To‘rtinchi sinfda fan bo‘limlarini o‘zlashtirish
barobarida sakkizinchi sinf
o‘quvchilari butun sonlar uchun amallar va yanada rivojlangan tushunchalar orqali
olgan ko‘nikmalarini rivojlantirishlari lozim edi, shuningdek, ratsional sonlar (butun
sonlar, kasr sonlar va o‘nli kasrlar)da o‘zlarining matematik tushunchalarini
kengaytirishlari lozim. O‘quvchilar mavzularni tushunishlari va butun sonlar bilan
hisoblay olishlari kerak. Oddiy kasrlar va o‘nli kasrlar kundalik hayotning muhim
qismidir, kattaliklarni hisoblashda belgilardan foydalanishni talab qiladi.
O‘quvchilar oddiy kasrlar va o‘nli kasrlar, ixtiyoriy ratsional sonni oddiy belgilar
bilan ifodalash mumkin va ta’lim oluvchilar ratsional sonlarni izohlash o‘rtasidagi
farqlarni bilib olishlari, o‘quvchilar munosabat, proporsiya va foizlar bilan bog‘liq
muammolarni hal qila olishlari kerak.
Butun sonlar
1.Sonlar va amallarning xususiyatlari haqida
tushunchani namoyish etish;
ko‘paytuvchilarga ajratish va sonning bo‘luvchilarini topish va ularni bajara olish,
tub sonlarni aniqlash, musbat sonlar
va butun sonlarini aniqlash, kvadrat ildizdan
chiqarish, butun sonlarni kvadrat ildizdan chiqarish muammolarini hal qilish.
2. Musbat va manfiy sonlar bilan bog‘liq
muammolarni hisoblash, shu
jumladan, sonlar o‘qida amallar bajarish, tasvirlash (masalan, termometr).
Oddiy va o‘nli kasrlar
1. Oddiy va o‘nli kasrlarni taqqoslash, qisqartirish.
2. Oddiy va o‘nli kasrlar bilan hisob-kitoblarni bajarish.
Munosabat, ulush va foiz
1. Teng kuchli qiymatga ega bo‘lgan tenglamalar ustida amallar.
2. Oddiy va o‘nli kasrlar, foizlar o‘rtasidagi munosabatlarni inobatga olgan
holda, proporsiya va foizlarga bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish.
Algebra
Baholash tizimining 30% i algebra bo‘limida bo‘lib, u 2 qismdan iborat.
Ifodalar, amallar bajarish va tenglamalar (20%)
Munosabatlar va funksiyalar (10%)
Atrofimizni o‘rab turgan borliq munosabatlarini matematik ifodalashda bizga
algebra ko‘maklashadi. O‘quvchilar haqiqiy hayotdagi muammolarni algebraik
modellar yordamida va algebraik tushunchalarni kiritgan
holda munosabatlarni
tushuntirishni bilishi lozim. Ular formula bilan ishlashni bilishi, algebraik usul bilan
topish mumkinligini tushunishlari lozim. Bu tushunchalardan chiziqli tenglamalarni
hisoblashda, o‘zgaruvchilarni ifodalash uchun funksiyalardan foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: