MAVZU:TIZIMLI BLOKNING TARMOQ, ELEKTR TOKI MANBASI (QUVVAT BLOKI)
REJA: 1.Kompyuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni energiya bilan ta`minlovchi energiya blokining asosiy vazifalari. 2.Kompyuterning Sistema blokidagi qurilmalari va sxemalari vazifalari. 3.Kompyuterning protsessori tezkor xotirasi va video plataga quvvat tarqalishi. Sistema blokining tarkibi
Oziqlanish bloki, sistema platasi, operativ hotira sxemalari, xotiraning boshqa turlari, portlar, kengaytirish slotlari, shinalar. Komp'yuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni etarlicha energiya bilan ta`minlovchi moslama komp’yuterninig energiya blokidir. Uning asosiy vazifasi aytilgan vositalarni energiya bilan ta`minlash, havo almashtirish va protsessor ichini sovutishdir, chunki ko`pgina komponentlar energiya bloki, protsessor va vinchester uzluksiz ish vaqtida qizib ketadi. Agar ishonchli havo almashtirish ta`minlanmasa, komp'yuter ichki qismlari qizib ketishi va to`xtab qolishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari kuchlanishlar tez-tez o`zgaradigan, katta kuchlanishli toklar o`tadigan joylarda energiya blokining ishonchliligi katta axamiyatga ega. Komp'yuter sotib olishda energiya blokining quvvatini aniqlab oling. U kamida 200-250 vatt bo`lishi kerak, aks holda u qo`shimcha qattiq disk (vinchester), qo`shimcha platalar, yangi kuchliroq protsessor, mul'timedia vositalarini o`rnatishda tok etmay qolishiga sababchi bo`ladi.
TIZIMLI BLOK. Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil ko’rib chiqamiz. Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat: 1. Tizimli plata; 2. Diskyurituvchi; 3. Qattiq disk (vinchestr); 4. Tok manbai bloki. Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini o’zida jamlaydi, chunonchi: u markaziy protsessor; u tezkor xotira mikrosxemalari; u doimiy xotira qurilmasi; u taymer (joylashtirilgan soatlar); u kengaytirish tutashmalari va boshqalar. Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir.
Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi. Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini bajaradi. Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni saqlash uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni kompyuterlarning razryadini belgilaydi.
Personal komp’yuterlarda tok manbai blokiga uchta asosiy funktsiya yuklangan: - personal kompyuterni elektr energiyasi bilan taminlash ; - ichki sistemalarni sovutish ; - ichki komponentlarni himoyalash. Tok manbai blokini asosiy masalasi personal komp’yuterni elektr energiyasi bilan taminlashdir. U 220 V o’zgaruvchi tokni 5 va 12 V o’zgarmas tokga aylantirib beradi.AQH va boshqa ba’zi mamlakatlarda tarmoqda 120 V bo’lganligi sababli, 120 V ni 5 V yoki 12 V ga aylantiriladi. 5 va 12 V kuchlanishlar personal komp’yuter qurilmalarida foydalinadi. Komp’yuterga o’rnatilgan tok manbai bloki komp’yuter sistema blokini sovutishda muhim rol o’ynaydi chunki blokni vintelyatori komp’yuterni ichki havosini so’rib tashqariga chiqirishga mo’ljalangan. Xajjatda olib qaralsa sistema blokida tok manbai korpusni yuqori qismida joylashgan. Ma’lumki komp’yuter sistema blokidagi qurilmalardan ajralib chiqayotgan issiqlik yuqoriga qarab ko’tariladi. Yuqoridagi tok manbai blokidagi vintilyator shu issiqlikni tashqariga uzatadi. Personal komp’yuter agar normadagi elekt kuchlanishi bo’lmasa ishga tushmaydi. Chunki tok manbai bloki energiya bermaydi. Agar unga normadan ortiq kuchlanish ulansa, undan hid chiqib, kuyganini bildiradi.
http://fayllar.org