta daraja vaziyatidan ko’rib chiqiladi: 
* Rejalashtiriladigan daraja – ta’lim muassasasiga ijtimoiy buyurtma. 
Rejalashtirilgan darajada ta’limning rasmiy maqsadlari va jamiyatda to‘plangan 
pedagogik va uslubiy g‘oyalar to‘plami shakllantiriladi, bu o‘quv dasturlari va o‘quv 
qo‘llanmalarida o‘z aksini topadi. 
* Amalga oshiriladigan daraja – ta’lim muassasasining haqiqiy o‘quv jarayoni. 
Amalga oshirilayotgan darajada ta’lim muassasasi o‘qituvchisi real (haqiqiy) ta’lim 
jarayonida ta’limning rejalashtirilgan mazmunini shakllantiradi. 
* Erishilgan daraja – ta’lim muassasasida ta’lim natijalari. O‘quvchilarning ta’lim 
yutuqlari, bilimlari, ko‘nikmalari va munosabatlari erishilgan darajada baholanadi. 
Tadqiqot xalqaro muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan ishlab chiqilgan va 
barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun yagona hisoblanadigan yo‘riqnomalarga 
muvofiq 
amalga 
oshiriladi. 
Tadqiqotning 
barcha 
bosqichlari 
(tadqiqot 
ishtirokchilarining saralashni shakllantirish, material (topshiriq yoki tadqiqot vosita) 
larni tarjima qilish va moslashtirishdan, test jarayonini o‘tkazish va sinovdan oldingi 
hamda undan keyingi ma’lumotlarni anketalashtirishgacha) xalqaro ekspertlarning 
bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi. Har bir mamlakatda milliy tadqiqot 
koordinatori tayinlanadi, u ishtirokchi mamlakatning ta’lim vazirligi va ta’lim 
yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro uyushma o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik 
to‘g‘risidagi bitim doirasida aniqlanadi. Shunday qilib, mamlakat qiyosiy 
tadqiqotlar o‘tkazish uchun tegishli infratuzilma va resurslarning mavjudligini 
kafolatlaydi. Tadqiqot vositalarini ishlab chiqish uchun asos sifatida "TIMSS 
Assessment Frameworks and Specifications" ning maxsus ramka hujjati 
qo‘llaniladi. Bu hujjatda o‘quvchilarning tabiiy-matematik tsikldagi ta’lim 
yutuqlarini baholashning umumiy yondashuvlari va test topshiriqlarini ishlab 
chiqish, o‘quvchilarning topshiriqlarni bajarishda namoyish etishi kerak bo‘lgan 
bilim faoliyati turlari, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalarini 
tavsiflovchi asosiy omillar ro‘yxati, tahlil qilish uchun so‘rovnoma jarayonida 
to‘planadigan ma’lumotlar, topshiriqlardan namunalar keltirilgan. Turli 
mamlakatlar o‘quvchilarining ta’limdagi yutuqlarini taqqoslash uchun asos 
bo‘ladigan maksimal obyektiv test sinovini o‘tkazishda tadqiqotda ishtirok 
etayotgan mamalakatlar ta’lim tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga 


olish kerak. Shuning uchun ushbu hujjat ishtirokchi mamlakatlar vakillaridan 
tuzilgan maxsus ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqiladi va shundan so‘ng 
tekshirilayotgan mazmunning ishtirok etuvchi mamlakatlarning o‘quv dasturlari 
mazmuniga muvofiqligi ekspertizadan o‘tkaziladi. Bu shuni anglatadiki, xalqaro 
taqqoslash natijalariga tayanib, mamlakatlar o‘zlaridagi matematik va tabiiy-ilmiy
ta’limning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashlari mumkin. 
Tadqiqot vositalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
• o‘quvchilar yutuqlarini sinash; 
• respondentlarning so‘rovnomalari (o‘quvchilar va o‘qituvchilar, maktab 
ma’muriyati, milliy Koordinator va o‘quv sifati bo‘yicha xalqaro kuzatuvchi); 
• uslubiy majmua (tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish, o‘quvchilarni tanlashni 
shakllantirish, testlarni o‘tkazish, javobi erkin tanlanadigan topshiriqlarni tekshirish, 
ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha milliy va maktab koordinatorlari uchun 
ko‘rsatmalar); 
Dasturiy ta’minot to‘plami (maktablar, sinflar va o‘quvchilarning xalqaro va milliy 
ma’lumotlar bazalari, tadqiqot natijalari). 
Tadqiqotning asosiy komponentlari quyidagi tamoyillar asosida ishlab chiqilgan test 
bloklari hisoblanadi: 
* tekshiriladigan o‘quv- o’zlashtirish faoliyatining mazmun va turlarini yetarli 
darajada qamrab olish; 
* ularning ishtirokchi mamlakatlarda o‘rganilayotgan materiallarning mazmuniga 
maksimal darajada mos kelish; 
* sinalayotgan o‘quv materiallarining matematik va tabiiy-ilmiy ta'limning 
rivojlanishi nuqtai nazaridan ahamiyati; 
* topshiriqlarning o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiqligi; 
* topshiriqlarning ommaviy ilmiy tadqiqotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi; 
Matematika fanidan ta’lim yutuqlarini baholashda turli xil topshiriqlar 
(javobni tanlash, qisqa va to‘liq yoritilgan javobni berish, amaliy vazifalar) 
qo‘llaniladi. Topshiriqlar quyidagi mavzular bo‘yicha ishlab chiqiladi: sonlar, 
algebra, o‘lchshlar, geometriya, ma’lumotlar bilan ishlash. Quyidagi ko’nikmalar 
baholanadi: dalillar va protseduralarni bilish, tushunchalarni qo‘llash, ko‘p mehnat 
talab qiladigan muammolarni hal qilish, tahlil qilish, gipotezani ilgari surish, 
baholash, isbotlar va boshqalar. 
Tabiatshunoslik bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholashda ham turli xil vazifalar
qo‘llaniladi (javobni tanlash, qisqa va to‘liq yoritilgan javobni berish, amaliy 
vazifalar). Vazifalar quyidagi mavzular bo‘yicha ishlab chiqiladi: Biologiya. Kimyo, 
Fizika, Geografiya, Atrof-muhit. Quyidagi ko‘nikmalar baholanadi: dalillarni bilish, 
konseptual tushunish, analitik qobiliyatlar, umumlashtirish, rejalashtirish, o‘rganish 
va boshqalar. 


Tadqiqot jarayonida olib boriladigan qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘quvchilar 
va o‘qituvchilarning ijtimoiy-demografik xususiyatlari, ta’lim muassasalari 
ma’muriyati, o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari nuqtai nazaridan tabiiy-
matematik sikldagi fanlardan o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quvchilar oilalarining 
ijtimoiy mavqei, maktab turi, ta’lim standartlari va umumiy ta’lim talablari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi. O‘quvchilarning ta’lim 
yutuqlarini o‘rganish natijalarining xolisligi bevosita ishtirokchilarni tanlab olish 
jarayoniga bevosita bog‘liqdir. Tadqiqot ishtirokchilarining sifatli tanlanishi xalqaro 
muvofiqlashtirish markazining rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. O‘rganilayotgan 
to‘plam 
xususiyatlarining 
TIMSS 
standartining 
talablariga 
muvofiqligi 
mamlakatning tadqiqotda ishtirok etishi uchun zaruriy shart hisoblanadi. Katta 
hududga ega mamlakat davlatning ma‘muriy bo‘linishiga mos keladigan regionlarga 
ajratiladi. Regionlarni tanlash uchun har bir mintaqada o‘rganiladigan o‘quvchilar 
soniga oid ma’lumotlar yig‘iladi. O‘quvchilar sonini ko‘rsatgan holda hududlar va 
maktablarning yig‘ma ro‘yxati tuziladi. Xalqaro Muvofiqlashtirish Markazi, 
ehtimoliy-proporsional usul bilan har bir mamlakatdan kamida 150 ishtirokchi 
maktabni tanlab oladi. Tanlangan maktablarga to‘rt xonali identifikatsiya raqami 
beriladi. Shu bilan birga, Tanlashning reprezintativligi (kutilmagan holatlar tufayli) 
buzilganda sinovda ishtirok etuvchi ta’lim muassasalarini almashtiradigan 
maktablar aniqlandi. Maktablarning har biri uchun uni almashtirish mumkin bo‘lgan 
ikkita maktab aniqlanadi. Tadqiqot natijalarining har bir ishtirokchi mamlakat 
kesimida taqqoslashini ta’minlash uchun tanlangan sinflarda rejalashtirilgan 
o‘quvchilarning kamida 85% ishtirok etishi majburiy hisoblanadi. Talabalarni 
tanlashdagi har bir harakat maxsus shakllarda qayd etiladi, ular TIMSSning 
koordinatsion markaziga yuboriladi. Tadqiq qilinayotgan o‘quvchilar soni - 
mamlakat umumta’lim muassasalarining 4 va 8-sinf o‘quvchilari uning umumiy 
sonini tashkil qiladi. Mamlakat tomonidan taqdim etilgan 4 va 8-sinf 
o‘quvchilarining umumiy ro‘yxatidan 400 ta talabalar 10 ta test variantlari uchun 
tanlab olinadi (boshlang'ich va o‘rta maktablarda 4000 o‘quvchi). Sinovdan 
chetlashtiriladigan o‘quvchilar chiqarib tashlanadi. Qatnashuvchilarning qolgan 
qismi - qatnashchilarning sinovda ishtirok etadigan qismini tashkil etadi. 

Yüklə 499,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin