Mavzu: Tizimli blok qismlari bilan tanishish



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə5/9
tarix18.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#100099
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Soundblaster – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma.Soundblaster qurilmasining chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki ovoz kolonkalarini ulash mumkin, bu bilan kompyuterning multimedia imkoniyatlarini to’liq namoyon etishga yo’l ochiladi.



Mu ltimedia – matn, tovushli ma`lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD – ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD – ROM Conference) bo’lib o’tdi va bu sana video va audioaxborotli to’laqonli multimedianing paydo bo’lishining boshlanishi deb hisoblanadi.




4- topwiriq


Mavzu: ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Ba’zan ona (motherboard) yoki asosiy plata (main board) deb ataluvchi tizimli plata (system board) kompyuterning asosiy bog‘lamalaridan hisoblanadi. Tizimli plataning asosiy vazifasi – kompyuterning hamma bog‘lamasini konstruktiv bitta qurilma sifatida birlashtirishdir. Haqiqatdan ham, tizimli plata kompyuterning asosiy ko‘rsatkichlarini, masalan, qanday protsessorni qo‘llash kerakligini, qaysi tezlikda protsessor bilan tezkor xotira axborot almashina olishini belgilab beradi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidanm qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash
chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchishinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.


5- mavzuOna plataning chipsetlari bilan tanishish
Tizimli plata ko‘p qatlamli tekstolitdan tayyorlangan bosma plata ko‘rinishida bajariladi. Qatlamlarning soni 12 tagacha bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha 8 ta qatlamli bosma plata ishlatiladi. Har bir qatlam orasidamikrosxemalarni, qarshiliklarni, kondensatorlarni va razyomlarni o‘zaro ulanishini ta’minlab turuvchi, yupqametall qoplamadan ishlangan bosma o‘tkazgichlar joylashgan. 2.2-rasmda Gigabyte kompaniyasi ishlabchiqargan tizimli plataning kesimi berilgan. 2.3-rasmda tizimli plata elektronikasining an’anaviy qurishtamoyili soddalashtirilib ko‘rsatilgan. Markazda, protsessor, tezkor xotira moduli va tashqi qurilmalar orasidachipset joylashgan.
Chipset mikrosxemalar to‘plami bo‘lib, barcha bloklar orasida signallarni taqsimlash vazifasini bajaradi. 2.3-a rasmda protsessordan tezkor xotiraga o‘tuvchi axborotlaroqimi hamda teskariga uncha katta bo‘lmagan ushlanish vaqtini kirituvchi chipset orqali o‘tadigan axborotlar oqimi tasvirlangan. Zamonaviy kompyuter tizimlari uchun bunday ushlanish ko‘plik qiladi. Shuning uchun avval AMD, keyin esa Intel korporatsiyasi xotira kontrollerini protsessor kristaliga joylashtirdi (2.3-b rasm).Tuzilishning bu tamoyilida protsessor xotira bilan bevosita ishlaydi.Bu esa o‘z o‘rnida tizimning umumiy unumdorliginioshiradi. Tizimli plataning protsessorning arxitekturasiga bog‘liq bo‘lgan boshqa variantlari ham mavjuddir. Masalan, oxirgi vaqtda grafik nimtizimning ishlash tezligini oshirish uchun videokartaning interfeysini (PCI-E uchun) chipsetdan protsessor kristaliga joylashtirilgan varianti keng tarqaldi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin