1- 2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
4-bosqich. Yangi mavzuning bayoni.
TO'G'RI CHIZIQLI H A R A K A T Tevarak-atrofdagi jismlar kovproq notekis harakatda boMib, ularning harakat trayek-toriyasi murakkabdir. Eng oddiy mexanik harakat — bu ularning to'g'ri chiziqli tekis harakatidir. Bu bobda Siz, awal jismlarning to'g'ri chiziqli tekis harakatini o'rganasiz, notekis harakat haqida qisqacha ma'Iumot olasiz. So'ngra to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatni batafsilroq o'rganishga kinshasiz.
TO'G'RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT HAQIDA TUSHUNCHA
Tekis harakat Q uyidagi tajribani qilib ko'raylik. Aravachaga 16-rasm-da ko'rsatilganidek tomizg'ich ovrnatilgan bo'lsin. Tomiz-g'ichdan bir me'yorda tomchi tomib tursin. Aravachani qo'yib yuborsak, u harakatlanadi. Bunda aravacha ortidagi tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil emasligini kuza-tish mumkin. Demak, aravacha bir xil vaqt oraliqlarida turlicha masofani bosib o'tgan, ya'ni u notekis harakat qilgan.
Endi yuqoridagi tajribani biroz o'zgartiraylik. Bu gal osilgan yukni kamaytirib shunga erishaylikki, tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil bo'lsin. Bu holda aravacha bir xil t'aqt oraliqlarida bir xil yo`lni bosib o'tgan deyish mumkin (17-rasm).
Agar jism ixtiyoriy bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yoini bosib o'tsa, bunday harakat tekis harakat deb ataladi.
M asalan, avtomobil tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo'l bosib o'tayotgan bo'lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo'lni bosib o'tadi.
Soat millari harakati ham tekis harakatga misol bo'la oladi.
Siz maktabga borishingizda qay holda tekis, qay holda notekis harakat qilgan bo'lasiz?
To'g'ri chiziqli harakat
Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo'ladi. Ayrim hoilardagina jismlar yo'lning ma'lum bir qismida to'g'ri chiziqli harakat qilishi mumkin.
Jism trayektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lsa, bunday harakat to'g'ri chiziqli harakat deyiladi.
16- va 17-rasmlardagi aravachaning harakati tekis yoki notekis bo'lishidan qat'iy nazar, to'g'ri chiziqlidir.
To'g'ri yo'ldan ketayotgan avtomobil harakatini, to'g'ri temir yo'lda poyezdning harakatini, ma'lum balandlikka ko'tarilib olgandan keyin samolyotning harakatini to'g'ri chiziqli harakat deb olish mumkin.